Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

O‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQA

Paranji haqida ulashilgan postdagi so‘zlar ayrim kishilar tarafidan noto‘g‘ri tushinilganini va talqin qilinganini ko‘rib, shu bahona bir yo‘riqnoma bo‘lishi umidida hamda yaqinlarning ko‘ngliga taskin yetishi uchun ba’zi tushunchalarni ulashishni lozim topdim.


O‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQA

Paranji haqida ulashilgan postdagi so‘zlar ayrim kishilar tarafidan noto‘g‘ri tushinilganini va talqin qilinganini ko‘rib, shu bahona bir yo‘riqnoma bo‘lishi umidida hamda yaqinlarning ko‘ngliga taskin yetishi uchun ba’zi tushunchalarni ulashishni lozim topdim.

– So‘zni kim aytayotganiga e’tibor berish kerak. Iboralarni so‘zlovchining yoshi, umumiy hayot tarzi, faoliyati va voqeligi bilan bog‘liq tushunish lozim. Shunda maqsad to‘g‘ri anglashiladi. Masalan, musulmon odam: «Ëmg‘ir ekinlarni o‘stirdi», desa, uni moddiyunchilikda ayblanmaydi, balki majoziy ma’noda sababni musabbib – Yaratgan o‘rnida ishlatgan, deb tushuniladi. Ammo bu gapni dahriy aytsa, u buni haqiqiy ma’noda qo‘llagan bo‘ladi. Men el qatori maktab va institutlarda ayol muallima va o‘qituvchilardan ta’lim olgan, farzandlarini ana shunday ustozalarda o‘qitayotgan odamman. Ular na hijobda, na ro‘molda, ammo kiyimlari ochiq-sochiq ham emas. Ularni ustoz sifatida hamisha hurmat qilganman va hozir ham hurmat qilaman. Shunday bo‘lishi tabiiy va buni hamma biladi. Demak, mazkur shaklda kiyingan ayollarga postning aloqasi yo‘q.

Ma’lumot uchun shuni ham qo‘shimcha qilish joizki, mahramlarimning birontasi paranji yopinmaydi, ular maktab va institutlarda ta’lim oladi. Hatto xorijda o‘qiyotganlari ham paranji yopinmaydi. Odamlar qulaylikka qarab intilishi tabiiy. Ularga birov paranji haqida gapirmaydi ham. Shariat satri avratni talab qiladi, bu topshiriqni sharoitga ko‘ra turlicha ijro etish mumkin.

Yozuvchining ijtimoiy munosabtlaridan uning voqelikni qanchalar tushunishi anglashilishi kerak. Bugungi jamiyatlarda yashayotgan odam paranji qaytadan urf bo‘lishini tasavvur ham qila olmasa kerak. Jumladan men ham ayni zamonda ayollarning bundan bir asr oldingidek ommatan paranji o‘rashlarini hozircha xayolimga ham keltira olmayman. Balki vaqtlar o‘tib, odamlarning turmush sharoitlari, fikrlari o‘zgarib, ayollar yana paranjini ma’qul ko‘rishar, bu endi g‘ayb, lekin ayni paytda buni tasavvur qilish qiyin. Hatto o‘sha hamma barmog‘i bilan ko‘rsatadigan, propagandaga uchraganlar qo‘rqadigan, aslida tarixan biz bilan bog‘liq bo‘lgan qardosh yurt – Afg‘onistonda ham paranji juda noyob. Shuni ko‘rib-bilib turgan odamning bugungi O‘zbekston sharoitida paranjini targ‘ib qilishini iddao etish johillikdan boshqa narsa emas.

