Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

FOBIYA VA UNING DAVOSI

Hayotni e’tibor bilan kuzatsangiz, ko‘p qo‘rquvlar asossiz, voqelikka zid va odamlarning ongida bo‘ladi, xolos. «Unday bo‘lsa, bunday bo‘ladi, keyin bunday bo‘ladi» deb vahima qilib aytilgan aksar taxminlar hayotda tasdiqini topmay qolib ketaveradi va ishongan odamlarning ahmoq bo‘lgani qoladi. Bunga misol juda ham ko‘p.


FOBIYA VA UNING DAVOSI

Hayotni e’tibor bilan kuzatsangiz, ko‘p qo‘rquvlar asossiz, voqelikka zid va odamlarning ongida bo‘ladi, xolos. «Unday bo‘lsa, bunday bo‘ladi, keyin bunday bo‘ladi» deb vahima qilib aytilgan aksar taxminlar hayotda tasdiqini topmay qolib ketaveradi va ishongan odamlarning ahmoq bo‘lgani qoladi. Bunga misol juda ham ko‘p.

Bolsheviklar din va dindorlar jamiyat uchun katta xatar, ular bo‘lsa, mamlakat rivojlanmay qoladi, o‘rta asrlarga qaytib ketamiz, u bo‘ladi, bu bo‘ladi, deb, vahima ko‘tarib, shu vasvasaga odamlarni ishontirib, natijada qancha olimu ziyolilarni qatag‘on qildi. Vaqt o‘tib, bolsheviklar ham, ularning vahimalari ham yo‘q bo‘lib ketdi, qilgan taxminlari sarob bo‘lib chiqdi, din va dindorlar jamiyatning yaroqli, faol qismi sifatida yashab kelmoqda.

Bugun biz ulug‘layotgan jadidchi bobolarni xalq dushmaniga chiqarish o‘z-o‘zidan bo‘lmagan, fobiya oqibati edi. Hozir ularning xalq dushmani emas, aksincha, vatansevar, millatparvar insonlar bo‘lgani har qanday aqli raso kishiga ma’lum. Biroq fobiyaga berilish, tafakkursizlik bu haqiqatni anglashga yo‘l bermadi, xalqning eng fidoiy, eng sara kishilarini yo‘q qildi. Bugun qo‘rqmay ayta olamizki, agar o‘sha erksevar ajdodlarimiz qatag‘on qilinmay, o‘z maqsadlariga erisha olganlarida, yurtimiz bundan yuz yil oldin mustaqil bo‘lib, o‘z erkiga, o‘z boyligiga, o‘zligiga o‘zi ega bo‘lib, allaqachon har jihatdan yanada qudratli davlat sifatida jahon sahnasida yuksak o‘rinlarni egallagan bo‘lar edi. Ammo fobiya illati tufayli mamlakat bu yutuqdan mahrum qilindi, millat o‘z-o‘zini yemirdi. Bu fobiya yurtni nafaqat taraqqiyotdan to‘sdi, balki xalqning boshiga qancha qirg‘in, qancha zulmu sitamlarni yog‘dirdi, millatning qancha mard o‘g‘lonlari, munis ayollari yo‘q qilindi yoki mislsiz jabr tortdi. Iymonsizlikdan shayton in qurgan qora qalblardagi yovuzlik butun jamiyatni o‘z domiga tortdi. Vaqti kelib, ulug‘ ajdodlar orzusi ushlandi, haqiqat qaror topdi, yurt ozod bo‘ldi, xalq o‘zligiga qaytdi. Ateizm ko‘targan vahimalarning birortasi hayotda tasdiq topmadi.

Sobiq ittifoq paytida xususiy mulkchilikka qarshi tashviqotlar avj oldi. Millionlab insonlar o‘z mulklaridan ayrildi, qatag‘on qilindi. Matbuotda ham, ilmiy nashrlarda ham xususiy mulkchilik, yakka tartibdagi savdogarlikni qattiq qoralab, uning «xatar»lari ko‘rsatilar edi. Shu ayblov bilan qancha odam qamaldi ham. Biroq miniatyuralarda «chayqovchilik» deya hajv qilingan ushbu faoliyat mustaqillik davriga kelib tadbirkorlik deya maqtaladigan bo‘ldi. Qarabsizki, uzundan-uzun bahs qilingan, qancha odamning jonu moliga tajovuz yetkazgan mafkura xayolparastlikdan iborat safsata bo‘ldi qoldi. Yetmish yil hech qayoqqa qaramay tomoqni qirib kapitalizmni qoralab, keyin ko‘zni bir ochib qarsak, butun dunyo kapitalizm sababli rivojlanib, bizdan yuz yil oldinga o‘tib ketibdi. Biz vahima qilgan xatarlarning birortasi yo‘q. Aksincha, xalqlar farvon, erkin, sog‘lom raqobat asosida rivojlanib bormoqda. Bizga noto‘g‘ri o‘qitilganini, xato uqtirilganini anglab, istab-istamay, kapitalizm siyosatini yoqlab boshqalar ortidan yurishga majbur bo‘ldik. Xato tafakkur ta’sirida qanchadan-qancha erkin fikrlarni bo‘g‘ib, qanchadan-qancha yaroqli kishilarimizni nobud qilganimiz, jamiyatga jarohat yetkazib, uni ortga surganimiz qoldi. Buning ayanchli oqibatlarini hanuz tortmoqdamiz.

