Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIR

Germaniyada menda chuqur taassurot qoldirgan narsalardan biri konslagerlar (konslagerlar) bo‘ldi. U yerda bir nechta konslager saqlangan bo‘lib, eng kattasi Myunxenda. Olmonlar o‘tmishining eng qora sahifalarini o‘zida namoyish etgan bu tarixiy joyni ko‘rishga u haqda eshitganimdan beri qattiq qiziqar edim.


MOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIR

Germaniyada menda chuqur taassurot qoldirgan narsalardan biri konslagerlar (konslagerlar) bo‘ldi. U yerda bir nechta konslager saqlangan bo‘lib, eng kattasi Myunxenda. Olmonlar o‘tmishining eng qora sahifalarini o‘zida namoyish etgan bu tarixiy joyni ko‘rishga u haqda eshitganimdan beri qattiq qiziqar edim. Biroq shunday mudhish manzarani nega bu tarzda saqlab kelishlarini uncha tushunmas edim. Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi, deganlaridek, borib ko‘rgach, ko‘p savollarga javob topdim.

Konslager hududiga kirish pulli. Sayohatchilar juda ham ko‘p. Bu jonli muzey ajoyib tashkillashtirilgan. Uzun yo‘laklardan qamoqxonalar tomon yurib borar ekansiz, yo‘l bo‘ylab ushbu vahshatli loyihaning tarixiga oid qisqa ma’lumotlar va suratlar joylangan peshlavhalarga ko‘zingiz tushadi. Ulardan birida yozilishicha, 1933-1945 yillari faoliyat olib borgan ushbu birgina konslagerda 200.000 kishi qamalib, ularning 43.000 dan ko‘pi shu yerda o‘ldirilgan. O‘lganlarning taqriban beshdan biri yahudiylar bo‘lgan ekan. Fashizm mafkurasini qabul qilmagani uchun qamalgan bu siyosiy mahbuslar ichida asir tushgan sovet va Amerika aksarlari ham bo‘lgan.

Peshlavhalarda konslager qanday qurilgani, u yerda qamalgan ayrim yetakchi kishilarning aslida kim bo‘lgani, ularning erishgan lavozim va martabalari, keyin qamaqxonada qanday sharoitda yashaganlari, odamlarning bu yerda qanday azoblarga solingani haqida suratlar bilan boyitilgan ma’lumotlar qayd etilgan. Qamoqxonaning idorasi joylashgan markaziy bino konslagerga oid surat va ashyolar joylashgan alohida muzeyga aylantirilgan. Suratlarda ochlikdan qoq suyakka aylangan insonlar, o‘tin kabi qalashgan quruq ustuxon murdalar, qochishga urunganda ov kabi uzoqdan otib o‘ldirilgan mahbuslar va boshqa dahshatli holatlar aks etgan. Peshlavhalar 1945 yilda fashizm mag‘lubiyati shodligini nishonlayotgan mahbuslarning suratlari bilan tugaydi.

Masʼhbuslar yashagan ko‘p binolar buzilib ketgan bo‘lsada, ayrimlari yaxshi saqlangan. U yerdagi zax xonalarda insonlar qanday azoblagangani alohida ko‘rgazmalar bilan namoyish etilgan. Zulm ostida o‘ldirilgan mahbuslar uchun yodgorlik va maxsus timsollar o‘rnatilgan. Eng asosiysi, ushbu qamoqxonada ishlagan, rahbarlik qilgan mutasaddilarning ham ismi va suratlari berilgan. Ularning ichida odamlarga azob bergan zobitlar va ularning keyingi taqdiri haqida ham qisqacha ma’lumotlar bor. Rahbariyat tarafidan nohaq berilgan vakolatni kamiga suistemol qilib, mahbuslarni inson aqli bovar qilmaydigan qiynoqlarga solgan bu vahshiylarning dunyoda topgan oqibati ham ibratli.

