
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
HOZIR DUO SOATIDIR
Bo‘layotgan zulmlarga duodan boshqa choramiz yo‘q ekan, hech yo‘q duoda astoydil bo‘laylik. Tavba va hojat namozlari o‘qib, Alloh taologa yolvoraylik, ijobat etsa, ajabmas.
HOZIR DUO SOATIDIR
Bo‘layotgan zulmlarga duodan boshqa choramiz yo‘q ekan, hech yo‘q duoda astoydil bo‘laylik. Tavba va hojat namozlari o‘qib, Alloh taologa yolvoraylik, ijobat etsa, ajabmas.
Yo RAB!
Biz Senga ojizligimizdan, chorasizlgimizdan shikoyat qilamiz. Yo Rab, ayblarimizni tan olamiz, gunohlarimizni e’tirof etamiz. Hamma ayb o‘zimizda. Biz Senga chin iymon va ibodatda bo‘lmadik, buyruqlaring qilmadik, dunyoga muhabbat qo‘ydik, oxiratni unutdik, gunohlarga oluda bo‘ldik, kerakli choralarni ko‘rmadik, bergan imkoniyatlaringdan yetarlicha foydalanmadik.
Bugun bu notavonlik jigar bag‘rimizni ezdi, aqlimizni porakanda qildi. Nafaqat musulmonlik, insoniylik burchimiznida ado etolmay, vijdon azobida qoldik. Bugun qancha kuyinmaylik, duodan boshqa choramiz yo‘q, yo Rab, endi buni rad etib bizni noumidlardan qilib qo‘yma!
Yo Alloh! Biz hech narsaga arzimaymiz, duolarimizni rad etsang, chandon haqlisan. Lekin go‘zal ismlaring va nozil qilgan Kitobing haqqi, yuborgan Rasuling hurmati so‘raymiz, Habibing ummatiga, Falastin ahliga O‘zing najot ber, g‘olib et! Ularning bugun Sendan o‘zga himoyachilari yo‘q, Sendan boshqa yordamchilari yo‘q, Sendan boshqa g‘amxo‘rlari yo‘q, O‘zing ularga najot ber, fathu nusrat ber. O‘zing saqlamasang, biz ummatlar hech nimaga yaramay ojiz qoldik. O‘zing yordam ber, nusrat ber! Zotan, Seni ojiz qoldirguvchi yo‘q.