Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDI

Islom – ilohiy din, unga o‘xshash boshqa mukammal din yo‘q. Arablarga nozil bo‘lgan deb, dindan yuz o‘girish – biror kashfiyot va ixtiro Amerika yoki G‘arbda bo‘lgani uchun uni tan olmaslik kabi tentaklikdan boshqa narsa emas.


ILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDI

Oxirgi paytlarda ayrim dinsiz kimsalarning «Islom – arablarning dini» degan fikrni singdirishga urinayotgani yoki Islom ahkomlariga amal qilishga harakat qilayotganlarni «arabparast» deyishi quloqqa chalinib qolmoqda. Ko‘pchilik bu yondashuv noto‘g‘ri ekanini bilsa ham, chuqur fikrlay olmaydigan, bilimsiz odamlar bu kabi tumtaraqay gaplarga aldanib qolishi yoki javob topa olmay, ikkilanib qolishi mumkin. Ayniqsa yoshlar bunday buzg‘unchi fikrlardan tez ta’sirlanishi bor gap. Vaqti-soati kelib, odamlar haqiqatni anglab yetar, lekin ungacha juda ko‘p narsa qo‘ldan boy berib qo‘yiladi. Shuning uchun xalqni yot g‘oyalardan asrash – davr talabi, desak xato bo‘lmaydi.

Allohga shukrki, xalqimiz ming to‘rt yuz yildan beri musulmonchilikni mahkam tutib, shu bilan izzat topib keladi. Eng og‘ir damlarda ham ajdodlarimiz iymoniga sodiq bo‘lishdi. Bugun ham yurtimiz musulmonobod mamlakatlardan. Biroq, hozirgi globallashgan dunyoda kelajak avlodni turli tahdidlardan asrash uchun ularda o‘zlikka zarba beradigan har qanday buzg‘unchi fikrga qarshi immunitet shakllantirib borish darkor. Quyidagi satrlar ana shu maqsadga qaratilgandir.

Alloh taoloning hikmati shuki, bandalar bir‑biriga muhtoj bo‘lib, o‘zaro muloqot qilishlari uchun ularga ato etilgan ilm va iqtidorni ularning o‘rtalariga sochib qo‘ygan: kimdadir ilm-texnologiya bor, kimdadir tabiiy boylik bor, kimdadir moddiy, kimdadir ma’naviy yutuqlar... Ular bir‑biriga muhtoj, bir-biridan foyda oladi.

Fan‑texnika, ilmiy ixtirolar davrlar osha turli xalqlar tomonidan rivojlantirilgan. Birida bori boshqasida bo‘lmagan, lekin shu tariqa ilm‑fan umuminsoniy boylikka aylangan. Aqli bor odam bu borada millatchilik qilib o‘tirmaydi, balki bor imkoniyatdan foydalanib qolishga urinadi.

Masalan, lampochka va boshqa ko‘plab ixtirolar muallifi Tomas Edisonni amerikalik ekan deb, noz qilib shamda o‘tirish aqlga sig‘adimi? Yo‘q, albatta. Bu borada, ya’ni ilm va uning mahsulidan foyda olishda millatchilik qilgan kishini hamma bir ovozdan ahmoqlikda ayblashi tayin.

Vahiy bilan ingan ilm, ya’ni din ham aslida xuddi shunday – millat bilmaydi. Tajribiy ilmlarni Alloh O‘zi istagan odamga bildirganidek, vahiyni ham O‘zi istagan bandasiga nozil qiladi. Zotan, Alloh O‘z risolatini qayerga yuborishni yaxshi biladi. Buni muhokama qilishga bandaning haqqi yo‘q. Bandaning ishi – oy-quyoshning harakati to‘g‘ri-noto‘g‘riligini muhokama qilish emas, balki undan unumli foydalanishdir.

Islom – ilohiy din, unga o‘xshash boshqa mukammal din yo‘q. Arablarga nozil bo‘lgan deb, dindan yuz o‘girish – biror kashfiyot va ixtiro Amerika yoki G‘arbda bo‘lgani uchun uni tan olmaslik kabi tentaklikdan boshqa narsa emas.

«Islom – arablar dini», deb og‘iz yirtayotgan soxtakorlarga shunday savollar berging keladi:

Sizningcha, Alloh har bir xalqqa, har bir elatga alohida-alohida din yuborishi kerakmidi?

Xalq, elat o‘zi nimasi bilan ajraladi? Tili bilanmi, yoki qondoshlik bilanmi?

