Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADI

Diniy erkinlik, Allohning shariatiga bemalol amal qila olish eng ulug‘ ne’matlardan ekani Qur’onda alohida eslatiladi. Bunga erishish yo‘li sifatida iymon va solih amal shart qilinadi. Demak, dinimizga amal qilishda qanchalar erkinlik istasak, avvalo qalbimizni, o‘zimizni shunchalar isloh qilishimiz lozim.


ISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADI

Diniy erkinlik, Allohning shariatiga bemalol amal qila olish eng ulug‘ ne’matlardan ekani Qur’onda alohida eslatiladi. Bunga erishish yo‘li sifatida iymon va solih amal shart qilinadi. Demak, dinimizga amal qilishda qanchalar erkinlik istasak, avvalo qalbimizni, o‘zimizni shunchalar isloh qilishimiz lozim.

Ushbu qoidadan kelib chiqib aytish mumkinki, qachon biz dinimizga, qadryatlarimizga nisbatan qarshilik ko‘rsak, aybni faqat tashqaridan emas, avvalo o‘zimizdan ham qidirishimiz kerak. Boshimizga kelayotgan balolar balki qalblarimiz, amallarimiz buzilgani uchun kelayotgandir. Allohning qonuniyati shu ‒ bandalarni bir‑birlari bilan sinaydi va jazolaydi ham.

Boshqalarni qo‘ying, men musulmonman deyayotganlar, muslimaman deya da’vo qilayotganlar Allohning hukmini o‘zimizcha muhokama qiladigan bo‘ldik. Menimcha unday, hozirda bunday, deya aqllilik qilishga urindik. Aslida mo‘min va mo‘mina uchun Alloh hukm qilgandan so‘ng ixtiyor qolmaydi. Shundagina u iymon haqiqatiga yetishadi va uning manfaati ham aslida shunda.

Shariat hukmidan gapirish uchun u haqda ilmiy asosga ega bo‘lish shart, aks holda inson havoi nafsiga tobe bo‘lib qoladi. Shuning uchun shariatdan so‘zlashda qaysidir darajada ijtihod malakasi shart qilingan. Biz esa bunda ham o‘zboshimchalikka erk berdik, chala‑chulpa o‘qib‑o‘qimay shariat hukmidan gapiradigan bo‘ldik...

Bu ishlar yetmagandek, shariat hukmlariga amal qilish ham o‘yinchoq qilib yuborildi. O‘zimizga yoqqan joyini olib, mas’uliyat tushganda, nafsimizga yoqmaganda juftakni roslaydigan bo‘ldik. Qanchadan‑qancha ayollarni ko‘chada qoldirib, tirik yetimlarni ko‘paytirdik, zabardast erkaklarni parchalab tashladik, rostqadlarning qomatini dol qildik. Bunga bizni birov majbur qilgani yo‘q, o‘zimiz shunday qildik, nafslarimiz shuni istadi, xolos.

Biz nafsimiz xohishlarini, o‘tkinchi tuyg‘ularni, moddiy manfaatlarni dinimizdan, iymonimizdan ustun qo‘ydik. Shaytonning vasvasasini Robbimizning buyrug‘idan yaqin oldik, adolatga emas, zulmga moyil bo‘ldik. Keyin esa shu holimizga mutanosib ishlardan yozg‘irmoqdamiz.

Boshqalarni qo‘ying, o‘zini ilmu taqvoda deb bilgan, kerak bo‘lsa, zikru da’vatni do‘ndirayotgan qanchadan‑qancha erkagu ayollarni ko‘rdim, nafsiga yoqmasa, har qancha oyatu hadisni, dalilu fatvoni bir tiynga olmay turaveradi. Aslida imtihon ayni shunda, itoat shunda ko‘rinadi, bandalik shunda namoyon bo‘ladi, biroq, qalblar tarbiya topmagani va iymon zaif uchun banda amalga o‘zida kuch topa olmaydi. Zohir musulmonlik esa juda oson. Zikru ibodat ham qiyin emas. Eng og‘iri nafs jihodidir.

Erkakning oilada rahbarligi mutasaddilik ekanini, ayolning eriga itoati ibodat ekanini unutdik. Alloh buyurgan erlik burchidan qochishga, ayollik vazifasini or bilishga o‘tdik. Alloh va Rasulining so‘zini qabul qilmay, qandaydir psixloglarning maslahati biz uchun aziz bo‘ldi. Natija esa tayin: bandalarga yukunganlar bandalarga banda bo‘lishga mahkumdir.