Hudud ichidagi shinam bir go‘shada mahbuslarni gaz bilan o‘ldirish va murdalarni pechkada yoqish uchun mo‘ljallangan pastqam bino joylashgan. Dastlabki bosqichda o‘n kishili xonalar qurilgan bo‘lsa, keyinroq bir qamaganda 150 kishini gaz bilan o‘ldirish uchun yetarli sig‘imga ega xonalar bino qilingan. Mahbuslarni kiyimlaridan ayirib xonaga qamab, gaz yuborilgan va 20 daqiqadan so‘ng ularning jasadlari olib chiqilib, maxsus pechkalarda yoqilgan.

Hududdan chiqishda ikkita cherkov qoldiqlari bor. Konslagerlar tugatilgach, marhumlar haqqiga duo qilish uchun ushbu ibodatxonalar qurilgan ekan. Bugun ular ham xarobaga aylangan.

Ziyoratchilarning keti uzilmaydi. Ko‘pchilgi institut talabalari. Nazarimda, aksari maxsus ekskursiya. Tadqiqotchilar qo‘lda telefon va daftar bilan nimalarnidir belgilab yuribdi. Men ham qatordan qolmay kerakli manzaralarni suratga tushirib bordim.

Ushbu tomoshadan o‘zimga juda ko‘p xulosalar oldim. Nemislar o‘z o‘tmishlariga oid bu qora kunlarni tasvirlab butun dunyoga namoyish qilar ekan, millat sha’nini saqlashni ham e’tiborda tutib, ma’lumotlarni yetkazishda ifodalarni biroz yumshatganini va ayrim manzaralar tahliliga chuqur kirishmaganini payqash ziyrak kuzatuvchi uchun qiyin emas. Ularning ta’birlarida o‘zlarining bu mudhish o‘tmishlaridan afsus va oriyat ham sezilib turadi. Shuning uchun ham ushbu vahshiyliklarning boshida turgan Hitlerning qiyofasi o‘sha davrga oida ilingan o‘nlab suratlar ichida bir ikki-marta ko‘rinish beradi, xolos. Umuman olganda, nemislar Hitlerni eslashni ham istashmas ekan.

Xonalardan birida nazoratchilik qilib turgan bir keksa kishidan odam yoqilgan pechlar haqida so‘ragan edik, bu vahshiylikni oqlashga urinib, «Murdalarni tekshiruv maqsadida yoqishgan, xolos», deya valdirashga tushdi. Bu ham ularning zehniyatlaridagi ushbu yaqin tarixlariga bog‘liq hijolatpazlik va nadomatlaridan darak berardi.

Ochig‘ini aytish kerak, nemislar mazkur xunrezliklarni o‘z millati vakillari qilgan bo‘lishiga qaramay, hodisalarni yurak yutib xolis yoritishga harakat qilgan. Ularning bu ishi bir qaraganda o‘z o‘tmishlariga nisbatan ehtiyotsizlikdek ko‘rinishi mumkin. Kimdir o‘sha zolimlarning avlodlari jamiyatda qanday bosh ko‘tarib yurishi haqida tashvishlangan ham bo‘lsa kerak. Biroq nemislar bu o‘rinda «katta zararni daf qilish uchun kichigini ko‘tarish» yoki «omma manfaatini yakka shaxslar foydasidan ustun qo‘yish» qoidasiga amal qilishgan. Ular jamiyatda tajovuzkor mafkura va siyosiy xatolar qayta takrorlanmasligi, fashizm kabi buzg‘unchi g‘oyalar yana davlat va xalqni aldab, rasvo qilmasligi uchun ham ushbu ko‘rgazmani tashkil qilgan ekan. Konslagerni diqqat bilan tomosha qilgan odam buni darhol anglaydi. Suratlar ketma-ketligi noinsoniy siyosat insoniyatni ne ko‘ylarga solganini, shu bilan birga, zulm oxiri mag‘lub bo‘lib, haqiqat, hurriyat, insonparvarlik tantana qilganini jonli misollarda ko‘rsatib bera olgan. Manzaralar shunday namoyish qilinganki, ilmu nasihat kor qilmaydigan ancha-muncha qalbi so‘qir kimsa ham u yerdan kerakli xulosa olib, o‘zining yovuz fikrlaridan uyalishi hech gap emas.

