Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

DUNYONING BUGUNGI YUZI

Bir bosqinchi birovning yeriga mehmon bo‘lib kelib, keyin ularning yurtini bosib olib, uylarini buzib, ayolu bolalarni qatliom qilmoqda.


DUNYONING BUGUNGI YUZI

Bir bosqinchi birovning yeriga mehmon bo‘lib kelib, keyin ularning yurtini bosib olib, uylarini buzib, ayolu bolalarni qatliom qilmoqda.

Ulardan biri bu qirg‘inni oqlab: «Biz odam suratidagi hayvonlar bilan jang qilyapmiz», deb baralla aytmoqda.

Yana biri: «Bizning askarlarga hech qanday qonun va ta’qiq yo‘q, ular istaganlarini qilishadi va buning uchun hech kimga javob berishmaydi», deb butun dunyoga e’lon qilib turibdi.

Qariyb 20 yillik qamaldagi xalqqa suv va tokni uzib, ularga hatto oziq-oqvat kelishini man qilib, ularni o‘z yerlarida ochiq osmon ostida zindonga tiqib bir chetdan qirmoqda.

Tinch aholi boshidan bomba yog‘dirib, ularni shaharning boshqa tarafiga ko‘chishlarini aytib, keyin ularni yo‘lda portlatib yubormoqda.

Asosan jarohatlangan ayol va bolalarga to‘la kasalxona ustidan bombalar tashlashdi. Harbiylardan biri ushbu hujumni muvaffaqiyatli uyushtirganlarini hech tortinmay e’lon qilib, o‘z sahifasida yozdi. Ortidan uning bir xo‘jayini chiqib, bombani o‘sha ayol va bolalarning otalari otganini da’vo qilib chiqdi. Shu payt to‘g‘ri xabarni bilmay yozib qo‘ygan zobit darhol o‘z yozganini o‘chirib, o‘zi otgan bomba haqida noto‘g‘ri ma’lumotga suyanib qolganini aytib, uzr so‘radi va xojasining so‘zini tasdiqlab qo‘ya qoldi.

Ularning kirdikorlarini ochib tashlayotgan matbuotlarga ayrim sekulyarlar tarafidan hujum bo‘lmoqda. Bira to‘la vijdonini yeb tashlagan OAVlar minglab odamlar o‘lgan portlash haqida «o‘nlab odam o‘lgani» haqida qo‘rqibgina xabar yozmoqda. Har narsaga musulmonni aybdor qilishga shoshadigan, yasama terrorchilarni chin musulmon deya talqin qilishga oshiqadigan va o‘zidan insonparvar yasab olgan islomofoblar esa mum yutgancha jim. Ha, nega bu xunrezliklar nimaning oqibatida ekanini aytib jar solmayapsiz?

Ayrim xalqlarning mazlumlarga yordam berish u yoqda tursin, ularning dodini eshitishga, bosqinni bosqin, terrorni terror deyishga majoli yo‘q. Dunyoga so‘z erkinligidan dars aytayotgan davlatlar bosqinchining ko‘r-ko‘rona tarafini olishdan tashqari ular haqida haqiqatni so‘zlashga yo‘l bermayotir. Qachon qarama inson huquqlaridan jar solayotgan hukmdorlar esa bosqinchining himoyasida kamarbasta.

Mana sizga bugungi insoniyat! Mana sizga inson huquqlari! Mana sizga so‘z erkinligi! Mana sizga zamonaviy dunyo! Mana sizga g‘arbona mezon! Mana sizga amerikacha hayot!

Ahvol shunday ekan, har bir xalq o‘z ehtiyotini qilishi kerak. Balandparvoz shiorlar, jimjimador gaplarga aldanmang! O‘z kuchingizga suyaning, o‘zgaga takya qilmang!

Yana bir haqiqat shuki, bularning barchasi din-diyonatsizlik va dunyo sevgisi oqibatidir. Dunyo muhabbati insonni ana shunday ko‘r qiladi. Moddiyatga berilish, faqat nafsu havoni hukmron qilish odamni ana shunday rasvo qiladi. Adolatsizlikka ko‘z yumish, yolg‘onchilik inson tabiatini shunday bulg‘aydi. Inson moddiy taraqqiyot bilan emas, boylik bilan emas, iymon bilan inson bo‘ladi. Moddiylashgan dunyo inson ruhiga baxt bera olmaydi.