– Ëzuvchining uslubini payqash lozim. Kishiga kasbi ta’sir qilishi bor gap. Odatda ilmiy doirada yurgan, ilmiy atamalar bilan ishlaydigan odamning yozishmalari ham ilmiy uslubda bo‘ladi. Bunday bitiklarni bitta iboradan emas, bitikning umumiy mazmuni, undagi jumlalarning o‘zaro munosabatlaridan kelib chiqib tushunish kerak. Masalan, postda «hech bir millatda ayollarning qabul qilingan milliy kiyimi yarim-yalang‘och bo‘lmagan», degan iboradan yozuvchining nazari bir millatga yoki mintaqa cheklanmay, umumiy tus olganini tushunish kerak. Shunda «ko‘pchilik ayollar o‘rtasida urf bo‘lgan» deganda faqat o‘zbek yoki muayyan bir millat emas, dunyo xalqlarida umum kuzatilayotgan manzara ko‘zda tutilgani ma’lum bo‘ladi. Ayniqsa, yozuvchi jahongashtalardan bo‘lsa, u beixtiyor o‘zi ko‘rib yurgan barcha xalq va mamlakatlarni nazarda tutib so‘zlayotgan bo‘lishi ehtimoli katta. Xalqning kelajagidan tashvishlangan kishiga jamiyatni yemiradigan illatlar oz bo‘lsa-da ko‘p ko‘rinishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.

– Ilmiy doiraga oid kishilar so‘zni tanlashga alohida e’tibor qaratadi. Shu bois, ular ishlatgan ibora va so‘zlarni to‘g‘ri anglash, aniqlashtirish darkor. Umuman olganda, avvalo matndagi so‘zlarni to‘g‘ri fahmlash kerak. Masalan, «ochiq-sochiq», «yarim-yalang‘och» libos deganda hech qachon hech bir aqlli odam ro‘mol o‘ramaslikni, hatto etagi uncha uzun bo‘lmagan yoki yengi kaltaroq ko‘ylak kiyishini ham tushunmaydi. Aniqrog‘i, bu ibora «kiyingan yalang‘och» jumlasi bilan ma’nodosh. Aslida mana shunday tushunilganda postdagi iboralar bir-biri bilan bog‘lanadi, ammo buni anglash uchun odamda fahmu insof bo‘lishi kerak.

Qur’oni karimda «johiliyatning ochiq-sochiqligi»ga ergashishdan qaytariladi. Tafsirlarda bu tusda kiyinishni «biqini ochiq ko‘ylak kiyish» deb izohlanadi. O‘zbek tilida ham bu ibora shunga yaqin holatlarda ishlatiladi. Kimdir paranjisiz yoki ro‘molsiz yurishni «yarim-yalang‘och kiyinish» deb tushinib olgan bo‘lsa, bu uning fahmidagi muammo, ammo o‘zbek tilida bunday emas. Shuning uchun matnning tilini yaxshi bilmagan odam u haqda fikr bildirmasligi kerak.

Darhaqiqat, kiyim tanani, xususan, kishining uyatli joylarini to‘sishi lozim. Kiyim yupqaligi yoki torligi sababli avratni berkita olmasa, shuningdek, u tananing katta qismini to‘smasa, bu rostakam kiyim emas. Bunday kiyingan odamni «kiyingan yalang‘och» deyish yoki «ochiq-sochiq», «yarim-yalang‘och» deyish adolatdan bo‘ladi.

– Postda paranjiga hech qanday targ‘ib yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Chunki u yerda paranji diniy emas, milliy libos ekani, ko‘pincha jamiyatdagi mavqeni anglatgani, Islomda ma’lum bir tus libos buyurilmagani ta’kidlangan. Shuni o‘qib turib ham maqsadni tushunmagan odamni nima deyish mumkin, bilmadim.

– Postdan nima maqsad qilingan edi?

U yerda asosan ikkita ma’no ko‘zda tutilgan:

  1. Hech bir millatda ayollarning milliy kiyimi ochiq-sochiq, yarimta-yurimta bo‘lmagan, jumladan, o‘zbek xalqining ham ayollari hech qachon bunday sharmanda kiyimda yurmagan. Milliylikdan so‘zlaydiganlar mana shuni tan olishlari kerak.