Konslagerlardan chiqar ekanman, xayolim bexos o‘z o‘tmishimiz tomon burildi. Aslida bizning yaqin tariximizda yuz bergan qatag‘on ushbu xolokosdan nafaqat kam emas, baki undan bir necha barobar dahshatli bo‘lgan.

Bizda ham sovet mafkurasining gumashtlari tarafidan o‘n minglab begunoh insonlar hech qanday mahkamasiz otuvga yoki surgunga hukm qilingan. NKVDning ko‘ziga xunuk ko‘ringanki odam yashashga haqsiz edi. Bir-biriga ishonmagan uch kishining hukmi bilan insonlarning hayoti hal qilinar edi.

Buxoroda bolsheviklar ulamolar va ilm toliblarini olib chiqib so‘yishgan. Olimlarni tutib borib, «G‘oziyon» masjididagi ohak solingan hovuzga itarib yuborishar, millatning eng sara gullari o‘sha joyda erib bitar edi. «Qatag‘on shunchalar dahshatli bo‘ldiki, hatto shahar bo‘shab qoldi», deydi buxorlik otaxonlar. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida 300.000 dan ortiq aholidan bor yo‘g‘i 15-20 ming kishi qolgan. Butun bir boshli shahar aholisining aksari turli uslublarda yo‘q qilingan, juda ham oz adaddagi kishilar hijrat qilishga ulgirgan. Fashistlar bir konslagerda turli mintaqalardan keltirilgan odamlardan 43.000 odamni o‘ldirgan bo‘lsa, bolsheviklar birgina Buxoro shahrining o‘zida 50.000 dan ortiq olimu fuzalo va badavlat insonlarni qatl qilgan.

Xorazmlik yoshi ulug‘larning aytishicha, sovetlar Ichonqal’adagi minglab ustoz-talabalarni tiriklayin cho‘lga ko‘mishgan ekan. Birgina Toshkentning Alvasti ko‘prigi oldida yuzlab, balki minglab olimu donishmand insonlar otib tashlangani hammaga ma’lum. Andijon turmasi ro‘parasidagi qabriston yonidan o‘tayotgan mulla buvalarimiz biroz to‘xtab, tilovat qilib, ko‘zda yosh bilan duoga qo‘l ochar ekanlar, u yerda qanchadan-qancha begunoh olimu fuzalolarning jasadlari turmadan olib chiqilib, kafanu janozasiz dafn qilinganini farzandlariga pichirlab aytib berar edilar. Eng alamlisi, bu qatag‘onlar oddiy insonlarga emas, aynan millatning yaroqli kishilariga, qoziyu qorilariga, Abdulmajid qozi domla, Nosirxon to‘ra, Behbudiy, Qodiriy, Cho‘lpon kabi ziyolilari, olimu shoirlariga qaratilgan edi.

Tajovuzkor mafkura mamlakatda shunday muhit yasagan ediki, hamma yashashi mumkin, so‘zlashi mumkin, ammo ahli donishlar, chin xalqparvar ziyolilar, ulamolar so‘zlash, hatto erkin yashash huquqidan ham mahrum qilingan edi. Bu g‘ayrinsoniy siyosat o‘z ishini oqlash uchun targ‘ibot mashinalarini ishga solgandi. Go‘yo o‘sha olimlarimiz, ziyolilarimiz jamiyat uchun xatar, mamlakat taraqqiyoti uchun zararli unsur deb uqtirilar edi. Ulardan qutilibgina yurt taraqqiy etishi mumkin, deb tashviqot olib borilgandi. Ularni obro‘sizlantirish uchun har qanday tuhmatu bo‘htondan ham toyishmas edi. Fikriy bahsu munozarada mag‘lub bo‘lishini yaxshi bilgan toqatsiz dahriylar o‘z raqiblarini jismonan yo‘q qilishni bosh maqsad qilib olgandi. Oqibat esa hammaga ma’lum.

