
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ILOHIY QONUNIYAT
«Biz Islom bilan aziz bo‘lgan qavmmiz. Qachon biz undan boshqa yo‘l bilan aziz bo‘lishni istasak, Alloh bizni xor qiladi».
ILOHIY QONUNIYAT
«Biz Islom bilan aziz bo‘lgan qavmmiz. Qachon biz undan boshqa yo‘l bilan aziz bo‘lishni istasak, Alloh bizni xor qiladi».
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu.
Hayotni va tarixni kuzatsangiz, ba’zi qonuniyatlarni kashf qilasiz. Umar roziyallohu anhuning gapi balki hadislar mazmunidan yoki oldingi qavmlar tarixidan xulosa qilingandir, ehtimolki bu fikr Alloh u kishiga bergan fahmning mahsulidir. Har qalay, bu qonuniyat u kishidan beri bugungcha qayta-qayta o‘z tasdiqini topib kelayotgan haqiqat ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Ilohiy ta’limot yetmagan xalqlarning taqdiri boshqacha bo‘lishi ham balki shundandir.
Qolaversa, o‘zligini, dinini qadrlagan kishini, xalqni barcha hurmat qiladi, bu ham bir qonuniyat. Vijdonlar shunday yaratilgan, qalblar shunday dasturlangan.
Darhaqiqat, Alloh taolo O‘z huzuridan ilmu iymon nasib etib, shu bilan aziz qilgandan so‘ng boshqa tarafdan izzatu quvvat istash noshukrlik ham bo‘ladi. Noshukrlik esa jazosiz qolmaydi.
Yana bir haqiqat shuki, bandalar har chand urinmasin, Alloh taoloning mulkidan va irodasidan tashqari chiqa olmaydi, oxir oqibat taqdir ustun keladi, o‘ylamagan tarafdan ishlar o‘zgarib, ilohiy qonuniyat o‘zini ko‘rsatadi. Bu o‘rtada insonlar imtihondan o‘tadi.
Tarixni o‘rganib, hayotni kuzatib, biz turkiylar ham Islom bilan aziz bo‘lgan qavmlardan ekanmiz chog‘i, degan xulosaga kelmoqdaman.
Sizda qanday fikr?