Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

YOLG‘ONCHILIK ILLATI

Yolg‘onchi hamisha rostdan qo‘rqadi, rostni dushman tutadi, birov rostni aytib qo‘yishidan hadiksirab turadi. U yolg‘onchini do‘st, rostgo‘yni dushman biladi.


YOLG‘ONCHILIK ILLATI

Yolg‘on shunday illatki, u borib‑borib kishining tabiatiga aylanib ketishi mumkin. Bunday odam yolg‘onsiz gapira olmaydi va rostdan ko‘ra yolg‘onga ko‘proq ishongisi kelaveradi. Ko‘zi ko‘rib turgan rostdan shubhalanadi, ammo dunyoning narigi bir chekkasida aytilgan g‘irt yolg‘onni tasdiqlashga shoshadi. Hadisda «Kishi yolg‘on gapiraversa, oxiri Alloh taoloning huzurida kazzob deb yozib qo‘yiladi», deyilganda mana shunday kimsalar va ularning holati nazarda tutilgan bo‘lsa, ajab emas.

Yolg‘onchi hamisha rostdan qo‘rqadi, rostni dushman tutadi, birov rostni aytib qo‘yishidan hadiksirab turadi. U yolg‘onchini do‘st, rostgo‘yni dushman biladi.

Yolg‘onchi yolg‘onni murosasozlik, talabga javob berish, ko‘ngil ovlash, hurmat ko‘rsatish, fitnaning oldini olish, muomala, so‘z erkinligi kabi tushunchalar bilan o‘rashga urinadi. Rostni esa behurmatlik, murosasizlik, fitna, hatto radikalizm, qarshi tashviqot, qonunga zid harakat, hatto terror deb nomlashi ham mumkin.

Yolg‘onchi yolg‘onligini bilib turgan bo‘lsa ham, yolg‘onchilarning so‘zini olqishlaydi. Ammo rostgo‘ylarni turli ayblar bilan jim qilishga urinadi, kerak bo‘lsa, yolg‘on ustiga ularga tuhmat ham qilishdan, turli laqablar qo‘yishdan toymaydi. Nima bo‘lsa bo‘lsin, rost bo‘y ko‘tarmasin, yolg‘oni ochilmasin, deydi.

Yolg‘on shunday yomon dardki, asta‑sekin yolg‘onchining o‘zi ham o‘z yolg‘oniga ishonadigan va uni rost deb e’tiqod qiladigan bo‘lib qolishi hech gap emas. Ishonasizmi, men hayotda o‘z yolg‘oniga chindan ishonib, ko‘z yosh to‘kadigan odamlarni ko‘rganman. Bular yolg‘onchilik dardiga mubtalo bo‘lgan, g‘addorlikda mohir, pastkash kimsalardir. Alloh ularni yolg‘onlari bilan jazolagan va sharmanda qilgandir.

Yolg‘on munofiqlikning eng katta belgisi, fitrat buzilganining alomati sanaladi. Mo‘min hech qachon yolg‘onchi bo‘lmaydi.

Yolg‘onning yomonligi shundaki, u o‘z ortidan yolg‘onlar to‘dasini ergashtirib keladi. Bir yolg‘onning badbo‘yini yopish uchun yolg‘onlar uyumi kerak bo‘ladi. Biroq, shunda ham bir kun kelib haqiqat yana bo‘y cho‘zib chiqib keladi.

Eng dahshatlisi, yolg‘onchining yolg‘oni fosh bo‘lgandan keyin ham yolg‘onda davom etganida yuz beradi. Yillar sayragani turli shiorlar, siyosiy-ijtimoiy iboralar bilan yashirib yurgan yolg‘oni oshkor bo‘lib, avratini berkita olmay qolgach, sharmandaga ko‘cha keng deganlaridek, yolg‘onchilar bir yo‘la yog‘lonni ochiqsasiga kasb qilib olishadi. Ular endi yolg‘ondan uyalmaydi, aksincha, yolg‘onda musobaqalashishadi. Ularga odamiylik, vijdon degan tushunchalar begona, ular faqat moddiy manfaatni taniydi, kuchlini e’tirof etadi.

Yolg‘onchi yolg‘oni oshkor bo‘lgach agar tavba va isloh yo‘lini tutmasa, yolg‘onida yanada chuqurlashishga majbur bo‘ladi. Borib-borib unda or-nomus qolmaydi, iymon qolmaydi, har qanday xorlikni hazm qiladigan manqurtga aylanadi.

Bunday yolg‘onchilar dastidan omonda bo‘lishning bir sharti – Qur’on nasihatiga amal qilib, fosiq va shu toifa kimsalarning xabariga suyanmaslikdir. Bir necha bor butun insoniyatni aldagan toifalarga yana ishonish yolg‘on xor qilganining belgilaridandir.