Afg‘onistonda tolibonlar hukumatga kelishidan oldin bir post qo‘ygandim. Unda afg‘oniston aholisi aslida bizning qardoshlar ekani, Hazrat Navoiy, Aliy Qoriy kabi ulug‘larimiz shu hududda yashab o‘tgani haqida so‘z borgandi. Bir necha yillik axborot tashviqoti oqibatida ongi buzilgan odamlar vahima ko‘tarib, bir nimalar dedi. Hozir ham ana shunday axborot qurbonlari ko‘p uchraydi. Biroq O‘zbekiston hukumati oqilona siyosat olib borib, Afg‘oniston bilan yaxshi aloqa o‘rnatdi. Kuni kecha Rossiya ham tolibonlarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Natija esa hammaga ma’lum. Xo‘sh, nima bo‘ldi? Osmon uzilib yerga tushdimi? Yoki odamlar vahima qilgandek biror joy portlab, biror falokat yuz berdimi? Yo‘q, aksincha, O‘zbekiston uchun yangi bozor ochildi, afg‘on xalqi bag‘riga shamol tegdi, keskinliklar arib, tinchlik, osudalik, taraqqiyot bo‘y ko‘rsatdi. Shuncha yillik bir yoqlama siyosiy tahlillaru taxminlar quruq vahima bo‘lib chiqdi.

Bu kabi misollarni kundalik ishlarda ham kuzatish mumkin. Ba’zan ota-onalar ehtiyotkorlikni oshirib, vahimaga berilishi oqibatida farzandlarining hayotdan ortda qolishiga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tib, boshqalarning oilalaridagi farvonlikni ko‘rib, keyin ko‘zi ochiladi. Biroq ungacha o‘zini ham, bolalarni ham qiynaydi, ko‘p narsa qo‘ldan boy beriladi. Oila bekordan-bekor qancha diqqatchilik, asabbuzarlik, zo‘riqish, azobu uqubatlarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. O‘zaro muhabbat o‘rnini nafrat egallaydi, kelishuv emas, nizo hukmron bo‘ladi, ba’zan tuzalmas jarohatlar yetkaziladi, kutilgan xavfdan yuz chandon ortiq zararlar keltiriladi. Eng achinarlisi, bularning birortasi mavjud xatar emas, xayoliy vasvasa – fobiyaning aldovi bo‘lib chiqadi.

Qo‘rquvning eng aldovchi va xatarli ko‘rinishlaridan biri – islohotdan qo‘rqishdir. Ko‘nikmalar ta’sirida qolgan inson ba’zan har qanday o‘zgarishdan, hatto holati yaxshilanishidan ham xavfsiraydi. Nima bo‘lsa ham, bezovta bo‘lmasa bas, ertangi kun haqida o‘ylamaydi. Holbuki nafaqat taraqqiyot, balki hayot o‘zgarishlarni, fidoiyliklarni talab qiladi. Shuning uchun ham jamiyatshunoslar har qanday jamiyat taraqqiy etish uchun bunyodkor buzg‘unchiliklardan qo‘rqmasligi kerak, deya ta’kidlaydilar.

Bugun ham yuqorida eslaganimiz kabi quruq vahimalar odamlar ongini zaharlab kelmoqda. Din va dindorlar, Islom va uning kelajagi haqidagi vasvasalar ham taxminan shu qabilda. Ming yillar osha musulmon bo‘lib yashab kelgan xalqning o‘rtasida bunday fobiyalarning tarqalishi tushunarsizdir. Aniqrog‘i, o‘z tarixi va dinidan bexabarlik oqibatidir.

Jamiyatlardagi fikr va so‘z erkinligiga nisbatan cheklovlarning asl sababi ham ko‘pincha fobiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Voqealar rivoji to‘g‘ri tahlil qilinsa, bu boradagi aksar qo‘rquvlar ham aslida o‘rinsiz vahimalar ekani ravshan bo‘ladi. Voqelikni noto‘g‘ri baholash esa kasalga xato tashxis qo‘yish kabi zararlidir.

Fobiya mafkuraviy virusdir. Bunday viruslar jamiyatni kasal qiladi, shijoatini so‘ndiradi, uni to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradi, katta maqsadlardan chalg‘itadi, adolatsizlikka, zulmga olib boradi va oxiri falaj qiladi. Bu virus aqlu tafakkurni ishdan chiqaradi, voqelikni to‘g‘ri baholashga monelik qiladi, hamma sohada zo‘raki harakatlarni keltirib chiqaradi. U ruhni bezovta, qalbni tor qiladi, tuyg‘ularni yovuzlashtiradi. Vahima jamiyatda radikalizmning urchishiga, murosasizlik avj olishiga, keskinliklarga sabab bo‘ladi. Vahimaga chalingan odam muammolarga tik boqa olmaydi, hech bir masalada ochiq muhokamani istamaydi, hamisha qo‘rquv bilan yashaydi.

