Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

QISSADAN HISSA

Qur’oni karimda Falastin fathi haqida Baqara surasida ajoyib oyatlar bor. Oldin bu oyatlarni yuzlab marta o‘qigan bo‘lsam ham, tafsirlarini ko‘rgan bo‘lsam ham, bunchalik tushuna olmagandim. Bugungi hodisalar ushbu oyatlarni yanada teran anglashga yordam bermoqda. Bu qissa xuddi bugun nimalar qilish kerakligini uqtirgandek.


QISSADAN HISSA

Qur’oni karimda Falastin fathi haqida Baqara surasida ajoyib oyatlar bor. Oldin bu oyatlarni yuzlab marta o‘qigan bo‘lsam ham, tafsirlarini ko‘rgan bo‘lsam ham, bunchalik tushuna olmagandim. Bugungi hodisalar ushbu oyatlarni yanada teran anglashga yordam bermoqda. Bu qissa xuddi bugun nimalar qilish kerakligini uqtirgandek.

Qissa quyidagicha:

Yurtdan quvilgan o‘sha vaqt musulmonlari – Banu Isroil o‘z davrlaridagi payg‘ambardan o‘zlariga podshoh saylab berishni so‘raydi. Manbalarda Payg‘ambarning ismi Samuil yoki Shamuil bo‘lgani aytiladi. Payg‘ambar ularga: «Alloh sizlarga jangni farz qilsa, keyin sizlar qochib ketsangiz-chi?» deydi. Ular bunday qilmasliklarini ta’kidlashadi. Biroq, ularga jang farz qilinganda ko‘pchiligi yuz o‘girib, faqat ochilik ilohiy amrga bo‘ysunadi. Payg‘ambar ularga Tolut degan bir oddiy odamni podshoh qilib saylaydi. Banu Isroil: «Qanday qilib u bizga podshoh bo‘ladi, axir u podshohzoda emas va boy ham emas-ku», deb e’tiroz bildiradi. Payg‘ambar: «U ilm va jismda sizlardan ustun, shuning uchun Alloh uni tanladi», deydi. Qavm bunga dalil so‘raydi. Dalil sifatida Muso va Horun alayhissalomlarning tabarruk narsalari solingan sandiqni farishtalar keltiradi.

Banu Isroil Tavrot sahifalari, Muso va Horun alayhissalomlarning ayrim usti-boshlari va yodgorliklarini bir sandiqda saqlar, qachon jang bo‘lsa, o‘shani oldingi olib chiqishar va g‘olib bo‘lishar edi. Qur’on ta’biri bilan aytganda, bu sandiqda ular uchun sakinat, hotirjamlik bor edi. Fisqu fujurga berilib ketishganda Alloh taolo ularga budparast amoliqalarni g‘olib qilib qo‘yadi va ular tobutni o‘lja qilib olishadi. Shundan keyin Banu Isroil janglarda mag‘lub bo‘la boshlaydi. Ularga g‘alaba payti kelganda o‘sha tobut yana qaytarildi va buni dushmandan o‘zlari olishlari imkonsiz edi, farishtalar yetkazib berishadi.

Yo‘lda tashnalik bilan imtihon qilinishadi va bu imtihondan jangchilarning ozchiligi o‘tadi va o‘sha ozchilik sabru duolar bilan dushmandan g‘olib bo‘lib, Quddusni fath qilishadi. Qissaning to‘liq shaklini mazkur oyatlar va ularning tafsiridan to‘liq o‘qib olish mumkin. Men esa undagi ayrim nuqtalarga to‘xtalmoqchiman:

  1. Qavm har doim, xususan, qiyinchilik paytida o‘zicha ish qilmay, chin ahli ilmlardan maslahat olishi lozim. Boshqalarning qarashlari ko‘pincha moddiy sabablar bilan cheklanadi, ammo ulamolar ma’naviy omillarni ham hisobga ola biladilar. Bu juda ham muhim va hamisha o‘zini oqlab kelgan ish. Shariat ilmlarini chuqur bilgan kishi hayotni ham juda teran tushunadigan bo‘lib qoladi.

Qavm g‘alaba molu mulkda degan tushunchada edi. Payg‘ambar esa g‘alaba quvvatda va ilmda ekanini ta’kidladi. Shu bois, aslzodalardan emas, oddiy xalq ichidan Tolutni tanladi.

Demak, taraqqiyot va g‘alabaga erishish uchun har bir ishni o‘z mutaxassisiga topshirish, kim bo‘lsa ham, chin iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash kerak ekan.

Bu yerda ilm so‘zi moddiy va ma’naviy narsalar ilmini o‘z ichiga oladi.

  1. Nima uchun jangda Payg‘ambar o‘zi bosh bo‘lmadi? Chunki unda diniy ilm bor edi-yu, harbiy-siyosiy ilm, jismoniy quvvat yo‘q edi. Demak, har bir ishda Alloh joriy qilgan sabablarni ishga solish kerak ekan. Shu bois, ishni o‘z mutxassisi qilishi lozimligi uqtirildi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam kabi har jihatdan komillik hamma payg‘ambarlarda ham bo‘lmagan.

