
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
MUNOSABAT
Akram Malik ham yosh adabiyotshunoslarimizdan. Xulosalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi ham mumkin. Bu yerda aytilgan ko‘p muammolar asarda emas, uni fahmlashda deb o‘ylayman.
MUNOSABAT
(Bu bitikni boshqalar ulashibdi, shunga o‘zim ham do‘stlar bilan baham ko‘rishni ma’qul topdim. )
Akram Malik ham yosh adabiyotshunoslarimizdan. Xulosalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi ham mumkin. Bu yerda aytilgan ko‘p muammolar asarda emas, uni fahmlashda deb o‘ylayman.
- Inson yaratgan asar kamchilikdan xoli bo‘lmaydi, hech qachon mutlaq haq bo‘lmaydi. Ammo shuni tushunmay, Qodiriyning barcha fikrlarini mutlaq haqiqat bilish bu o‘quvchilardagi muammodir..
Shuning uchun qoida bor: yaxshisini ol, yomonini tark et. Agar shunday qilinmasa, inson tafakkuri mahsuli bo‘lgan juda ko‘p yutuqlardan inson foydalana olmay qoladi.
-
Asarlarda bir hodisa aytilsa, muallif yoki o‘quvchi uni umumlashtirib, hamma shunday bo‘lgan ekan, deb tushunib oladi. Bu ham xato. Badiiy asar to‘liq tarix kitobi emas. Bitta asardan butun o‘tmish haqida xulosa chiqarilmaydi.
-
Adabiyotda bo‘rttirish bo‘lishi tabiiy. Shu orqali muammoni ko‘rsatishga uriniladi. Buni unutib, uni muqaddas matndek ko‘rish xato.
-
Qodiriy ham o‘z davrida tarqagan fikrlardan ta’sirlangan bo‘lishi tabiiy. Bunda xato xulosalarga kelgan bo‘lishi ham mumkin. Ko‘p ziyolilarimiz sovetlarga aldangani ham haqiqat. Shunday ekan, ulardan o‘zlaridan yuqori hol talab qilinmaydi.
-
Qodiriy islom olimi bo‘lmagan, binobarin, bu jihatdan xatolari bo‘lishi ham tabiiy hol.
-
Asosiy xato o‘quvchilarning asarni mutlaq haqiqat bilishi, undagi barcha fikrga so‘zsiz taslim bo‘lish kerakdek yondashishida.
-
Navoiyshunos olim buyuk mutafakkir bilan ko‘p muloqotda bo‘larkan, uning didi, talablari ham ortib boradi va boshqalardan ham shu saviyani kutishi mumkin. Hazrat Navoiy islom olimi ham edi va bu yutuq u kishining o‘z asarlarida islomiy tafakkurga muvofiq ijod qilishlarini ta’minlagan. Bunday salohiyati bo‘lmagan adibda bu saviya topilishi qiyin.
Nima bo‘lganda ham, Qodiriy asarlaridan ko‘p foyda olish mumkin. Faqat uni to‘g‘ri anglay olish kerak. Akrom Malikning fikrlarini ham inobatga olib, mulohaza qilinsa, undan ham o‘ziga yarasha manfaat bor.