Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TARIX OMONATDIR (5-QISM)

Islom tarixida shariat olimlari bilan tajribiy ilmlar mutaxassislari o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgani, undan ham o‘tib, ayrim qomusiy olimlar har ikki ilmni jamlagani haqida tarixiy asoslar juda ham ko‘p.


TARIX OMONATDIR (5-QISM)

  1. Fan olimlari bilan shariat olimlari o‘rtasini ayirish dinsizlikdan qolgan sarqit. Boshqacha qilib aytganda, bu yondashuv G‘arbdagi din va dunyo ilmlari o‘rtasidagi ziddiyatning in’ikosidir. Islom olamida fan olimlari bilan din olimlari o‘rtasida bunday ziddiyat bo‘lmagan, aksincha, ular hamisha bir‑birini qo‘llab kelgan va ko‘pincha bu ilmlar bir shaxsda ham jamlangan. G‘arbda esa din va dunyo ilmlarini jamlagan olim bo‘lmagan. Bil’aks, din olimlari bilan fan mutaxassislari o‘rtasida hamisha ziddiyat qaynagani bois ular Islom olamidagi dinu dunyo ilmlaridagi uyg‘unlikni qabul qilisha olmagan. Ular buni tasavvur ham etisha olmaydi yoki buni istashmaydi. Shuning uchun ular musulmonlarda ham o‘zlarida bo‘lgani kabi din olimlari bilan tajribiy ilm olimlari o‘rtasida nizo topishga intilishadi va ushbu maqsadlari uchun foydalansa bo‘ladigan biror xabar uchrab qolsa, o‘shani shishirib, istaganlaridek talqin qilishadi. Ularning ana shunaqa g‘arazli qarashlaridan ta’sirlangan kishilarimiz ulardek fikrlaydigan bo‘lib qolgani muammoni yana ham chuqurlashtirgan.

Mustamlakachi sharqshunoslarning noxolisliklari, insofsizliklari shunchalar bo‘ldiki, bir umr ibodatu diyonatda o‘tgan buyuk mutafakkirlarni zamon bilan murosasozlik qilgan munofiqlarga chiqarib qo‘yishdi. Jaloliddin Rumiydek har bir so‘zi oyatu hadis bo‘lgan, farz namozlarni kanda qilmay, tunlarni namoz bilan bedor o‘tkazgan tasavvuf olimini Islomga dushman bo‘lgan bir bebosh dahriy sifatida tasvirlashgan. Asli qozi bo‘lib, keyinchalik mavlaviy tariqatiga asos solgan zokirni shu ahvolga solishgandan keyin, boshqasini o‘zingiz bilavering. Umar Xayyomni kofiru fojirga chiqarishlari ham quruq tuhmat ekanini alloma Mubashshir Taroziy ilmiy isbotlab bergan. Bu haqda ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq hazratlari alohida risola yozganlar. Bechora Umar Xayyomning bunday buhtonga nishon bo‘lishining asosiy sababi uning tabiiy ilmlarga mohir bo‘lgani edi. Mana sizga ayrimlarning «ilmiy tadqiqotlari». Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Islom tarixida shariat olimlari bilan tajribiy ilmlar mutaxassislari o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgani, undan ham o‘tib, ayrim qomusiy olimlar har ikki ilmni jamlagani haqida tarixiy asoslar juda ham ko‘p.

Avvalo shuni bilish lozimki, u davrlarda Islom olamida olimlar qaysi sohaga qiziqmasin, masjid‑madrasalarda Qur’on, hadis va boshqa qator shar’iy ilmlarni yoshlikdan o‘rganishgan. Keyinchalik boshqa soha bilan shug‘ullangan va tanilgan bo‘lsalar ham, aslida diniy ilmlarni hozirgi ancha‑muncha ahli ilmga dars bera oladigan darajada yaxshi bilishgan. Juda ko‘plari ham shariat ilmlarida, ham tajribiy ilmlarda xizmat qilgan. Ular dinu dunyo ilmlarini bir makonda ‒ masjidda o‘rganishgani ham so‘zimizni tasdiqlaydi. Ko‘pchilik fan olimlari dindor, taqvodor insonlar bo‘lgani tarixdan ma’lum. Shuning uchun Islom olamidagi tajribiy ilmlar mutaxassislarini dindan uzoqlashtirishga urinish tarixiy voqelikka ziddir.

