Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’UL

Hadisi sharifda kelgan ushbu o‘git juda ham chuqur ma’nolarni o‘zida jamlagan. Bugun oilada va jamiyatda bo‘lgan har bir ishda har kim o‘z vakolati va imkoni doirasida mas’uldir.


HAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’UL

Hadisi sharifda kelgan ushbu o‘git juda ham chuqur ma’nolarni o‘zida jamlagan. Bugun oilada va jamiyatda bo‘lgan har bir ishda har kim o‘z vakolati va imkoni doirasida mas’uldir.

Oxirgi paytlarda yoshlar o‘rtasida jinoyat, buzuqlik va o‘z joniga qasd qilish holatlarini ko‘p eshityapmiz. Bugun Toshkent viloyatida bir tanish yigit bilan ko‘rishgandim, Chimyon qishlog‘ining o‘zida yil boshidan beri besh kishi o‘z joniga qasd qilganini, hammasi 17-19 yosh yigitlar ekanini aytib qoldi. Sabablari haqida so‘ragandim, asosiy sabab ichkilik va yangicha qimor o‘yinlar deb qoldi. Bu o‘zini o‘ldirib ulgirganlari, boshqa tengqurlarining ko‘pchiligi behuda ishlar, faxshu buzuqliklarga mubtalo bo‘lib, ilmu kamolot yo‘lidan yiroqda ulg‘ayyotganiga hech kimga sir emas. Yurtga, jamiyatga ulkan xizmatlar qilish mumkin bo‘lgan navqiron kishilarimizning bunday zoye bo‘lishi yo‘l qo‘ygan xatolarimiz sababidan ekani aniq. Ushbu holatlarda har kim o‘zining qanchalar mas’ul ekanini o‘ylab, bu dunyou u dunyo qanday javobgar bo‘lishini his qilishi lozim.

Buyuk allomalar avlodlarining bu darajada tanazzulga yuz tutishi albatta ayanchli. Isloh uchun har birimiz o‘z imkonimiz boricha harakat qilishimiz darkor. Farzandlarga dinu diyonat, ilmu taqvo yo‘lini o‘rgatish har bir ota-onaning bo‘ynida ham farz, ham qarzdir. Tarbiya yo hayot, yo mamot, deb bejiz aytilmagan. Axloqiy tanazzulga yuz tutgan xalqni hech bir moddiy quvvat qutqara olmaydi.

Vatanning buguni va kelajagi borasida har birimiz o‘z imkonimiz doirasida mas’ulmiz. Biz faqat o‘zimiz yoki oilamiz emas, butun jamiyat sofligi uchun javobgarmiz. Har kim o‘z qo‘l ostidagilardan mas’ul, deyilganda shu qoida nazarda tutilgan.