Fobiyaning asosiy ozuqasi jaholat, ya’ni bilimsizlikdir. Fobiyaning chuqur surunkali ko‘rinishlarida bu dardning davosi bo‘lgan ilmga nisbatan ham qo‘rquv yuzaga keladi, fikr va so‘z erkinligi bo‘g‘iladi. Fobiyaga chalingan bemor hatto ilm tufayli darddan forig‘ bo‘lishdan ham qo‘rqadi. Vasvasa uning borlig‘ini egallab olgan bo‘ladi. Borib borib, u rostni yolg‘ondan, oqni qoradan ajrata olmay qoladi yoki buni istamaydi. U o‘z fobiyasini isbotlash uchun yolg‘onni tasdiqlagisi keladi, hatto afsonlarga ham ishonadi. Dastlabki g‘arblik sharqshunoslarning kitoblariga Islom va musulmonlar haqida turli uydirmalar, afsonalar kirib qolishi ham shundan. Xullas, fobiya insonni dunyo va oxirat halokati sari olib boradi.

«Inson bilmagan narsasining dushmanidir», deyiladi hikmatda. Fobiya sindromidan qutilishning yagona yo‘li bilimdir. Inson tanisa, arslonni o‘ynatadi, tanimasa, hasharotdan ham qo‘rqadi. Oqil inson esa har bir narsaga, har bir hodisaga bilim bilan yondashadi. Ilm kishini hayotga to‘g‘ri nazar bilan boqishga, tuyg‘ularga aldanmaslikka o‘rgatadi. Ilm bilan kishi dushmanni do‘stga, olovni hayotbaxsh vositaga aylantiradi.

Ilm narsa yoki hodisani bor haqiqati ila anglash demakdir. Biror narsa haqidagi noto‘g‘ri fahm ilm emas, jaholat bo‘ladi. Din haqida ham ayrim tasavvurlar bilim emas, jaholat ekanini ko‘rasiz. Jaholatning eng xatarlisi – bilmaslikni tan olmay, bilimsizlikni bor haqiqat deb tasavvur qilishdir. Buni murakkab johillik deyiladi. Har qanday jaholatni faqat ilm davolaydi. Buning uchun manbalar to‘g‘ri tanlanishi, asl va ishonchli bo‘lishi, ma’lumot qabul qilishda erkinlik ustuvor bo‘lishi kerak. Mish-mishlar, tashviqot, provokatsiyalar orqali hech qachon to‘g‘ri ilm hosil bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘g‘ri fahmlab, hazm qilish uchun mafkura sog‘lom, qalb pokiza, yondashuv xolis bo‘lishi darkor. Ushbu omillar fobiya sindromini bartaraf etishda asosiy vosita hisoblanadi.

Fobiyaning yana bir manbasi iblisdir. Iblis bashariyat dushmani. Uning eng asosiy kurash uslubi aynan qo‘rquv solishdir. Shaytonning vasvasasi deganda faqatgina shahvatlarga qiziqtirishni tushunmaslik kerak. Shayton o‘z ishini ko‘proq fobiya orqali bajaradi. U bu bilan insonlarni yaxshilikdan, iymondan, ibodatdan, Allohning yo‘lidan to‘sadi. U qalblarga fobiya uloqtirish orqali Odam bolalari o‘rtasiga nizo soladi, ularni bir-biriga dushman qiladi, ularni bir-biriga qayraydi, birining qo‘li bilan boshqasiga zarar yetkazadi. E’tibor berilsa, fobiya iymon ahlida emas, iymondan uzoq, gunohga berilgan insonlarda ko‘proq kuzatiladi. Bu esa fobiya shaytoniy hodisa ekanini yana bir bor isbotlaydi. Fobiyaning oqibatlarini ko‘rib, iblisning Odam avlodiga bo‘lgan adovatining aniq misolini kuzatish mumkin.

Ilohiy ta’limotlarda fobiya qoralanadi. Islomda Allohgagina suyanish, Unga tavakkul qilish, hamisha yaxshilik umidida bo‘lish, har qanday vaziyatda yaxshi gumon qilishni uqtirish ham fobiyaga qarshi ko‘rilgan choralardandir. Shayton vasvasasiga hushyor qarash, undan ilohiy panohga qochish o‘rgatilishi ham shundan. Zikru ibodatlar kishining qalbini poklash bilan birga, uning ruhiga sokinlik baxsh etadi, undan qo‘rquvni aritadi. Bularning barchasi fobiyaga qarshi kurashdir. Xulosa qilib aytganda, fobiya jaholat mevasi va shayton tuzog‘idir, undan faqat ilm va iymon yordamida qutilish mumkin.