Hasanxon Yahyo Abdulmajid
QADRYATLARNI QADRLAGAN QATAR
Qatar davlatining xususiyatlaridan biri, u yerda eng zamonaviy uslubda yangi shaharlar bino qilish, zamonaviy kasblarni rivojlantirish barobarida, qadryatlarni asrashga ham e’tibor ancha yuqori. Eski mahallalar, do‘kon va masjidlar yaxshi saqlangan. Aholining kiyinish madaniyatida ham, davlat idoralarining binolarida ham buni ko‘rish mumkin. Qonunchilikda ham qadryatlar o‘z ifodasini topgan.
Qadryatlarni qadrlagan Qatar

Birgina misol. Qatarda butun Dovha bo‘yicha bittagina do‘konda alkogol ichimliklar sotilar ekan. U yerdan ichimlik xarid qilish uchun xaridor maxsus sertifikatga ega bo‘lishi shart. Bu sertifikatda ayrim shartlar qatori, «men musulmon emasman» degan qayd ham bor ekan. Tabiiyki, hech bir musulmon bunga jur’at qilmaydi. Shu bilan birga, ushbu do‘kon orqali musulmon bo‘lmaganlarning talablari ham qondirilgan. Shartlarga javob bergan turistlar ham o‘sha do‘kondan bemalol o‘z istaklarini amalga orishirishlari mumkin ekan.
Qatarda yashayotganlar ichida nomusulmonlar juda ko‘p, chunki mamlakatda istiqomat qilayotgan 3 million odamdan faqat taqriban 500.000 kishi fuqorolikka ega. Ular Amerikaga vizasiz kirishlari mumkin. Qolganlarning ko‘pi hindlar. Shuning uchun ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida arab tili emas, ingliz tili ko‘proq ishlaydi. Qatar turizmga katta e’tibor berayotgan, infratuzilmalari taraqqiy etgan, dunyaviy va boy davlatlardan sanalishini ham eslab o‘tish joiz.