So‘zimiz quruq bo‘lmasin uchun bir‑ikkita misol keltirsak. Abu Aliy Husayn ibn Sino shogirdi Abu Ubayd Juzjoniyga imlo qilgan tarjimai holida o‘n yoshda Qur’oni Karimni va bir qator she’rlarni yodlab bo‘lganini, falsafani o‘rganishdan oldin fiqh va tasavvufdan dars olganini, soliklardan bo‘lganini, yigitligida falsafa va tibbiyotni o‘rganish barobarida fiqhni o‘rganishda davom etganini hikoya qiladi. U yana shunday deydi: «Qachon biror masalada boshim qotsa, uni to‘g‘ri o‘zlashtira olmasam, jome’ga qatnar va namoz o‘qib, barchani yo‘qdan bor qilgan Zotga iltijo qilardim. Shunda menga berk bo‘lgan ma’lumotlar ochilar, qiyin narsalar oson bo‘lib ketar edi».

Yoshligimda Ibn Sinoning hayoti haqida nashr qilingan bir kitobda o‘qigandim, u kishi har doim masjiddan chiqayotib: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», deb duo qilar ekan.

Alloma Zirkiliy Abu Ubayddan naql qiladiki, Ibn Sino vafoti oldidan bemor bo‘lganda barcha mol‑mulkini xayru ehson qilib, qul‑cho‘rilarini ozod qiladi va uch kunda Qur’oni Karimni xatm qilib, so‘ng vafot etadi. Ayrim manbalarda Ibn Sino yoshligida aytgan bir qator falsafiy fikrlaridan keyinchalik qaytgani ham ta’kidlanadi.

Ibn Sino «Tib qonunlari»ning har bir mujalladini basmala va hamdu sano, salavot bilan boshlagan. Holbuki, u paytlarda kitobni hamdu salavot bilan boshlash hatto diniy kitoblarni ham uncha urf bo‘lmagan edi. Shundan ham allomaning e’tiqodi qanday bo‘lganini anglasa bo‘ladi.

Muhammad ibn Muso Xorazmiy algebra faniga asos bo‘lgan o‘zining dunyoga mashhur «Al‑Jabr val‑muqobala» asarini quyidagi hamdu sano bilan boshlaydi:

«Allohga ne’matlari uchun O‘ziga loyiq maqtovli hamd bo‘lsin. O‘z maxluqotlari ichidan Unga ibodat qiladiganlarga farz qilgan bu hamdlarni ado etish bilan shukr voqe bo‘ladi va u ne’matning ziyoda bo‘lishini vojib etadi. Biz U Zotning parvardigorligiga iqror bo‘lish, azizligi oldida xorlik ko‘rsatish, buyukligidan qo‘rqish bilan Undan boshqadan omonda bo‘lamiz. U Zot Muhammadni ‒ u kishiga va ahli‑oilasiga Alloh salavotu salom yo‘llasin ‒ payg‘ambarlardan mosuvolik, haq yo‘q bo‘lib, hidoyat yakson topgan bir paytda payg‘ambarlik bilan yubordi. U zot tufayli ko‘rlarning ko‘zini ochdi, odamlarni halokatdan qutqardi, yo‘qsillikdan keyin seroblik berdi, tarqoqlikdan keyin birlikni nasib etdi. Robbimiz Allohning barakoti taraldi, ulug‘vorligi oliy bo‘ldi, ismlari muqaddas bo‘ldi. Undan o‘zga iloh yo‘q. Nabiy Muhammadga va ahli‑oilasiga Alloh salavotu salom yo‘llasin».

