Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMISh
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

O‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!

Agar ixlosli musulmonlar o‘zlaridagi internet tarmoqlariga-da o‘zlari ega bo‘lganlarida, boshqalar ularni dunyodan uzib qo‘ya olmas, agar uzsa, birovlarga yalinmay, o‘z kishilariga murojaat qila olar edilar.


O‘zingniki bo‘lishiga nima yetsin?!

Sal kam bir oy bo‘lyaptiki, G‘azzaga suv, taom, tok to‘sib qo‘yilgan. O‘sha sharoitda ham musulmonlar sabru iymonda, kurashda davom etishdi va holatni butun olamga uzatib turishdi. U yerdagi vaziyatdan hamma boxabar bo‘lib, qilinayotgan vahshiyliklardan dunyo bo‘ylab norozilik ortgani va boshqa sabablar bois dushmanlar kuni kecha G‘azzaga internet tarmog‘ini ham uzib qo‘yishdi. Shu bois ijtimoiy tarmoq faollari Ilon Maskdan G‘azzaga internet tarmoq uzatishini so‘rab murojaat qilishdi. U bu talabga ijobiy javob berishga harakat qilishini aytibdi. Balki yordam berar. Biroq, gap shundaki, G‘azza ahliga fazoviy ko‘maklashishga shundan boshqa odam topilmagan. Qarang, Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 60 ga yaqin davlat, 2 mld musulmon o‘zlari uchun shu kungacha birorta fazoviy tarmoq yaratmabdi, dasturlar ishlamabdi. Bugun esa boshqalarga yalinib, o‘shalarning og‘ziga qarab o‘tiribdi. Bu hol Islom ta’limotlariga zid, siyratga xilof, hayot qonuniyatlariga tersdir.

Agar ixlosli musulmonlar o‘zlaridagi internet tarmoqlariga-da o‘zlari ega bo‘lganlarida, boshqalar ularni dunyodan uzib qo‘ya olmas, agar uzsa, birovlarga yalinmay, o‘z kishilariga murojaat qila olar edilar.

Qariyb yarim asrdan beri dunyoning turli mintaqalarida turli qurolli harakatlarga berilgan dindor yoshlar ilm-fan sohasida jihod qilganlarida, hech shubhasiz, ummat uchun ko‘proq foyda keltirgan bo‘lishardi.

To‘g‘risi, men o‘zim zamonaviy jihozlardan keng foydalansamda, internet tarmoqlarini hamisha ishlatsamda va ularning haqqini to‘lab qo‘ygan bo‘lsamda, bu narsalar musulmonlarniki bo‘lmagani uchun ularni ishlatib yayray olmayman. Qani edi musulmon fizik va matematiklarimiz, o‘zbek olimlarimiz mana shu kabi ishlarga munosib hissa qo‘shishsa. Qani endi shu narsalar o‘znimizniki bo‘lsa...

Hali ham kechmas, odam qilgan ishni odam qila oladi, yoshlarimiz zamona ilmlarini yaxshi o‘zlashtirib, ummatni hech bir jabhada boshqaga muhtoj bo‘lmaydigan holatga olib chiqishga erishsalar, mana shu haqiqiy sunnatga va siyratga muvofiq ish bo‘ladi. Sharti - bu ilmlarni dinining evaziga yoki o‘zlikdan kechib emas, balki iymonu axloq asosida o‘zlashtirish lozim. Mana shunda ular boshqalarga bo‘lmagan ilohiy ma’unatga ham musharraf bo‘ladilar.

Odamlarimizda bir tushuncha bor, har qancha qulay bo‘lmasin, ijara uyga uncha qiziqishmaydi, kamtarona bo‘lsa ham, o‘z uyim bo‘lsa deymiz, chunki mana shunda hotirjamlik, erkinlik tuyamiz. Juda to‘g‘ri va tabbiy tuyg‘u. Xuddi shu kabi, boshqa iste’mollarimizda ham o‘zimiz ishlab chiqaruvchi bo‘lmas ekanmiz, qaramlikdan qutila olmaymiz. O‘zingniki bo‘lganiga nima yetsin?!