Yoki bir mamlakatning ahli bir millat bo‘ladimi?

Aytingchi, bashariyatni bu me’yorlardan qay biriga ko‘ra din uchun taqsimlash kerak?

Har yili bir nechta til yo‘q bo‘lib, bir qancha yangi tillar vujudga kelishini bilasizlarmi?

Mamlakatlarning chegarasi asrlar osha hamisha o‘zgarib kelganini eshitganmisizlar?

Endi sizlarga ko‘ra, har bir millatga, har bir mintaqaga har asrda yangi din yuborib turilishi kerak bo‘ladimi? Yoki bitta narsaning tarjimasini har bir xalqqa alohida nozil qilish kerakmi?

Ana, ko‘rdingizmi, sog‘lom aql o‘zi buni inkor qiladi. Endi shu dovdirlikni boshqadan talab qilish nimasi?

Bordi-yu, siz istagandek yo‘l tutilsa, aslida bashariyatni birlashtirishni maqsad qilgan din odamlarni ayirishda eng birinchi sababga aylanadi-ku!

Ha, Alloh taolo O‘z dinini qanday yuboradi, kimga yuboradi, qachon yuboradi – O‘zi yaxshi biladi. Bunga bandaning aqli ham yetmaydi, haddi ham yo‘q. Banda aqlini yig‘ib, o‘zining chegarasini bilishi kerak, xolos.

Dunyoni bitta quyosh bilan yoritib qo‘ygan Zot uni ma’nan ham bitta din bilan munavvar etishni iroda qilgan. Bundan boshqa to‘g‘ri yo‘l ham yo‘q.

Shunisi ham aniqki, dinu diyonatda millatchilik qilayotgan janoblar har bir millatga bir din yuborilganda ham uni qabul qilmasligi aniq, chunki ularning shaytoni bunga ham rozi bo‘lmaydi. Bunga ularning o‘tmishdoshlarida misollar juda ko‘p. Masalan, Abu Jahlning iymon keltirmasligiga asosiy sabab nima edi, bilasizlarmi? U: «Muhammad yolg‘on gapiryapti deya olmayman, lekin u Banu Hoshimdan, Banu Maxzumdan emas-da! Shundoq ham hojilarga ular xizmat qiladi, endi din ham ularda bo‘lsa, Banu Maxzumga nima qoladi?» der edi. Banu Hoshim ham, Banu Maxzum ham aslida Qurayshning urug‘laridan edi. Abu Jahl «Mayli, nima bo‘lsa ham, qurayshlik ekan-ku», desa ham bo‘lar edi. Ammo afsuski, urug‘chilik, millatchilik illati uni bunday fikrlashga qo‘ymas edi, chunki shaytoni uni haqdan shu yo‘l bilan to‘sgan edi. Aytish mumkinki, agar vahiy Banu Maxzumdan birortasiga tushganda ham, Abu Jahl uni qabul qilmas edi, «Nega endi vahiy menga emas, amakimning o‘g‘liga tushar ekan?» deb turaverardi, chunki aslida uning nafsi haqqa qarshi edi, urug‘chilikni esa bunga bir bahona qilayotgan edi, xolos.

Bugun Islomning dastlab arab qavmiga tushganidan yozg‘iradiganlar ham ayni Abu Jahlning tabiatidagi, u kabi mutaassib odamlar. Qo‘yib bersangiz, bular har bir shaharga alohida din talab qilishadi. Oqibatlari ham Abu Jahlnikidek bo‘lmasa edi, deb qo‘rqadi odam.

Islom – olamiy din, arablarniki emas. Buni tasdiqlovchi dalillar juda ham ko‘p.

Islom ilk kunlaridanoq butun bashariyat uchun yuborilgan din ekanini, barcha qadimgi samoviy dinlarning merosxo‘ri, tugallovchisi ekanini e’lon qildi.

Islom aynan millatchilikka, qabilachilikka qarshi kurashdi, bashariyat bir ota-onadan tarqagan aka-ukalar ekanini, arabning ajamdan, oqning qoradan ustunligi yo‘qligini e’lon qilishdan charchamadi. Yahudo dinida bo‘lganidek, arablarni alohida oliy irq degani yo‘q. Aksincha, insonning ustunligi faqatgina ilm va taqvoda ekanini bot-bot ta’kidlayverdi. Buni shunchaki xo‘jako‘rsinga qilgani yo‘q, balki amalda ham isbotlab qo‘ydi.

