Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMAS

Agar Islom bo‘lmasa, arablar hech kim emas edi. Hozir ham Islomdan uzoqlari hech qanday ibratga arzimaydi. Lekin bechora islomofoblar tafakkurlari chirib bitgani bois shu oddiy haqiqatni anglamaydi.


ISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMAS

Ayrim ateistlar Islomni qoralash, odamlarni undan sovutish uchun arab millatini yomonlash, ularni tahqirlashni o‘zlariga kasb qilib olishgan. Islomga amal qilgan yoki shariat ilmini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishini arabparast, arabqul deyishlari ham shu fitnaning bir ko‘rinishi. Bir qarasangiz, ba’zi bir arablarning fisqu fujurlarini namoyish qilib, shu orqali nimalardir demoqchi bo‘lishadi. Ularning tafakkuri qanchalar nochor ekanini, adovatlari aqllarini yeb bitirganini shundan ham bilsa bo‘ladi.

Allohning ishini ko‘ringki, ular bu harakatlari bilan o‘zlari bilmagan holda Islomga xizmat qilishmoqda, ya’ni Islom arablarning milliy qadryati yoki milliy dini emasligini anglashga turtki berishmoqda. Bu esa Islomning samoviy ekanini ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, Islom ilohiy din, u hech bir millatning yoki shaxsning ixtirosi emas. Arablarning Islomdan oldingi asl hayoti «johiliyat davri» degan nom bilan ajratilishi ham shundan. Ha, Islom arablarning tafakkur mahsuli emas. U arablarning odatlari yoki milliy qadryatlarini tarqatgani ham kelmagan. Shuning uchun Islomni arablarning o‘zlari ham dastlab qabul qila olmagan va unga ilk dushman arablar bo‘lgan. Bugun ham havoi nafsiga ergashgan arablar Islomni yoqlamaydi, kerak bo‘lsa, unga qarshi zimdan kurash olib boradi.

Agar Islom bo‘lmasa, arablar hech kim emas edi. Hozir ham Islomdan uzoqlari hech qanday ibratga arzimaydi. Lekin bechora islomofoblar tafakkurlari chirib bitgani bois shu oddiy haqiqatni anglamaydi.

Biz, garchi insoniyat o‘rtasida ayrimachilik qiladigan millatchi bo‘lmasak-da, arab millatidan ibrat olmaymiz, biz ularga tobe bo‘lmaganmiz va bo‘lmaymiz ham. Biz Allohning diniga ergashamiz, unga amal qilib ulug‘vorlik topganlardan ibrat olamiz.

Din va ilm Alloh taolo insoniyatga tortiq qilgan ma’naviy ne’mat, uni kim orqali yetazadi, buni O‘zi biladi. Oqil inson Alloh bergan ne’mat kim tarafidan kelganiga qarab o‘tirmaydi, balki undan unumli foydalanadi. Allohning huzurida har kim o‘zi uchun o‘zi javob beradi. Ajdodlarimiz aynan shunday ilg‘or tafakkurga ega bo‘lganlari uchun Islomga arablardan ko‘ra ko‘proq amal va xizmat qilganlar hamda buning oliy natijalari bilan tarixga kirganlar. Bu qonuniyat bugun ham o‘z kuchida.

O‘rni kelganda aytib o‘tish joizki, yurtimizda o‘zlikka qaytish jarayonini ko‘rgan ayrim g‘arazgo‘y kimsalar musulmon xalqlarni o‘z dinidan uzoqlashtirish uchun xorijda qo‘llangan uslublarni bugun bizning xalqimiz ustida olib borishmoqchi. Siyqasi chiqqan bu tashviqotlar bilan bilimsiz yoshlarni, tafakkursiz kishilarni aldashga urinishmoqda. Ularning so‘zlari qanchalar mantiqsiz va maqsadlari nopok ekanini noxolisliklaridan ham bilsa bo‘ladi.

Birgina misol. Nasroniylik dini yahudiy Iyso alayhissalom va u kishining millatdoshlari orqali dunyoga tarqagan. Biroq ateistlarning biror marta nasroniylikni millatga bog‘lab, Ovro‘pa yoki rus nasroniylarini yahudiyparast, yahudqul deganini ko‘rmaysiz. Nega? Yoki ular kundek ravshan ushbu tarixiy haqiqatni bilmaydimi?

Islomofobiya dardi tutganida arablarning har qanday kamchiligidan Islomga qarshi nimadir gap topish uchun chiranayotgan bu kimsalar nega arablar bilan asli nasli bir, dindor bo‘lgan boshqa bir millatning g‘alati odatlari, hech bir didga tushamydigan qiliqlari, beo‘xshov libosu turmaklari, birorta vijdon qabul qilmaydigan qirg‘inlari, odam savodisidagi yetakchiliklari va boshqa shu kabi «xislat»lari haqida lom-mim deyishmaydi? Nega bunisiga kelganda butkul kar va ko‘r bo‘lib olishadi? Kuchsizni qopib, kuchli oldida dum qisishmi bu? Ëki «Yegan og‘iz uyalibdi», degani shumikin?

Bu ajabtovur toifa har bir musulmonning xatosidan Islomga qarshi argument topishga jon-jahdi bilan tirmashadiyu, hech qachon biror nasroniyning qilmishini ro‘kach qilib uning diniga tosh otish haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Nega shunday? O‘zlarini bir taftish qilib ko‘rishmasmikin? Balki aqliyatlarida muammo bordir?! Aniqrog‘i, qalblari kasal.

Xulosa qilib aytganda, Islom Alloh taoloning so‘ngi va mukammal dini. Unga odamlar yoki biror millatga qarab emas, o‘zining tamoyillari asosida baho beriladi. Bundan boshqacha yo‘l bilan haqiqatni aniqlab bo‘lmaydi.

Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, bugungi olamiylashuv zamonida turli xil yot g‘oyalarga, chetdan kuch oladigan g‘arazgo‘y odamlarning tashviqotlariga nisabatan juda ham hushyor bo‘lishimiz, milliy va diniy qadryatlarimizni saqlab, keyingi avlodga to‘kis yetkazishimiz lozim. Ajdodlarimiz bu omonatni har qanday bosqinlardan omon olib o‘tib, bizga yetkazdi. Biz ham uni hech bir o‘zgarishsiz keyingi avlodga ta’lim berish majburiyatidamiz. Bu mehnat millatning har bir vakili zimmasidagi millat oldidagi muqaddas burchlardandir.