  2. Ro‘mol o‘rash bizga arablardan kirmagan, balki asl milliy kiyim hisoblanadi. Yana ham aniqrog‘i, o‘sha davrlarda turklarning ayollari Islomdan oldingi arab ayollaridan ko‘ra yopiqroq kiyingan. Shuning uchun o‘lkamizga Islom kirib kelganda bu mavzuga katta e’tibor berishga hojat bo‘lmagan, shundoq ham ayollar ro‘mol o‘rab, keng kiyim kiyib yurgan bo‘lgan. Paranji esa keyinroq ommalashgan. Bu shunchaki tarixiy haqiqat, kim qanday qabul qilsa, o‘zi biladi.

– Mato tanqisligi, sanoat yetishmovchiligi tufayli chala kiyinish bilan atayin yarimta-yurimta kiyinish orasida yer bilan osmoncha farq bor. Hatto hozirda ham ko‘rinishda bir xil tuyulgan, ammo maqsadlarga ko‘ra farqli bo‘lgan libos shakllarini kuzatish mumkin.

– Atay qaramasa ham ko‘z tushadigan manzarani ko‘rishda birovni ayblash shunchaki ahmoqlik. Ko‘rganini aniqroq aytgani uchun malomat qilish ham shu qabildagi ish.

– Hamma bilan tarixiy haqiqatlarni ta’kidlashga hojat yo‘q. Uning o‘rniga, so‘zni uqish qoidalariga rioya qilish o‘rinli.

– Jamiyatda hamma bir xil fikrlashi shartmas. Ba’zan oilada biroz murosasizroq, qo‘polroq katta yoshli odam bo‘ladi. Uning ayrim gaplari yoshlarga yoqmasligi mumkin, biroq uning fe’li oilani taritbga solishda ish beradi. Vaqt o‘tishi bilan uning so‘zi to‘g‘ri bo‘lib chiqishi ham hech gap emas. Jamiyatda ham bitta-yarimta shunaqa cho‘rtkesar odamlar bo‘lgani yaxshi. Axloqsizlikka targ‘iblar kuchaygan paytda aynan shunday odamlar jamiyatni halokatdan qutaqrib qoladi, posangi bo‘ladi.

– Jamoat joylaridagi kiyinish tartibi jamiyatning ongi, sog‘ligi, oilaviy hayoti, axloqi va kelajagi uchun kattagina ta’sirga ega. Shu bois, bu borada jamoat nazoratini butkul inkor qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mo‘tadil ravishda, hikmat bilan axloqiy chaqiriqlar millat uchun zarur. Kimdir axloqsizlarcha kiyimi bilan jamiyatga tahdid sola turib «Aralashma», deyishi haqli emas.

– Jamiyat a’zolari bir-birlari haqlarida yaxshi gumonda bo‘lishi, o‘zaro tushunish va ehtiromda so‘zlashishni o‘rganishi lozim. Kir qidirib, qasdlashib yashash nafsu shaytondandir. Shayton esa odam bolalariga ochiq dushmandir.

– Rahmatli shoira, benazir adiba Tursunoy Sodiqova ota uyimizda ro‘para qo‘shnimiz edi. Oilaviy aloqalarimiz beqiyos darajada qalin edi. Har zamonda ziyoratida bo‘lib, suhbatlaridan baharamand bo‘lardik. Suhbat turli mavzularda erkin kechardi. Bir gal gapdan gap chiqib bir ajoyib nasihatni qilgan edi: «Bolam (ko‘pincha bizga shunday xitob qilardilar), modniy kiyinganki ayol-qizlar haqida yomon gumonda bo‘lish to‘g‘ri emas, biz ham yoshligimizda shunaqa kiyinganmiz, lekin hozirgi zamonda shunday kiyinish kerak, degan tushunchada bo‘lganmiz, ko‘nglimizda hech qanday yomon niyat bo‘lmagan, birovlarning nazarini tortish xayolga ham kelmagan». Hoji onaning bu gaplari men uchun juda ham manzur bo‘lgan. Musulmonlar haqida doimo yaxshi gumonda bo‘lishga buyurilganmiz ham.

– Har qanday postga munosabat bildirishda bir marta o‘qish bilan cheklanmang, yana bir o‘qing va ko‘proq o‘qishga emas, uqishga urining.