Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADOR

Men musulmon sifatida dinim bilan sharaf tuyganim kabi, o‘zbek sifatida o‘zbekligimdan faxrlanaman. Bularni bir‑biriga zid qo‘yish mumkin emas, balki ular hamisha bir‑birini qo‘llab kelgan.


TILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADOR

Men musulmon sifatida dinim bilan sharaf tuyganim kabi, o‘zbek sifatida o‘zbekligimdan faxrlanaman. Bularni bir‑biriga zid qo‘yish mumkin emas, balki ular hamisha bir‑birini qo‘llab kelgan.

Til millatning xususiyatlaridan, uni boshqalardan ajratib turuvchi imtiyozlardan biridir. Din kishining o‘zligini shakllantirgani kabi, til ham o‘zlikning bir qismidir.

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil bo‘libdi. Shu munosabat bilan yurtimizda turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bular o‘z o‘rnida kerak, juda ham yaxshi. Biroq, yilda bir kun qilinadigan tadbirlar bilan til o‘z o‘rnini topib qolmaydi. Tilni asrash uchun har birimiz qo‘ldan kelgancha harakat qilishimiz lozim. Buning uchun ayrim takliflarni eslasam.

  1. Tilni sevish. Xo‘sh, bu qanday bo‘ladi? Ma’lumki, muhabbat qalbning ishi bo‘lgani uchun inson hech bir narsani o‘z ixtiyori bilan seva olmaydi, balki qalb o‘zi istaganini sevadi. Qalbga biror narsani sev deb uqtira olmaysiz, ammo unga sevdirish mumkin.

Qalb odatda go‘zallikni, kamolotni va yaxshilikni sevadi. Demak, unga biror narsani sevdirmoqchi bo‘lsangiz, unga o‘sha narsaning go‘zalligini, kamolotini va sizga keltirgan yaxshiligini namoyon etishingiz kerak. Bundan boshqa yo‘li yo‘q.

Tilni sevish uchun uni yaxshi o‘rganish, uning boyligi, xususiyatlarini bilish, uning bizga bergan tortiqlarini anglash darkor. Boshqacha qilib aytganda, o‘zbek tili va adabiyotini undan zavq oladigan darajada, uning ulug‘vorligini gavlantirgan holda o‘rganish va farzandlarga o‘rgatish lozim. O‘zbek adiblari hayoti, ularning xizmatlari ko‘lamini o‘rganishimiz, farzandlarimizga ham o‘rgatishimiz maqsadga muvofiqdir.

  1. Farzandlarning chet tilini o‘rganishi yaxshi, lekin bu o‘zbek tili evaziga bo‘lmasligi kerak. Avvalo o‘z tilini bilsin, keyin boshqa tillarni istagancha o‘rgansin, marhamat. Ammo o‘z tilini unutib, boshqa tilni o‘rganish katta yo‘qotishdir.

Turkiyada bir o‘zbek oila bilan ko‘rishdim. Yurtdan ketganiga 20 yil bo‘libdi. Chetda tug‘ilgan bolasi o‘zbekchani umuman bilmayapti, inglizcha va urduchani bilarkan. To‘g‘risi, juda achindim. Saudiyadagi ayrim vatandoshlarning xonadonlari ibratli, ular oradan 90 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay, yosh bolalari ham o‘zbekchani biladi. Bu hammasi oilaviy muhitning samarasidir.

Ba’zilar bolasiga chet tilini o‘rgatishni osonlashtirish uchun uni oilaviy muloqot tiliga aylantirishga urinadi. To‘g‘ri, buning foydasi ko‘p, vaqti‑vaqti bilan shunday qilib turish mumkin. Biroq, kundalik muomalada chet tilining bira to‘la ona tili o‘rnini egallab olishi bu tilimizga va madaniyatimizga xatardir.

Ba’zi bir o‘zini zamonaviy fahmlaydigan o‘zbeklar farzandlari yoki do‘stlari bilan doimo boshqa tilda gaplashar ekan. Ayrimlari o‘zbekcha gaplashishni o‘ziga or deb bilishi ham sir emas. Bunday odamlar o‘zbekka el bo‘lishi mumkinmi? O‘z millatining tilini yoqtirmagan odam o‘zini qanday yaxshi ko‘rsin?

  1. O‘zbek adiblari, ularning asarlarini tartibli ravishda o‘qib borish va farzandlardan ham buni talab qilish darkor. O‘zbekcha kitob o‘qiy olmaydigan, fikrini boshqa tilda yaxshiroq tushuntira olishini iddao qiladigan odamlar o‘z tilini yaxshi bilmaganidan shu holatga tushgan. Ular o‘zbek tili boyliklaridan bahramand bo‘lishganda, bu tilning go‘zalligini ko‘ra olishganda, har qanday fikrni o‘zbek tilida ifoda qila olar, o‘zbek adabiyotini o‘qib zavq ola bilar edilar.