Ushbu hamdu salavotdan keyingina Muhammad Xorazmiy rahmatullohi alayh asar mavzusini munoqasha qilishga kirishadi va kitobni yana hamdu salavotlar bilan yakunlaydi. Faraz qiling, agar bugun ham qachon qarasa o‘zimiz faxr bilan tilga oladiganimiz buyuk ajdodlar yo‘lidan borib, maktab va institutlardagi darsliklarni hamdu salavotlar bilan boshlab, shunday yakunlaydigan bo‘lsak, buni boshqalar qanday qabul qiladi?

Abu Rayhon Beruniy Hindiston tarixiga oid «Fi tahqiqi ma lil‑Hind» nomli mashhur kitobida qayerda Alloh taoloni zikr qilsa, albatta «subhonahu va taolo»ni, payg‘ambarlarni eslaganda «alayhis salom»ni, Nabiy sollallohu alayhi va sallamni zikr qilganda «sallohu alayhi» yoki «sollallohu alayhi va sallam»ni qoldirmay keltirib o‘tadi.

Aytishlaricha, Shamsulaimma Abdulaziz Halvoniy o‘z davrida Buxoroning qozisi bo‘lib, alloma Beruniyni ilm yo‘lidagi ayrim urinishlarini himoya qilish uchun uning ishlarini yoqlab alohida fatvo ham chiqargan.

Ulug‘ faqihlardan Abulhasan Aliy ibn Iyso Valvolajiy aytadi: «Abu Rayhonni ko‘rgani kirdim. U jon talvasasida, nafasi iztirobda, qalbi siqilgan edi. O‘sha holatda: «Bir kuni menga fosid boboning (ona tarafdan bobo) merosdagi ulushi haqida nima degan eding?» dedi. Men unga ichim og‘rib: «Shu holatda‑ya?» dedim. U menga: «Hoy sen! Dunyo bilan ushbu masalani bilib xayrlashishim uni bilmay dunyoni tark etishimdan yaxshiroq emasmi?» dedi. Men unga o‘sha masalani qayta aytib berdim, u yodlab oldi va o‘rgatishni va’da qilgan masalasini menga o‘rgatdi. Uning huzuridan chiqdim. Yo‘lga tushgvanimdayoq qichqiriq ovozi eshitildi». Ya’ni Beruniy vafot etdi. Alloh u kishini rahmatiga olisin.

Mir Alisher Navoiy rahmatullohi alayh «Majolisun‑nafois»da Mirzo Ulug‘bek haqida yoza turib: «Ulug‘bek Mirzo donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi. Yetti qiroat bila Qur’oni majid yodida erdi. Hay’at va riyoziyni xo‘b bilur erdi», deya ta’kidlaydi. Biz Ulug‘bekni doim faqat falakiyot olimi, matematik deb bilganmiz. Aslida u kishi nafaqat oddiy hofizi Qur’on, balki Qur’onni yetti qiroatda o‘qiy oladigan olim bo‘lgan ekan. Shuningdek, u zamonasining yetuk faqihlaridan bo‘lgan. Biroq, falakiyot ilmi bilan ko‘p shug‘illanib, shu sohada tanilgani uchun uning boshqa ilmlardagi darajasi ko‘zga ko‘rinmay qolgan.

Oldinda madrasalarda diniy va tajribiy ilmlar birga o‘qitilgan. Ajdodlarimiz ilmni diniy‑dunyoviyga ajratmagan. Har qanday foydali ilmga ularning bag‘ri keng, qalbi ochiq bo‘lgan. Hatto madrasalar tashkil topmay turib ulamolarimiz tabiiy ilmlarni shar’iy ilmlarga qo‘shib masjidlarda o‘rganishgan. Ko‘pchilik fuqaholar tib, matematika, handasa ilmlarida mutaxassis bo‘lgan. Ibn Sino o‘zining tarjimai holida: «Falsafa va tabobatni o‘rganish bilan birga fiqh darsiga qatnardim va unda munozalar olib borardim», deydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Ibn Sino odatda faqihlarga xos libos kiyib yurgan. Bu haqda uning tarjimai holida alohida ta’kidlanadi.

