Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMISh
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADI

Alloh taoloning dunyodagi qonuninyatlaridan biri shuki, dunyoni sababiyat ustiga qurgani uchun bandalarning avvalo ushbu sabablarni ishga solishlarini talab qiladi. Biroq, sabablardan tashqari ishlar ham bo‘lib, bular Allohning ma’unati, ya’ni yordami va karomatidir.


MA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADI

Alloh taoloning dunyodagi qonuninyatlaridan biri shuki, dunyoni sababiyat ustiga qurgani uchun bandalarning avvalo ushbu sabablarni ishga solishlarini talab qiladi. Biroq, sabablardan tashqari ishlar ham bo‘lib, bular Allohning ma’unati, ya’ni yordami va karomatidir.

Sababiyat qonunida mo‘minu kofir barobar, ammo ma’unat va karomat mo‘minga xosdir. Biroq, bu imtiyoz muyassar bo‘lishi uchun mo‘min avvalo o‘z imkoniyatidagi barcha sabablarni bor kuchi bilan ishga solishi kerak. Bunda dunyoda mavjud sabablarning hammasini topish shart emas, muhimi o‘z qudratidagi barcha sababni ishlatishidir. Ana shunda mo‘min ilohiy ma’unatga haqli bo‘ladi va yetishadi. Buni ayrim misollar bilan tushuntirish mumkin.

Masalan, hammamizga kerak bo‘lgan vaqtdagi baraka. Kishi vaqtni tejash uchun kerakli harakatni qilmay turib vaqtiga baraka so‘rasa, uning duosi ijobat topmaydi. Ammo vaqtni tejashga zarur bo‘lgan choralarni ko‘rgan mo‘min kishining vaqtiga shunday baraka beriladiki, u bir barobar tejagan bo‘lsa, Alloh taolo uning ishiga besh-o‘n barobar natija ato etadi va hatto karomatga, ya’ni favqulotda muvaffaqiyatga noil etadi.

Bunga tarixdan misollar ham ko‘p.

Muso alahissalom qavmi bilan oldida dengiz, ortida dushman turgan bir paytda «Alloh men bilandir», dedilar. Shunda dengizdan yo‘l ochilib, Fir’avn va uning to‘dasidan najot topishdi.

Iyso alahissalomni yahudiylar barcha tarafdan qurshab olib, bostirib kirishganda Alloh taolo u kishini osmonga ko‘tardi.

Muhammad alayhissalomning uylarini Makkaning yonlanma qotillari to‘liq o‘rab oldi. U zot barcha ehtiyot choralarini ko‘rib, hatto dushmanlarni chalg‘itish uchun yosh yigit Aliy roziyallohu anhuni o‘rinlariga yotqazdilar. Biroq, uydan chiqsalar, qo‘lga tushadigan vaziyat, tashqarida dushmanlar poylab o‘tiribdi. Shunda ishni Allohga topshirib, eshikdan yurib chiqib keldilar. Uyni qurshab olgan bir to‘da odamdan birortasi u zotni ko‘rmadi. Chorasizlarning chorasozi bo‘lgan Zot dushmanlarning ko‘zlariga parda tortgan edi.

Ahzob urushida musulmonlar o‘zlariga nisabatan o‘n barobar kuchli va o‘n barobar ko‘p dushmanga qarshi himoyada turishdi. Bir oy davom etgan bu urushda kerakli barcha choralar ko‘rildi. Kutilmaganda Banu Qurayza yahudiylari ahdni buzib, hujumga shaylandi. Odamlar halokat yoqasiga keldi, yuraklar bo‘g‘izlarga tiqildi. Oldi tarafdan kelgan dushmanlarga chora topishgan edi, orqadan kelayotgan hujumdan esa himoyalanish imkoni yo‘q edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taologa yolvorib duo qildilar. Shu kecha qattiq shamol turib, dushmanni ag‘dar-to‘ntar qilib tashladi va ular shumshaygancha ortga qaytishdi.

Mazur holatlarning barchasida musulmonlar avvalo barcha choralarni ko‘rishgan va qolganiga Allohdan madad so‘rashgan. Imkoniyatlari tugab, ish so‘ngi nuqtaga yetganda, ularni Alloh taoloning O‘zi qo‘ridi. Ishning bu darajagacha yetishi esa mo‘minu kofir uchun bir imtihon bo‘ldi.

Ushbu qonuniyat shaxsiy turmushga ham, ijtimoiy hayotga ham barobar tegishlidir. Binobarin, bugun biz avvalo shaxsiy hayotimizni tuzatishimiz, shu bilan birga, jamiyatni isloh qilishga ham imkon qadar harakatda bo‘lishimiz, qudratimiz yetganicha yaxshilik taratishimiz kerak. Har kim o‘z vazifasida, o‘z ta’siri doirasida qo‘lidan kelganini qilib, ixlos bilan yaxshilikka intilgandagina qolgan imkoniyatlar ochiladi va qilingan mehnatga Alloh taolo ko‘plab muvaffaqiyatlar ato etadi, kutilmagan natijalarni beradi. Mana shuni baraka deydi. Ammo hech qanday chora ko‘rmay, yaxshilikka intilmay, kamiga aksincha ishlar qilib, g‘aflatga botib, keyin duo qilish yoki yaxshi natija kutish o‘ta katta xato, o‘zini aldashdan boshqa narsa emas. Bu ikki holat va ularning natijalarini ham biz bugungi kunda musulmonlar hayotida yaqqol ko‘rib turibmiz.

Ishlar oxirgi nuqtasigacha yetishi imtihon dunyosida Alloh taoloning qonuniyatlaridandir. Mana shu bilan zolimga hujjat, mo‘minga imtihon tugal bo‘ladi. Mana shu bilan munofiq mo‘mindan ajraydi, kufr iymondan farqlanadi, qalloblar sodiqlardan ayri bo‘ladi. Ana shu nuqtada kofirning kufri, mo‘minning iymoni cho‘qqiga yetadi va ahli Islomning taslimiyati tugal bo‘ladi.

Ishlardagi so‘ngi nuqtaning yana bir ahamiyati shundaki, Alloh taolo bandalardan uning yuqorisini so‘ramaydi. Banda bor imkoniyatini ishga solib yaxshilikka harakat qilar ekan, qolganiga mas’ul bo‘lmaydi. Biroq, buning chegarasi har kimning aqlu mizoji bilan emas, balki Alloh taolo nozil qilgan me’yorlar asosida belgilanadi. Shartlar bajarilgach esa, qolganiga Alloh taolodan ma’unat va karomat yetadi. Ushbu haqiqatni hamisha yodda tutish lozim.