
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
UZR, EY ABU JAHL!
«Uzr, ey Abu Jahl, senga ko‘p dashnom beribmiz-u, atrofimizga qaramabmiz, sen bugungi johiliyat kishilaridan ancha insofli bo‘lgan ekansan!»
UZR, EY ABU JAHL!
Hijrat kechasi. Abu Jahl Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘ldirish uchun kallakesarlari bilan birga uyning atrofini o‘rab olib, u zotning chiqishlarini kutib turishardi. Ulardan biri: «Nega uning chiqishini kutib o‘tirishimiz kerak, bostirib kirib, o‘ldirib qo‘ya qolaylik», dedi. Shunda Abu Jahl zarda bilan: «O‘chir uningni, birovning uyiga bostirib kirgani uyalmaysanmi, axir odamlar eshitsa, nima deydi?!» deya tanbeh berdi.
Abu Jahl qanchalar johil, qanchalar berahm bo‘lmasin, u bugungi 21 asrning zamonaviy kishilariga nisbatan ancha mard va vijdonli odam bo‘lgan ekan. Bugun o‘zini madaniyat va tamaddun sohibi deb bilgan insoniyat millionlagan tinch aholi, undan ham o‘tib, kasalxonada yotgan minglab bemorlar ustiga kechani kecha, kunduzni kunduz demay tanklar bilan bostirib kirib, xohlaganini bombardimon qilib, istasa, o‘liklargacha o‘g‘irlab ketmoqda. Yana bu xunrezliklarni chiroyli kostyum-shimlarda dunyoning eng tepa minbarlaridan turib bezrayib oqlab ham turishibdi. Na odamlardan uyalishadi, na o‘zlaridan. Bularni ko‘rib, Abu Jahlni hurmat qilgin kelib qoladi odam. Shu payt xayolga bexos bir jumla inadi: «Uzr, ey Abu Jahl, senga ko‘p dashnom beribmiz-u, atrofimizga qaramabmiz, sen bugungi johiliyat kishilaridan ancha insofli bo‘lgan ekansan!»