Bir qancha ajam sahobalar bor edi, ammo ularning birortasi biror marta kamsitilmadi. Aksincha, arab sahobalar qolib, Salmon Forsiy ahli baytdan deb e’lon qilindi.

Qiroat imomlarining ham aksari arab emas, ajamlardan bo‘lishgan, yana qullardan bo‘lishgan. Tovus, Ikrima, Nofe’ va boshqa minglab tobe’in ulamolar ham arab irqidan emas edi. Islom olamining birinchi raqamli faqihi Imom A’zam ham ajamlardan edilar. Butun Islom olami bu ulamolarni bugungacha ardoqlab keladi, ularning arablardan chandon ustun martabaga ega bo‘lganiga hech kim e’tiroz bildirmaydi, aksincha, arabu ajam ularni o‘zalariga ustoz biladi va ajamlardan ko‘ra arablar ularni ko‘proq e’zozlaydi. Imom Buxoriy ajam bo‘lishiga qaramay, musulmon ummati u kishini «Hadisda mo‘minlar amiri» deb ehtirom qildi. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy va boshqa minglab ulamolar ilm tufayli arabu ajamga ustoz bo‘lishdi, biroq biror joyda ularning ajamligi ta’na qilinmadi. Muhammad Xorazmiylarning, Ahmad Farg‘oniylarning ajamligi musulmon xalifalar huzurida xos maqomga erishishga to‘sqinlik qilmadi. Bu borada istagancha gapirish mumkin. Xulosa shuki, Islom barcha millatlarni bag‘riga ola bildi va bir xilda rivojlantirdi. Xo‘sh, nega endi biz uni birinchi bo‘lib bizning millatga tushmagani uchun ayblashimiz kerak? (Islom nega birinchi bo‘lib arablarga tushgani haqida alohida ilmiy xulosalar bor, bu alohida mavzu.)

Yana bir mulohaza: arablarga tushgan deb, Islomdan begonasiraydigan kimsalarning biror joyda nasroniylikni yahudiylar yoki falastinliklar dini deganini, hech bo‘lmasa ruslarning dini deganini eshitganmisiz? Axir Iyso alayhissalom ham, u kishining yonidagi ko‘pchilik havoriylar ham falastinlik bo‘lgan, yahudiy millatidan bo‘lgan-ku? Yo‘q, Islomni arablarga nisbat berishga urinayotgan kimsalar odatda boshqa biror din haqida bunday fikr bildirishmaydi, aksincha, «Din – har kimning shaxsiy ishi, har kim o‘zi istagan dinga e’tiqod qilaveradi» deb, yuvosh tortib qolishadi. Nega? Balki bu ularning shaytonlari faqatgina Islom oldida talvasaga tushganidan, boshqasiga parvo qilmaganidandir.

Yevropa xalqlari ham, ruslar ham ommatan nasroniylik dinida. Ular hatto bu dinning dunyo bo‘ylab yetakchiligini talashishadi. Biroq ularning dindorligini hech kim yahudiyparastlik deb aytmaydi, xuddi nasroniylik Yevropa xalqiga yoki ruslarga nozil bo‘lgandek.

Ruslar bir necha yil oldin rus yerlariga nasroniylik dini kirib kelganining 1000 yilligini davlat miqyosida nishonlashdi. Biror inson chiqib, «Bu – yahudiyparastlik!» deb qichqirmadi. Nega? Nima uchun nasroniy ruslarni hech kim yahudiyparast demaydi? Holbuki, ularda maxsus diniy liboslar bor, rahnamolari shu kiyimda yurishi shart, dunyoning qayeriga bormang, diniy peshvolarning libosi ma’lum shaklda. Lekin shunda ham hech kim ularni yahudiyparast deb ayblamaydi, «Yo‘qol Falastiningga», deb haydamaydi.

Aslida qoida o‘zi shunday – dinning millati bo‘lmaydi. Faqat Islomga kelgandagina millatni eslab qolish – noxolislikdan, aldovdan boshqa narsa emas. Falon din falon millatga tushgan deb, shuning uchun uni inkor qilishga uringandan ko‘ra rostini so‘zlab, dinni qabul qilgilari kelmayotganini ochiq aytishsa, shunisi to‘g‘riroq bo‘lar edi.

Islomning olamshumulligini ko‘rsatuvchi dalillardan yana biri shuki, u arablarning birorta milliy narsasini targ‘ib qilmagan.