Quvvatidan tug‘yonga ketgan bu mustabid tuzum 70 yil mobaynida xalqimizning eng sara insonlarini jisman yoki ruhan yo‘q qilish bilan shug‘illandi. Ota-onalar o‘z bolasiga nasihat qilgani, dinini o‘rgatgani cho‘chirdi, chunki g‘addor siyosat bolani ota-onaga qarshi josus qilib tarbiyalar edi. 1950 yillardagi qatag‘on ham juda og‘ir kechgan. O‘shanda bir necha ming adadda qamalgan samarqandlik va buxorolik ulamolarning duolari Stalin o‘limi bilan yakun topgandi.

G‘animlar erksevar olimu fuzalolarimizni jismonan yo‘q qilsa ham, ularning iymon ufurgan nafaslarini o‘lkadan mahv eta olmadi. Nihoyat yurt ozod bo‘ldi.

Biroq tariximizning ushbu qora kunlari, uning sabablari hanuzgacha yetarlicha yoritilmayotgandek tuyuladi. To‘g‘ri, qatag‘on qurbonlri uchun Toshkentda Shahidlar maydoni barpo qilinib, u yerda ozmi-ko‘p ma’lumotlar berilgan. Bu mavzuda ba’zi ilmiy tadqiqotlar ham topiladi. Ammo mavjud urunishlar xalqqa haqiqatni anglatishga yetarli emas ko‘rinadi, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ham ko‘p. Men bizda tariximiz yoritilgan biror joyda nemislarning konslagerlaridagi kabi xulosalarni topa olmaganman. Balki bu mening bilimim yetishmaganidandir. Har qalay, xalqimiz ustida bosqinchilar boshchiligida qilingan qatag‘onlarni olmonlar o‘z millati vakillari uyushtirgan qirg‘inlarni yoritganichalik ochiqlay olmaganimiz aniq.

Biz ko‘pincha natijalar haqida gapiramiz, lekin sabablarga bee’tibor bo‘lamiz. Ba’zan hamma narsani shaxslarga bog‘lashga urinamiz. Aslida jamiyatni qamragan bu kabi keng ko‘lamli zo‘ravonliklar mafkuraviy xuruj yordamida amalga oshiriladi. Ulug‘ ulamolarimizni, millatparvar ziyolilarimizni qatag‘on qilgan, xalqni o‘z-o‘ziga dushman qo‘ygan, bolani otasiga qayragan, jamiyatni o‘z-o‘zini yeb bitirishga yo‘naltirgan asosiy omil ham buzuq mafkura edi. Ha, sovet mafkurasi, nafsiga qarshi bo‘lgan har qanday fikrga toqatsiz dahriy dunyoqarash xalqimizni ana shu kuyga solgan edi.

Inson unutuvchan. Tarixiy xato takrorlanmasligi uchun jamiyatni barbod qilgan mafkuralarning salbiy oqibatlari hamisha eslatib turilishi, sabablari yoritib borilishi kerak. Haqiqatga tik boqish, xatoni tan olish taraqqiyot shartlaridandir. G‘arbdagi fikriy erkinlik, mafkuraviy islohotlar ortida ana shunday tashabbuslar turibdi. Biz ham kelajak avlod o‘tmishdan kerakli xulosa olishi uchun shu kabi imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Masalan, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Farg‘ona vodiysida qatag‘on qurbonlari uchun muzey va fond yaratish, Qo‘qon muxtoriyati uchun yodgorlik o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu ayni paytda o‘sha jabrdiyda ajdodlarimiz ruhi poklari oldidagi burchimiz ham. Bu borada «o‘tmishning yomonligini kavlamaylik», deganga o‘xshash usti yaltiroq fikrlar bizni aldab qo‘ymasligi lozim.