Alloh taoloning shariati ikki dunyo saodatining kalitidir. Unga Yaratguvchimiz emas, biz muhtojmiz. Biz bu baxtga musharraf bo‘lish uchun uni to‘lig‘icha qabul qilishimiz, uni chin qalbdan istashimiz, hatto nafslarimiz ham shuni qo‘msashi va bu yo‘lda qo‘limizdan kelganicha amalda bo‘lishimiz lozim. Bularning barchasi avvalo o‘zimizni tuzatishdan, bu esa qalbimizni isloh qilishdan boshlanadi.

Qalbni tuzatish, nafs tarbiyasi o‘ta qiyin bo‘lishi bilan birga, juda ham samaralidir. Kishi nafsga zid yurib bir nafasda bir necha yillik ibodatu riyozatning savobu darajasiga ega bo‘lishi, ozgina amaldan ko‘plab baraka topishi mumkin. Ayrim hikoyalarda kelganidek, birgina amal bilan avliyolik maqomiga yetishish ham hech gap emas.

Jamiyatimiz isloh bo‘lishini istar ekanmiz, islohni avvalo o‘zimizdan, oilamizdan boshlashimiz darkor. Porani qoralab turib o‘zimiz pora bilan ish bitirish payida bo‘lsak, hech qachon poraxo‘rlik bartaraf bo‘lmaydi. Ilmga targ‘ib qilib, o‘zimiz ilmning ziddiga yursak, hargiz ilm rivojlanmaydi. O‘zimizni isloh qilish albatta qalbdan boshlanadi, zero, amallarning manbasi u.

Kelajagimiz tom ma’noda porloq, avlodlarimiz salohiyatli, zamonalari biznikidan yaxshi bo‘lishini istasak, ularning ham avvalo qalblarini, mafkuralarini to‘g‘ri tarbiya qilishimiz lozim. Ularning jismoniy ozuqasi va salomatligiga qanchalar e’tibor bersak, ruhan sog‘lomligi, iymoniy kamolotiga ham shuncha, balki undanda ziyod e’tibor berishimiz, bu yo‘lda tinimsiz mehnat qilishmiz lozim. Aks holda ularning jismi bizdan bo‘ladi‑yu, ruhan boshqalarning avlodi bo‘lib ulg‘ayishadi, keyin ular bizniki bo‘lmaydi, aksincha, bizga yov bo‘lishi ham hech gap emas. «Sopi o‘zidan chiqibdi», deb shunga aytishadi.

«Farzand ota‑onaning siri», deyiladi. Avlodlar salohiyatini istasak, faqat zohirni emas, avvalo botinni, aynan qalbni isloh qilish darkor. Kelgusi avlodning kamoloti bizning qalbimizga, nafsimiz pokligiga bog‘liqdir.

Bugungi kunda o‘zlikni asrash juda ham murkkab. Bunday vaziyatda ogohlikni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. Odamlar o‘rtasida turli kasallik viruslari tarqaganda o‘zingizni va oilangizni qanchalar ehtiyot qilgan bo‘lsangiz, ma’naviy viruslar qarshisida ham xuddi shunday himoyada turish va yanada hushyor bo‘lish lozim. Bu borada biz yaqin o‘tmishimizdagi mard ajdodlardan o‘rnak olishimiz kerak. Ularning mehnatlari sababidan biz mustabid tuzumdan qutulib, bugun ozmi‑ko‘p o‘zligimizga ega bo‘lib turibmiz. Ushbu o‘zlikni asrab, kelgusi avlodga to‘kis yetkazish endi bizning burchimiz, bu yo‘lda biz ham qo‘limizdan kelgan harakatni izchil bajarishimiz darkor. Bu borada har kim o‘z imkoniyatidan mas’uldir.

Hech bir haqiqatga ilm nurisiz erishib bo‘lmaydi. Qalblar isloh bo‘lishi, nafs tarbiya topishi, amallar rost bo‘lishi uchun ilm‑ma’rifatdan boshqa najot yo‘q. Ilmga amal esa avvalo o‘z shaxsimizda, so‘ng esa atrofimizdagi nafsu shaytonga qarshi kurash bilan yuzaga chaqadi. Bu imtihonni xatlab o‘tib bo‘lmaydi.

Bularni yozishdan maqsad birovlarni ayblash yoki odamlarni o‘z haqqini talab qilishdan sovutish emas. Balki, ushbu qisqa satrlar orqali ko‘pchilik ehtimom bermayotgan nuqtaga ‒ islohni qalbdan, o‘zimizdan boshlashga e’tibor qaratish va bundan keyingi hayotimizga bugungi vaziyatdan ibrat olish nazarda tutildi. Biror yaxshilikka sabab bo‘lsa, ajab emas.