Mirzo Ulug‘bekning madrasasini ko‘ring, qibla tarafida masjid joylashgan, ustozu talabalar shu yerda besh mahal namozni kanda qilmay o‘qishgan. Hujralar toqiga oyatu hadislar bitilgan, tolibi ilmlarga hamisha dinu axloqni eslatib turgan. E’tiborlisi, madrasadagi ta’lim dasturida Qur’ondan haftiyak, fiqhdan «Hidoya» va yana boshqa shar’iy ilmlardan mo‘tabar qo‘llanmalar joy olgan. Ulug‘bekning falakiyot bilan shug‘illanishi uni dinidan uzoqlashtirmagan, aksincha, yaqiinlashtirgan.

Mirzo Ulug‘bekning tasavvufga ehtiromi va amali ham yuksak bo‘lgan. U madrasani bitirgach, uning qarshisiga, hozirgi «Sherdor» madrasasi o‘rnida xonaqoh soldirgan. U yerda zokirlar zikr va ruhiy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

«Muxtasarul‑viqoya» muallifi alloma Sadrushshari’a Ubaydulloh ibn Mas’ud al‑Mahbubiy fiqhiy asarlar yozish bilan birga, matematikaga oid ikkita risola bitgan. Buxoro madrasalarida nafaqat shar’iy, balki tib va boshqa ilmlarda ham maxsus imtihon va shahodatnomalar berish yo‘lga qo‘yilgan va bu an’ana rus bosqinigacha davom etgan.

Xullas, hozirda zamonaviy ilmlar bilan cheklangan odamlarning tafakkurida kuzatiladigan ko‘p muammolar nasroniylik olamiga xos bo‘lgan zehniyat ‒ ilm‑fan bilan din ilmlari o‘rtasida sun’iy devor urish yoki choh qazishni musulmon olamidan qidir yoki tiqishtirishga borib taqaladi. Musulmon yoshlari bunga hushyor bo‘lishlari darkor.

  1. Ma’lumki, ilm‑fan xulosalari doim ham qat’iy bo‘lmaydi, ko‘pincha nisbiy bo‘ladi va ilm taraqqiy etishi bilan hamisha o‘zgarib turadi. Insonning ojizligi va tajriba shuni taqozo qiladi.

Shariatdagi ijtihodiy yoki ayrim zonniy bilimlar o‘zgarishi mumkin, ammo qat’iy ilmlar o‘zgarmaydi. Ilm‑fandagi ayrim tajribiy va aqliy xulosalar agar o‘sha qat’iy ilmlarga zid kelsa, shariat olimlari bunga albatta e’tiroz bildirishga haqli. Aks holda, nisbiy yoki davriy bo‘lgan xulosalar sababli dinning asoslariga putur yetishi mumkin. Bu holda shariatning samoviyligi yo‘qqa chiqadi. Shuning uchun ham dinning himoyasida posbon bo‘lgan olimlar shariatga zid qarashlarga hamisha raddiya berib keladilar. Bu ularning vazifalari. O‘z navbatida, tajribiy ilm egalari ham o‘z sohalari bo‘yicha boshqalarning xatolarini tuzatib kelishadi. Shu zaylda ular bir‑birlarining xatolarini to‘g‘rilab borishgan. Bu ilmiy bahs hamisha davom etgan va etaveradi ham. Buni to‘g‘ri qabul qilish lozim. Bundan shariat olimlari bilan boshqa ilm egalari o‘rtasiga choh qazishga urinish savodsizlik yoki g‘arazgo‘ylikdan bo‘ladi.

