
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ZULM – ZULMATDIR
Necha ming yillik bashariyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, hech qachon zulm uzoq yashamagan va yashamaydi ham, yasholmaydi ham. Dunyo qonuniyati shunday, borliqni yaratgan Zot shuni iroda qilgan.
ZULM – ZULMATDIR
Necha ming yillik bashariyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, hech qachon zulm uzoq yashamagan va yashamaydi ham, yasholmaydi ham. Dunyo qonuniyati shunday, borliqni yaratgan Zot shuni iroda qilgan.
Biroq, bu imtihon dunyosi tabiati zulmga vaqti-vaqti bilan imkoniyat berishni ham taqozo qiladi, toki kim zulmga yon bosib zolim bo‘ladi-yu, kim zulmni inkor qilib, unga qarshi turadi, mana shuni qaydlash uchun Alloh zolimga ham muhlat beradi. Dunyoda insonlarning eng katta imtihoni mana shunda.
Bu sinov ham o‘tkinchi, biroq, undan har kim niyati va amaliga qarab turlicha unvon bilan chiqadi: kimdir «zolim», kimdir «zulmga ko‘makchi», kimdir «zulmga rozi» va yana kimlardir «mazlum» yoki «mazlum homiysi»...
Siz hech yo‘q «zulmga norozi» yoki «mazlumga tarafdor» degan natijaga ega bo‘lishga urining, aks holda, zulmga rozilik ham zulm va zulm dunyou oxiratda zulmat bo‘ladi. Zulm dunyoda qalbingizga, oilangizga, hayotingizga zulmat keltirsa, oxiratda u sizni zulmatlar ichra do‘zaxga ravona qiladi.
Agar siz zolim yoki mazlumlikdan birini tanlashga majbur bo‘lsangiz, mazlum bo‘lishni tanlang, mana shunisi yaxshidir. Zero, zulm dunyo va oxiratda zulmatdir.