Islom qaysi yurtga kirib borgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi urf-odat va madaniyatni ma’lum mezon asosida qabul qilgan, tartibga solgan, so‘ng rivojlantirib, kerak bo‘lsa, ommalashishiga ham xizmat qilgan. Buning natijasida umummusulmon madaniyati yuzaga kelgan. Shu bilan birga, musulmon xalqlarning kiyinish, yashash tarzidagi o‘ziga xos milliylik ham saqlangan. Zero, Islom ma’lum bir xalqning madaniyatini, ust-boshini targ‘ib qilish uchun kelmagan, balki umuminsoniy g‘oyalarni tarannum etib, yashash tarzini ilohiy ta’limot asosida tartibga solish uchun yuborilgan. Shuning uchun Islomga kirgan har bir millat o‘z milliy xususiyatlarini shariat qoidalari asosida tuzatib olavergan va saqlay bilgan. Bu bilan musulmon olamining rang-barangligi ta’minlangan. Hozirdagi musulmon xalqlarning har birida o‘ziga xos milliylik mavjudligi so‘zimizga yorqin dalildir. Islom ulamolari jamlangan anjumanni ko‘ring, hamma har tur kiyimda. Bu bag‘rikenglikni boshqa birorta tuzumda yoki dinda topmaysiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z davrlarida bor bo‘lgan kiyimlarni kiyaverganlar. Muhimi – shariatga muvofiq bo‘lsa bas. U zotning shomiy jubba, yamaniy burda, misriy ko‘ylak, habashiy maxsi kiyganlari rivoyatlarda keladi. Vaholanki, u paytlarda bu yurtlar hali musulmon bo‘lmagan edi. U zot o‘zlari uchun qulay liboslarni kiyaverganlar. Islom ma’lum bir kiyimni targ‘ib qilmaganini shundan ham bilsangiz bo‘laveradi.

Islom barcha xalqlarni bag‘riga olgani uchun ham arabu ajam millatlar bir tanu bir jon bo‘lib, bu dinning rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar, Islom tamaddunini butun olamga yoydilar. Shuning uchun Islom juda tez fursatda olamiylashib, dunyoning uchdan ikki qismini egalladi. Bu muvaffaqiyat musulmon xalqlarda takrorlanmasligini istaganlar esa musulmonlar o‘rtasida millatchilik illatini yoyib, ularni parchalashga urinmoqda, ayni vaqtda o‘zlari birlashmoqda. Biroq, sodda odamlar bu kabi hiylalarni payqamay, oldi-qochdi gaplarga aldanib yurgani achinarlidir.

Hozirda boshqa xalqlar aynan islomiy g‘oyalarni maqsad qilish orqali rivojlanmoqda. Masalan, amerikaliklarni oling. Ulardan «Kimsan?» deb so‘rasangiz, millatini aytmaydi, birinchi navbatda amerikalik ekanini aytadi. Ular kuch birlikda ekanini anglagani uchun o‘z jamiyatida mana shu g‘oyani ustuvor qila olishgan. Biz esa musulmonlardan ayri bo‘lishdan ham o‘tib, mahalliychilikka kirishib ketganmiz: anjanlik, tashkentlik, samarqandlik, surxondaryolik va hokazo... To‘g‘ri, har bir millat o‘z milliyligini saqlashi kerak, biroq bu nizolashish, martaba talashish ma’nosida emas, balki go‘zallikni, rang-baranglikni asrash ko‘rinishida bo‘lishi matlubdir.

Xulosa qilib aytganda, ilmning, jumladan, dinning millati bo‘lmaydi. Alloh dinni xohlagan bandasiga nozil qiladi. Kim undan bahra olib, unga xizmat qilsa, o‘ziga foyda. Bo‘lmasa, bu din bilan boshqalar izzat topib, saodat quchib boraveradi. Eng asosiysi, mana shu haqiqatni anglagan ulug‘ ajdodlarimiz manbasi noaniq bo‘lgan aqidalar, xurofot tushunchalar, Forsu Hinddan o‘tgan soxta dinlarni tark etib, ongli ravishda Islomni tanlashgan va juda to‘g‘ri ish qilishgan. Bo‘lmasa, kim biladi, hali ham o‘tga topinib, toshu tutga sig‘inib, jaholat botqog‘ida yurgan bo‘larmidik...

Allohga shukrki, xalqimizni O‘zining so‘ngi va mukammal dini bilan aziz qilib, shu dinning fidoiylaridan, muallimlaridan ayladi. Yurtimiz Islom tamaddunining o‘choqlaridan biri bo‘lib, shu bilan dunyoga tanildi. Ilohim, bu sharaf qiyomatgacha bizni tark etmasin!