Afsuski, so‘ngi paytlarda jamiyatimizda sovet mafkurasi kabi agressiv, shafqatsiz, diyonatsiz dunyoqarash, radikal ateizm bo‘y ko‘rsatib bormoqda. Islomofobiya dardiga chalingan bu toqatsiz tafakkur o‘zbek xalqini o‘zligiga qaytishiga, qadryatlarini tiklashiga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashmoqchi. U asliyatini ehtirom qilgan davlatni turli tutriqsiz ayblar bilan malomatlab, o‘zligini istayotgan xalqiga qarshi hezlamoqda. Bu mafkura tarafdorlari, xuddi o‘tmishdoshlari kabi, turli jimjimdor so‘zlar bilan dindor aholining huquqlarini cheklash, ularga qarshi qatag‘on uyushtirish fikrini ilgari surishmoqda. Ilmiy bahsga, xalqni fikran yetalashga ojizligini yaxshi bilgandan boshqalarning, xususan, din ahlining so‘z erkinligini bo‘g‘ib, ularning jamiyatga ta’sirini yo‘qotish yo‘llarini qidirmoqda. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda ayrim ateistlarning millatni xarob qilgan Stalin siyosatini sog‘inayotganini kuzatish mumkin. Nafs uchun hurriyat, vijdon uchun qamoq istayotgan bu ekstremist g‘oya tarafdorlari toqatsizlikdan fuqorolik urushi chiqarishlari ham mumkinligiga shama qilib davlatga tahdid qilmoqda. Bu ularning tillari oshkor etgani, qalblaridagisi qanchalar dahshatli, Xudo biladi. Xalqqa musulmon bo‘lgani uchun nafrat sochadigan, nafsidan boshqa qadryati bo‘lmagan nokaslardan har qanday yomonlikni kutish mumkin.

Buzuq mafkuraning xatari shundaki, u inson ongini manipulyatsiya (manipulyatsiya) qilib, xuddi o‘z joniga qasd qilgan tentak kabi, mafkura egasini o‘z-o‘zini halok qilishiga ham olib boradi. Uning vasvasasi butun jamiyatni beqaror qilib, jarlik sari yetalar ekan, har qanday nohaqlikni oqlashga urinish orqali kishilarni to‘g‘ri fikrlashdan ham to‘sadi, mezonlar buziladi. Odamlar balandparvoz shiorlar, soxta g‘oyalar bilan halokat sari tantanavor yurib boraveradi.

O‘zi to‘g‘ri bo‘lmagan mafkura hamisha kuch bilan singdiriladi. Bunday radikal boshqaruvning zarari juda katta. Buni xalqimiz bir necha bor boshdan o‘tkazdi. Zo‘raki dunyoqarash eng kamida davlatni charchatib, uni o‘zining asosiy vazifalaridan chalg‘itadi va davlat bilan xalq o‘rtasini buzib, o‘rtada hamisha sovuqchilik, taranglik, ishonchsizlik hukmron bo‘lishiga olib keladi. Yana ham xatarlisi, bunday tasarruf jamiyatda radikalizm va mutaasiblik urchishiga sabab bo‘ladi. Chunki har qanday bosim qarshi kuchni paydo qiladi. Boshqaruvning bu uslubi hech qachon muvaffaqiyat topmagan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda dunyaviylik tushunchasi ortiga yashirinishga urinayotgan radikal ateizm va shu kabi soxta mafkuralardan xalqimiz ogoh bo‘lishi uchun ularning o‘tmishdoshlari xalqimiz boshiga qanday kulfatlar solganini avlodlarga zamonaviy imkoniyatlar yordamida yetkazish va buning uchun kerakli choralarni ko‘rish oldimizdagi dolzarb vazifalaridandir. Toki dunyoga ilmu fanda, dinu diyonatda ustoz bo‘lgan bu xalq hadeb aldanib, o‘z etini o‘zi yemiravermasin, o‘tmishdan ibrat olsin, xatoni takrorlamasin. Zero, moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidir