Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYA
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

INSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAK

Alloh insonga shunday ruh berganki, uni aldab bo‘lmaydi va uni moddiyat bilan egallash imkoni ham yo‘q. Shuning uchun ham ruhi tirik har qanday odam, har qanday jamiyat go‘zal xulq, odamiylikka oshufta, ma’naviy olamga talpinadi. Bugun falastinliklarning sabotini ko‘rib Islomga kirayotganlar so‘zimizning yaqqol misolidir.


INSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAK

Chikago universiteti ustozlaridan, siyosiy fanlar professori Jon Mirshaymer ta’kidlashicha, jahon afkor ommasida Isroilga qarshi kayfiyat keskin ortgan. Joriy yilning 7‑13 oktyabr kunlari olib borilgan so‘rovnomalarda dunyo xalqarining 69% falastinliklarni, 31% Isroilni qo‘llab‑quvvatlagan. 13 oktyabrdan 25 noyabrgacha Falastinni qo‘llovchilar 95%ga ko‘tarilib, dunyoda faqat 5% odam Isroilning tarafida. Bu esa Isroilning xalqaro miqyosda juda katta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini, yillar qilgan mehnati bir zumda habata bo‘lib, ko‘zlagan maqsadlariga teskari natijalarga mubtalo bo‘lganini bildiradi.

Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu xulosalar muallifi Jon Mirshaymer dunyoda siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik sohalari bo‘yicha eng yetakchi va mashhur shaxslardan hisoblanadi.

Bu xabarni boshqalar ham aytayotgan bo‘lsa kerak. Biroq men shunchaki xabar yetkazmoqchi emasman. Ta’kidlamoqchi bo‘lganim shuki, dunyoda hamma narsani pul bilan, kuch bilan, tashviqot bilan hal qilsa bo‘ladi, degan kimsalar adashadi. Odamni hayvondan bo‘lgan degan xayol bilan ish tutadigan dahriylar kun kelib orzulari sarobga aylanganiga o‘zlari guvoh bo‘lishdi va yana shunday bo‘laveradi. Sababi ‒ Alloh taolo bashariyatni ma’naviyat sohibi etib yaratgan va Uning yaratganini boshqasi o‘zgartira olmaydi.

Alloh insonga shunday ruh berganki, uni aldab bo‘lmaydi va uni moddiyat bilan egallash imkoni ham yo‘q. Shuning uchun ham ruhi tirik har qanday odam, har qanday jamiyat go‘zal xulq, odamiylikka oshufta, ma’naviy olamga talpinadi. Bugun falastinliklarning sabotini ko‘rib Islomga kirayotganlar so‘zimizning yaqqol misolidir.

Hozirda ba’zi davlatlar moddiy manfaat uchun axloqdan, insoniylik me’yorlaridan voz kechmoqda. Buning badali hali qimmatga tushadi. Odatan ma’nan orqaga ketgan xalqlar moddiy tarafdan ham yutkazadi. Aksincha, to‘g‘rilik va ma’naviyat sohiblari esa iqtisodiy jihatdan ham o‘sib boraveradi.

Mustabid tuzumlar odamlarni hayvoniy hirslarga mubtalo etish, moddiy qaram qilish orqali xalqlarni insoniylikdan mosuvo etishga, hayvon kabi itoatgo‘y qilishga urinib keladi. Biroq Alloh taoloning irodasi barcha xohishlardan ustun, U yaratgan inson yana ma’naviyat oshig‘i bo‘lib qolaveradi.

Amerikada iqtisod qanchanalar muhim o‘rin tutmasin, moddiyatga qanchalar katta e’tibor berilmasin, insoniy jamiyat ma’naviyatsiz bo‘la olmasligini bilganidan jamiyatshunoslar buning tashvishin qilmoqda. Zotan, moddiyat hech qachon o‘zlikni ifoda eta olmaydi va davlat har qancha dunyaviylashmasin, axloqiy me’yorlarni inobatga olishga majburdir.

Qaysi bir jamiyat o‘zini tutib turishni, kuchli bo‘lishni, yuksalishni istasa, ma’naviyatga e’tibor berishi, adolatli bo‘lishi shart. Ma’naviyatning moddiy olam farovon bo‘lishida ham o‘rni katta. Faqat bu haqiqatni moddiyat pardasi ko‘zini ko‘r qilgan kimsalargina payqamasligi mumkin. Tarixda moddiy taraqqiy etgan davlatlar emas, ma’naviy yuksalgan xalqlar uzoq yashagan va o‘zidan yaxshi iz qoldirgan. Bunga bugungi dunyo ham ochiq guvoh. Yashasak, yana ko‘ramiz.