  2. Muqaddas zamindagi urushda g‘olib bo‘lgan qavm muqaddasotlarni ulug‘laydigan, tabarrukni e’tirof etadigan kishilar bo‘lgan ekan. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat ham bor.

Tarixga nazar solsak, Islom kelgandan keyin Falastinni Umar roziyallohu anhu fath qilgan bo‘lsa, u kishi u yerda Nabiy sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qigan, me’rojga ko‘tarilgan joylarni aniqlatib, u joylarga namozxona barpo qilgan edi.

Shom fathida Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini doim do‘ppisiga qistirib olib yurardi. Bir jangda dubulg‘asi yo‘qolganda uni topishni qattiq talab qilib turib oldi. Odamlar: «Bo‘pti endi, dubulg‘a qurib ketibdi, boshqasini kiyib olaversangizch-chi», deyishdi. Shunda Xolid roziyallohu anhu: «Yo‘q, u dubulg‘adan boshqasi menga kerak emas, uning ichidagi do‘ppimda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sochlari bor, menga o‘sha narsa kerak», deydi va do‘ppini toptiradi. Ana o‘sha muborak soch hozirgacha u kishining avlodlarida meros bo‘lib keladi.

Keyingi fotih Salohiddin Ayyubiy ham ahli sunna, ya’ni ash’ariy va ahli tasavvuf bo‘lgan. Tabiiyki, muqaddasotlarga nisbatan o‘zgacha ehtiromda bo‘lgan. Bugun ham Falastindagilar saloti noriya va tasavvuf ahlida urf bo‘lgan boshqa zikrlarni-da qilishmoqda. G‘azzada «Al-Azhar»ning shu’basi borligidan ham kerakli xulosa olsa bo‘ladi.

Xullas, Islom ummatida bugun ahli sunna aynan shu an’anani o‘z o‘rnida, me’yorida saqlab kelmoqda. Demak, Alloh taoloning xos inoyati ahli sunnaga bo‘ladi va Falastinda ham ular g‘alaba qozonadi.

Bid’atofobiyaga chalingan bid’atchilar esa tabarruk haqida gapirsangiz, darrov baqir-chaqir qilib jar solishni boshlaydi. Aslida tabarruk mavzusi Qur’on va hadislarda ochiq bayon qilingan bo‘lib, avvalgi ummatlar g‘alabaga erishishda bundan foydalangani tafsirlarda zikr qilingan. Zero muqaddasotlarga ehtirom bilvosita Alloh taoloni ulug‘lashga kiradi. Ammo zohirparastlar buni anglamaydi. Ular bugun ham Quddus uchun jang qilayotgan kishilarni telva-teskari gaplar bilan ayblab o‘tirishibdi. Biri: «Quddusda namoz o‘qishimiz farzmas», desa, yana bittasi: «Quddus uchun jang qilinmaydi, Alloh uchun qilish kerak», deb dars aytmoqda. Bular bu ketishda ertaga birortasi kelib Ka’bani buzib tashlasa ham yoki Ravzai sharifani payxon qilsa ham: «Biz Allohgagina ibodat qilamiz, U Zot o‘lmaydi, hamisha tirikdir», deb masala to‘qib o‘tiraverishi hech gapmas. Yer yuzidagi muqaddasotlar bevosita Alloh taologa bog‘liq narsalar ekanini fahmlashga esa zohirparastlik mone’lik qiladi. Qalbida muqaddasot tushunchasi bo‘lmaganlarda asta-sekin diniy qadryatlar yo‘qqa chiqib boraveradi. Mana shundan ham bu manhaj qanchalar xatarli va rejali ekanini bilsangiz bo‘ladi.

  1. Tashabbuskor ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo haqiqiy yaroqli kishilar kam bo‘ladi va o‘shalar muvaffaqiyat topadi. Payg‘ambarga jangga chiqaylik deganlarning ko‘pi keyin tisarilib qoldi, borganlarning ham ko‘pchiligi tashnalik imtihonidan o‘ta olmadi. Natijada urushga juda oz jamoa qoldi va Allohning izni bilan ana o‘shalar g‘olib bo‘ldi. Zero, Alloh taoloning xos nusratu ma’unatiga ana shunday komil mo‘minlargina sazovor bo‘ladi.

  2. G‘alaba adadda emas ekan. Alloh qo‘llasa, ozchilik ham g‘olib bo‘lishi mumkin. Bunga tarixdan misollar juda ham ko‘p. Bugungi kun hodisalari ham bunga yaqqol misol bo‘lmoqda.

  3. Tarixdan ma’lumki, musulmonlar qachon Alloh taologa yuzlansa, o‘shandagina Muqaddas zaminga ega bo‘lganlar, Undan uzoqlashganda bu yerlarga zolimlar hukmronlik qilgan. Bugun ham ummat o‘zligiga qaytgandagina zafar unga qaytadi. Isro surasi oyatlari bu haqiqatni ochiq bayon qilgan.

Mazkur qissadan yana ko‘p foydalar olish mumkin, biroq men hozir yodimga kelganlarini sizlarga havola qildim, xolos.