Oldinda ayrim suyak qoldiqlarini dalil qilib, odamni maymundan bo‘lgan deyishga urinishar edi. Genetika fani va boshqa tadqiqotlar bu safsatani butkul inkor qilgach, boshqa taxminlar ilgari surilmoqda. Yaqinda bir joyda fan olimlari bilan bo‘lgan majlisda ular yer yuzida insondan oldin unga o‘xshash maxluqlar bo‘lib, ular qirilib ketgan bo‘lishi va mazkur suyaklar o‘shalarga tegishli ekani taxmin qilinayotganini aytib qolishdi. Ibn Kasir va boshqa mufassirlarimiz Hijr sursi oyatlari tafsirida yer yuzida Odamdan oldin bun va jin toifalari yashagani, bunlarni jinlar qirib tashlgani haqida rivoyat borligini aytadilar. Demak, izlanishlar davom etar ekan, xulosalar o‘zgarib borishi mumkin. Qur’oni Karimdagi haqiqatlar esa o‘zgarmaydi.

  1. Kitoblar ikki tur bo‘ladi: darslik va mutolaa kitobi. Madrasalarda odatda darsliklar o‘qitiladi, mutolaa kitoblari esa mustaqil yoki maxsus xalqalarda o‘rganiladi. Avvalda darslik bo‘lgan juda ko‘p kitoblarning vaqt o‘tishi bilan mutolaa kitobiga aylanishi davr taqozosi hisoblanadi.

Ibn Sino, Beruniy va boshqa ko‘p katta olimlarning kitoblari ko‘pincha mutolaa uchun o‘qilgan. Darslik bo‘lganlari ham keyinroq ulardan ko‘ra qulay darsliklar yozilgach mutolaa kitobiga aylanib ketgan. Biroq, bu ulardagi ilmlar butkul bekor bo‘lgan, degani emas, balki ma’lumotlar yangi qo‘llanmalarda o‘rganila boshlagan, yangicha munoqasha qilingan, degan ma’noni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, o‘sha qadimgi kitoblar madrasalarda keyingi bosqichlarda bevosita bo‘lmasa ham, bilvosita o‘qitilgan.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, katta aql egasi bo‘lgan olimlar yoshlikdan kitob yozishga kirishgan va ulg‘aygach yozgan asarlarida avvalgi bir qator fikrlarini o‘zlari rad etgan. Keyingi ulamolar shuni e’tiborda tutib, avvalgilarning kitoblarini tuzatilgan suratda qayta taqdim qilganlar va talabalarni chalg‘itmaslik uchun ularning ayrim asarlarini o‘qishni tavsiya qilishmagan. Zotan, olimning o‘zi inkor qilgan fikrlarini munoqasha qilib o‘tirish ko‘pincha vaqtni zoye qilish bo‘lishi mumkin.

  1. Bobom Abdulmajid qozi domladan qolgan bir sandiq kitob bor edi. Ularning ichida qo‘lyozmalar ham ko‘p. Men shaxsan o‘zim o‘sha qo‘lyozmalar ichida Ibn Sinoning Ixlos surasiga yozgan tafsirini o‘qiganman. Juda ham falsafiy tafsir, tushunish mushkul. Yaqinda bu tafsirning arab tadqiqotchilari tarafidan qilingan yangi nashrini ham ko‘rdim. Abdulmajid qozi domla 1870 yilda tug‘ilib, 30 yoshida qozi bo‘lib yetishganini hisobga olsak, yurtimizda so‘ngi asrlarda ham, ayni paytda bolsheviklardan oldin ham bizda Ibn Sinoning kitoblari o‘rganilganini xulosa qilish mumkin. Ba’zilar iddao qilganidek, bizga olimlarimizni faqat komunistlar tanitmagan. Balki kimlargadir aynan ular tanitgandir, lekin bizning madrasa ko‘rgan ulamolarimiz ulug‘ o‘tmishdoshlarini va ularning asarlarini o‘z manbalaridan, ustozlaridan o‘rganib kelishgan. Bu ma’noda ular boshqaga muhtoj bo‘lishmagan.