  2. Ayrim idoralarda boshqa millat vakillari, ba’zan o‘zbeklar ham ruscha gapiradi va shuni madaniyat deb o‘ylaydi. Bu eskicha tushunchaga barham berish kerak. Qaysi millat vakili bo‘lmasin, O‘zbekistonda tug‘ilibdimi, o‘zbekchani o‘rgansin va o‘zbeklarga o‘zbekcha gapirsin. Har birimiz o‘z o‘rnida buni talab qilib borishga o‘rganishimiz kerak.

  3. Nom qo‘yishda tilni hurmat qilish. Men har qanday shirkat yo boshqaga o‘zbekcha ism qo‘yishga imkon qadar intilishni ma’qul deb bilaman. Ayrimlar xalqaro faoliyat uchun ajnabiycha nomni afzal ko‘radi, aytishlaricha, boshqalar ham talaffuz qilishga qiynalmasin ekan. Yaxshi, lekin buning uchun boshqa tilda nom qo‘yish shart emas, balki boshqalar ham qiynalmay ayta oladigan o‘zbekcha nom topishga harakat qilish lozim.

Yaqinda ayrim arabcha nomlarni o‘zbekchalashtirishga harakatlar kuzatildi. Biroq negadir boshqa tillardagi minglagan nomlar bilan hech kimning ishi bo‘lmadi. Adolat yuzasidan boshqa ajnabiy nomlarni ham o‘zbekchalashtirilsa, til uchun yaxshi bir xizmat bo‘lar edi.

Zamonaviy jihoz va ashyolarga o‘zbekcha nom topishga ham harakat qilish kerak. Buning uchun tilimizda yetarli imkoniyat bor, faqat uni qo‘llay bilish darkor. Bu borada tilshunoslarning mas’uliyati juda ham katta. Ular har bir yangi narsaga o‘zbekcha nom berishda bosh bo‘lishlari, kerak bo‘lsa, bu borada xalqning til boyligidan foydalanib, so‘rovnamalar, muhokamalar o‘tkazib, xulosalarni ommalashtirib borishlari zarur.

  1. Tilshunoslarni har jihatdan qo‘llash va yo‘naltirish lozim. Harbiylar yurtni qo‘riqlagani kabi til ustalari tilga posbon hisoblanadi. Ularni moddiy, ijtimoiy va siyosiy taraflama qo‘llash orqaligina biz tilimizni saqlashga erisha olamiz. Ma’naviyatni qo‘rish moddiy olamimizni himoyalashdan muhimroq.

  2. Xorijda o‘qiyotgan o‘zbek talabalariga alohida e’tibor qaratish kerak. Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida, Turkiya, Rossiya va ayrim arab yurtlarida talabalarimiz turli sohalarda ilm tahsil qilmoqda. Bu juda ham yaxshi. Biroq ular chet elda ko‘p yurib, o‘z tillaridan uzoqlashib qolmasliklari, faqat «oshxona tili» bilan qolib, o‘zbek adabiy tilidan bebahra bo‘lmasliklari uchun xorijdagi talabalarga adabiy muhit hozirlash choralarini ko‘rish ham juda dolzarb. Buning uchun xorijdagi talabalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda alohida guruh ochib, kerakli tashviqotlar olib borilsa, kerakli manbalar ulashib turilsa ham juda katta ish bo‘lar edi.

Xorijdagi talabalar bilan uchrashganda har gal ta’kidlaydigan takliflarimdan bir shu - o‘zbek tilini o‘rganish, uni sayozlashtirmaslik. Buning uchun har haftada hes yo‘q bir soat dars qo‘shish kerak.

Til borasida yana boshqa mulohazalar ham bor. Masalan, diniy atamalarni qabul qilish, ma’lum sohaga tegishli istilohlarni qo‘llash borasida qanday me’yorlar bo‘lishi kerakligi haqida ham qator fikr‑mulohazalar majvud. Biroq, bugungi vaziyatdan kelib chiqib ushbu umumiy tavsiyalarni tezkror taqdim etish bilan cheklandim. O‘rni kelganda bu haqda yana fikr alamasharmiz.

Xulosa qilib aytganda, bugungi olamiylashgan dunyoda millat o‘zini saqlab qolishi uchun o‘zligining bir qismi bo‘lgan ona tiliga har doimgidan ham ko‘proq e’tibor berishi darkor. Vaqtni o‘tkazib qo‘ygandan keyin tanazzulni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Tilni himoya qilish uchun qonunlar ishlab chiqish, ularni izchil tatbiq etish va ommaviy targ‘ibot ishlarini uzluksiz olib borish lozim. Zotan, tilga e’tibor elga madordir.