
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
NAFS VA SHAYTON
Nafs va shayton insonning eng katta dushmanidir. Biroq buni ko‘pchincha unutib qo‘yamiz.
NAFS VA SHAYTON
Nafs va shayton insonning eng katta dushmanidir. Biroq buni ko‘pchincha unutib qo‘yamiz.
Nafsga yutqazish uni faqat yaxshilikka buyuradi deb o‘ylash, uning barcha qutqu va xohishlarini foydali deb bilishdir.
Shaytonning eng katta yutug‘i uni yo‘q deb o‘ylashingizdir. Dushmanning borligini bilmaslik, inkor qilish uning uchun eng qulay holat va g‘alaba asosidir.
Nafs yaxshilikka ham, yomonlikka ham mayl qilaveradi va uni poklab, tarbiya qilinsa, yaxshilikka ishlaydi. Ammo qo‘yib bersa, yomonligi ziyoda bo‘lib, vahshiylashib boraveradi.
Nafs o‘z istagini talab qilganda qistab turib oladi va aytganini qildirmaguncha tinchimaydi. Shayton esa bir tarafdan yo‘l topa olmasa, boshqasidan kelaveradi.
Shayton aslida juda ham zaif, faqat nafs uni o‘ziga g‘olib qilib olsa, ikki dushman bir bo‘lib insonni halokatga boshlaydi. Nafsda mayl bo‘lmasa, shayton odamga yo‘l topa olmaydi.
Har qanday dushmanning yomonligidan saqlanish uchun avvalo o‘sha dushmanni yaxshilab tanib olish kerak.
Nafs va shaytonni tanimaguncha, ularning qutqu va hiylalarini bilmaguncha ulardan omonda bo‘la olmaysiz.
Nafs va shaytonni ilohiy ta’limotlargina to‘g‘ri tanita oladi va davolaydi, inson aqli bu borada aniqlikka erisha olmaydi, chunki u har qancha o‘tkir bo‘lmasin, nafsning iskanjasidan o‘zicha to‘liq xalos bo‘la olmaydi.
Kim nafsini poklasa, najot topadi, kim uni kir holida qo‘ysa, noumid bo‘lib, halokatga yo‘liqadi.