Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!

Bir necha yil oldin Turkiyada bir dahriysifat odam masjid imomiga so‘z qotibdi: «Boshqa xalqlar Oyga uchib, yer boyliklaridan qanday foydalanishni qoyillatib, taraqqiyotga erishmoqda. Sizlar bo‘lsa haliyam besh mahal masjidga qatnab, ro‘za tutib, o‘ralashib yuribsizlar».


HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!

Bir necha yil oldin Turkiyada bir dahriysifat odam masjid imomiga so‘z qotibdi: «Boshqa xalqlar Oyga uchib, yer boyliklaridan qanday foydalanishni qoyillatib, taraqqiyotga erishmoqda. Sizlar bo‘lsa haliyam besh mahal masjidga qatnab, ro‘za tutib, o‘ralashib yuribsizlar».

Imom domla unga sokingina shunday debdi:

  • Necha yoshga kirdingiz?

  • 65 ga

  • Namoz o‘qiysizmi?

  • Yo‘q, shu paytgacha o‘qimadim, bundan keyin ham o‘qimasam kerak.

  • Oyga chiqdingizmi yoki biror kashfiyot qildingizmi?

  • Yo‘q, nimaydi?

  • Biz namozu ro‘za bilan band bo‘lib Oyga ucha olmagan bo‘lsak, siz nima qilib yerda qolib ketdingiz?

  • Ha, endi...

  • Bizku namoz o‘qib, ro‘za tutib hech yo‘q o‘zimizni, oilamizni tarbiya qildik, farzandlarimizni jamiyatga yaxshilik qiladigan kishilar etib yetishtirdik. Siz o‘zingiz nimani qoyillatdingiz? Biz qozonning bir tarafini ko‘tarib turibmiz, narigi tomonini siz ko‘tarishingiz kerak edi. O‘zingiz ko‘tarmagan taraf tushib ketib qolsa, nega bizni malomat qilasiz? Har kim o‘z ishini qilishi kerak-da, birodar!

Aslida poklik, ibodat hayotda eng muhim ish va bu, ayrimlar o‘ylagandek, hayotdagi boshqa yumushlarga, taraqqqiyotga hech qanday xalal bermaydi, aksincha, yordam beradi, undiradi. Ammo ibodatdan yiroq kishilarga shayton o‘z ishlarini haspo‘slashga turli bahonalar topib berganidan ular har xil mantiqsiz gaplar aytib turishadi.

Muammo poklanishda ham emas, ibodat qilishda ham emas, balki undan boshqa kerakli ishlarni beparvo tashlab qo‘yishdadir. Allohning ibodatga oid buyrug‘iga amal qilish bilan birga, sababiyat qonuniyatiga ham rioya etish darkor.

Yana bir gap. Ba’zilar shu tozalanishni o‘rgataverasizlar ensani qotirib, uning o‘rniga katta masalalarni gapirish kerak, deydi. To‘g‘ri, jiddiy masalalarni ham muhokama qilish darkor, biroq unday mavzularga hammaning ham ehtiyoji, qobiliyati bo‘lmaydi, ammo tozalanishga hamma muhtoj va u hammaning qo‘lidan keladi. Mana bu jihatni ham unutmaslik kerak.

Xullas, har narsaga dinni, dindorni aybdor qilishga urunish dahriycha va noxolis yondashuv. Har bir ishning o‘z sababini joriy qilish, har kim o‘z ishini qilishi kerak. O‘z vazifasini bajarmaganlar aybni boshqaga yuklamay, o‘z burchlarini ado etishlari lozim. Ana shunda hamma narsa maromiga keladi.