Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMISh
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

O‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADI

Bugungi kunda o‘zlikni asrashning eng muhim choralaridan biri - mumtoz adabiyotimizni asl holicha o‘zrganish va avlodlarga o‘rgatishdir. Bu ma’noda Hazrat Navoiyning ijodi asos bo‘lishi tabbiy. Xususan, u kishining ijodi bevosita Qur’onu Sunnat va tasavvuf ma’nolaridan sizib chiqqani bilan yana ham ahamiyatlidir.


O‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADI

YOXUD «KULLIYOT» HAQIDA

Bugungi kunda o‘zlikni asrashning eng muhim choralaridan biri - mumtoz adabiyotimizni asl holicha o‘zrganish va avlodlarga o‘rgatishdir. Bu ma’noda Hazrat Navoiyning ijodi asos bo‘lishi tabbiy. Xususan, u kishining ijodi bevosita Qur’onu Sunnat va tasavvuf ma’nolaridan sizib chiqqani bilan yana ham ahamiyatlidir.

Alisher Navoiy rahmatullohi alayh umrining so‘ngi yillarida barcha asarlarini jamlatib, Kulliyot tuzdirgan. Uni o‘sha paytdagi eng mashhur xattotlaridan Muhammad Darversh yozgan. Hazrat Navoiy asarlarning tartibu tahririni bevosita o‘zi kuzatib borgan, hattot esa nihoyatda mahorat bilan ko‘chirib bergan. Bu to‘plamga Hazrat Navoiyning Mahbubul-qulub nomli asari kirmagan. Bundan tashqari yana ikkita asar ham bor, ammo ularning Navoiyga mansubligi ixtilofli deyiladi. Qolgan asarlar to‘plamda so‘ngi shaklida aks etgan.

Xattot «Kulliyot»ga muqaddima yozish taklifini berganida muallif mashhur «Munojot» asarini shu maqsadda bitgan. Undan keyin «Arba’in», «Sirojul-muslimin», «Nazml-javohir» asarlarini kiritib, keyin To‘rt devon, Xamsa va boshqa asarlarni kiritgan. Kulliyot nihoyatda go‘zal xatda bitilgan bo‘lib, har qanday odamni lol qiladi.

Hozirda Turkiyaning To‘pqopi muzeyida tashkil etilgan Revan kutubxonasida 808 raqami ostida saqlanayotgan bu nusxaga anchadan beri oshiq bo‘lib yurardim. Ushbu kulliyotning fotonusxasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Hamid Sulaymonning sa’y-harakati bilan 1972 yilda olib kelingan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi davlat muzeyi arxivida saqlanadi. «Navoiydan chu topqaylar navoye» kitobini tayyorlash asnosida asarlarni o‘rganish uchun ushbu nusxa asos qilib olingan edi. Biroq, fotonusxa o‘sha davrdagi sharoitda olingan bo‘lgani uchun anchagina xira, asldagi go‘zalliklarni o‘zida aks ettira olmagan. Shu bois, ushbu asarning aslini ko‘rishga qalbda havas turardi. Alloh taoloning fazlu marhamati bilan bugun o‘sha nusxaning go‘yo ayni o‘ziga ega bo‘lgandekman. Sababi - «Kulliyot»ning Turkiyada tayyorlangan dublikati qo‘limga kelib tushdi. U shunchalar asliga muvofiq qilinganki, himoya varoqlariga yanglish tekkan siyoh tomchilari ham asl nusxadagidek aks etgan. Varoqlar, rangu xatning muvofiqligini aytmasa ham bo‘ladi. Bu hadyani kaminaga Quvasoylik mumtoz ahli ilmlarimizdan Olimjon domlamiz yuboribdilar. Juda mamnun bo‘ldim. Alloh u kishini yorlaqab, O‘zi mukofotlasin!

Asardan o‘zim juda zavq olganim bois uning jamolidan ayrim namunalarni sizlarga ham ilindim, ba’zi sahafalirini e’tiboringizga havola qildim. Qo‘lyozma asarlarga qiziqqanlar bir maza qilsin va ajdodlarimizdagi san’atu madaniyatning qanchalar yuksak bo‘lganiga yana bir amin bo‘lsin.

Hazrat Navoiy asarlarining hozirda mavjud to‘plami ham juda katta ilmiy ish bo‘lgan. Biroq, unda asarlar tartibi biroz o‘zgartirilgan. Ehtimol bugungi davr o‘quvchisiga qulaylashtirish uchun shunday qilingandir. Bu ham o‘z yo‘liga yaxshi. Ammo Navoiy asarlarini u o‘zi tartib bergan suratda aynan ashbu nusxa asosida qayta nashrga tayyorlash ham kerak. Ochig‘ini aytganda, hozirda mavjud nashrlar o‘girmasida asl nusxa asosida tuzatish kerak bo‘lgan kamchiliklar ham yetarli. Ushbu ikki vazifani bir qilib Navoiy kulliyoti yaratilsa, navoiyshunoslikda ajoyib bir ilmiy ish qilingan bo‘lar edi. Allohim O‘zi nasib aylasin va bu borada bizga ham munosib hissa qo‘shishni nasib etsin!

Bu e’londan ko‘zlangan yana bir maqsad bor. Olimjon domlamiz mumtoz adabiyotimizni tarannum etish maqsadida alohida bir kanal ochdilar. Bu kanalni boshlashda ayrim maslahatlar ham qilindi. Bugun ancha yurib qoldi. Domlamiz bu borada ajoyib xizmat olib bormoqdalar. Mumtoz she’riyatimizdan duru gavharlar terib olib, bugungi kun libosida ulashmoqdalar. Fursatdan foydalanib, o‘sha kanalni ham sizlarga taklif qilmoqchiman. O‘zingiz va farzandlaringizni bu ma’naviy boylikdan bahramand aylang, foydasi juda katta bo‘ladi. Bunday ilmiy harakatlarni imkon qadar qo‘llab quvvatlash burchimizdir. Bunga ilmiy va yoki boshqa yordam bermoqchi bo‘lganlar domlaga bog‘lanishlari mumkin. Bu borada men ham qo‘ldan kelgancha yordamga tayyorman.