Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMISh
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

BAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIR

Bayroq qadimdan davlat boshliq xalqning ramzi va birdamlik shiori hisoblangan. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham bayroq ko‘tarish barcha madaniyatli xalqlarda bo‘lgan. Dushmanga qarshi janglarda qo‘shin bayroq ostida jamlangan. G‘alabaning e’loni ham avvalo bayroq orqali namoyish etilgan.


BAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIR

Bayroq qadimdan davlat boshliq xalqning ramzi va birdamlik shiori hisoblangan. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham bayroq ko‘tarish barcha madaniyatli xalqlarda bo‘lgan. Dushmanga qarshi janglarda qo‘shin bayroq ostida jamlangan. G‘alabaning e’loni ham avvalo bayroq orqali namoyish etilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarida ham bayroqqa katta e’tibor berilganini ko‘rish mumkin. U zotning turli rangdagi tug‘ va bayroqlari bo‘lgan. Keyinchalik ham musulmonlarda bayroq, tug‘ kabi ramzlar hamisha keng qo‘llangan va rivojlanib borgan. Hadislarda qiyomat kunida ham bayroq bo‘lishi, xalqlar Muhammad alayhissalomning hamd bayrog‘i ostida jamlanishi ta’kidlanadi. Bayroq musulmon kishi uchun dunyo va oxiratda ana shunday qadrlidir.

Yoshlikdan bayroqlarga qiziqishim bor. Xususan, mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i haqida qayerda biror izoh ko‘rsam, o‘qib yurar edim. Ilk mustaqillik yillari o‘zlikka qaytishga bo‘lgan intilish yuqori bo‘lgani bayroqdagi ramzlardan ham bilinadi. Ba’zi lavhalarda bayroqdagi belgilarga juda yaxshi sharhlar beriladi, ularni o‘qib faxrlanib ketadi kishi. O‘zim bayrog‘imizni yaxshi ko‘rganim uchun bo‘lsa kerak, odamlarimizning ham bayroqqa munosabatini hamisha kuzatib yuraman. Biroq, ochig‘ini aytganda, negadir xalqimizda vatan ramzi hisoblangan bayroq, gerb kabi belgilarga e’tibor yetishmaydigandek ko‘rinadi. Ko‘pchilik bunday narsalarga beparvo, ularni davlatning ishi, xalqqa aloqasi yo‘q deb biladigandek. Balki bu siyosiy nofaollikdan yoki bizda vatanparvarlik ruhi hali yaxshi shakllanmaganidandir. Har bir natijada bo‘lgani kabi, buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor, albatta, biroq, nima bo‘lganda ham biz odamlarimizda xalqparvarlik tabiatini rivojlantirishimiz lozim.

Kuni kecha yurtimizda 18 noyabr O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kun sifatida har yilgidan ham kengroq miqyosda nishonlandi. To‘g‘risi, turli hajmlardagi bayrog‘imizning hilpirashlaridan juda zavqlandim. Bu kabi tadbirlarning ta’siri katta, albatta. Biroq, bir kunlik tadbir bilan hamma ish joyiga tushib qolmasligi ham aniq, balki xalqning bu boradagi umumiy dunyoqarashini izchil rivojlantirib borish darkor.

O‘zbekiston bayrog‘idagi ranglar, undagi oy va yulduzlar xalqimizning asliyatidan darak beradi. Xalqda bayrog‘imizga nisabatan mehr va ehtirom chuqur o‘rnashishi uchun avvalo bayroqdagi ana o‘sha belgilarni ongli ravishda fahmlashni ommalashtirish lozim. Afsuski, bayroq belgilariga bitilgan izohlarda ham bu borada kamchiliklarni ko‘rish mumkin. Ayrim o‘rinlarda tub aholisi musulmon bo‘lgan O‘zbekistonning bayrog‘ida musulmonlik ramzi hisoblangan oy va yulduz belgilari haqida asl ma’noni chetlab o‘tishlarni kuzatasiz. Bu esa har bir ongli kishida turli savollarni keltirib chiqarishi, qalblarda g‘ashlik paydo qilishi mumkin.

Bayroqqa nisabatan to‘g‘ri munosabatlar shakllanishi uchun hayotimiz bayroq belgilarida ko‘ttarilgan ma’nolarga, boshqacha qilib aytganda, asliyatimizga mutanosib kechishi ham darkor. Ana shunda bayroq bizni, ya’niki qalblarimizni chindan ham o‘z atrofida birlashtira oladi.

Aqlni aldash mumkin, ammo qalbni aldab bo‘lmaydi. Bayroq va boshqa davlat ramzlariga bo‘ladigan munosabatlarning mehvari qalbdir. U tabiatan rostlikka, to‘g‘rilikka, fidoiylikka maftun qilib yaratilgan. Binobarin, xalqda bayroqqa nisbatan haqiqiy e’tiborni shakllantirish uchun bayroqqa bo‘lgan hurmatimiz samimiy, chin qalbdan bo‘lishi va umumiy hayot tarzimiz ham chin ma’noda vatan va xalqqa muhabbat ustiga qurilgan bo‘lishi lozim. Aks holda, qalblar zohirimiz bilan botinimiz o‘rtasida ziddiyat his qilib, shiorlarimizni rad etishi tabiiy.

Bayroq faqatgina rasmiy ramz bo‘lib qolmasligi, balki u xalqchil shiorga aylanishi lozim. Ana shunda u chindan xalqning birligi ramziga aylanadi. Davlat tashkillashtirmasa ham xalq o‘z-o‘zidan bayroqdorlik qila olishi kerak. Buning uchun davlat kattayu-kichik hamma narsada bosh bo‘lishni o‘z mas’uliyatiga olavermay, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish institutlarini rivojlantirishi, fikr va so‘z erkinligini ta’minlashi, jamiyatni barpo etishda jamoatchilik istaklarini inobatga olib borishi lozim.

Bayroq davlat ramzi sifatida ko‘rilganda ham uni xalqchil qila olish kerak. Buning uchun davlat bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro muvofiqlashgan bo‘lishi, o‘rtada samimiy birdamlik, o‘zaro muhabbat va ishonch shakllangan bo‘lishi, maqsadlari bir, manhajlari yakdil bo‘lishi lozim. Xalq davlatni o‘ziniki deb bilishi, davlat o‘zini xalqniki deb bilishi darkor.

Oilaning muhitini ota-ona, darsxonadagi vaziyatni ustoz shakllantirganidek, davlat va xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash tashabbusi va tadbiri ham yuqori qatlam tarafidan amalga oshiriladi. Buning eng ishonchli yo‘li – xalqning dilso‘zlarini eshitish va inobatga olishdir. Ana shunda xalq bilan davlat va uning ramzlari o‘rtasidagi munosabatlar maromiga tushadi. Xalqning o‘z bayrog‘ini sevishi, hurmat qilishi, uning ostida birlashishi ana shunday amaliy choralarni ham taqozo qiladi.

Ilohim, bayrog‘imiz hamisha musaffo osmonimizni to‘ldirib hilpirab turaversin.