
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
TARIX OMONATDIR (1-QISM)
Aslida shu bilan kifoyalansam ham bo‘lardi. Biroq, shu bahona tarix haqida ayrim fikr‑mulohazalarni sizlarga yetkazish maqsadi ham borligi, qolaversa, o‘sha shovshuvli videodagi bir qator nuqtalarga to‘xtalib o‘tish zarurligi uchun yana ba’zi satrlarni qoralashni lozim topdim.
TARIX OMONATDIR (1-QISM)
Bismillahir Rohmanir Rohim
«Zid va o‘xshashlardan oliy Allohga hamd bo‘lsin! Maxluqotlarning eng yaxshisi Muhammad Mustafoga va u zotning hidoyatu haqning imomlari bo‘lgan axli‑oilasiga salavot bo‘lsin!
Alloh taoloning xaloyiq manfaatlari borasidagi nozik tadbirlaridan va barcha yaratmishlariga bo‘lgan ulug‘vor ne’matlaridan biri shuki, O‘z olamida hech bir zamonni odil rahbardan xoli qilmaydi. Kulfatlarda, noxush hodisalarda, balo‑ofatlar yetganda pusht‑panoh tutishlari, ishlar chalkashganda murojaat qilishlari uchun uni (odil rahbarni) xalqlar uchun omonlik manbai qilib qo‘yadi. Uning (ya’ni odil podshohning) istinboti (ijtihod ila xulosa olishi) bilan olamning nizomi oyoqda turadi, tutqichlari bardavom bo‘ladi. Odil rahbarga suyanishlari ularga (odamlarga) farz qilingan bo‘lib, bu bilan oxirat savobiga ham erishiladi va bu Alloh subhonahuga itoat, Uning Rasuliga itoatdan hisoblanadi. Bu esa haq va adolatli Zotning so‘ziga ko‘ra bo‘lib, Uning so‘zi uzil‑kesil hal qiluvchidir:
«Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Uning Rasuliga itoat qiling va o‘zlaringizdan bo‘lgan ish boshilarga ham» (Niso surasi, 59‑oyat)».
Alloma Muhammad ibn Ahmad Beruniy al‑Xorazmiy.
Ushbu hamdu sano va kirish so‘zi Abu Rayhon Beruniy rahmatullohi alayhning «Al‑Osorul‑boqiya» kitobining muqaddimasidan olindi.
Aslida shu bilan kifoyalansam ham bo‘lardi. Biroq, shu bahona tarix haqida ayrim fikr‑mulohazalarni sizlarga yetkazish maqsadi ham borligi, qolaversa, o‘sha shovshuvli videodagi bir qator nuqtalarga to‘xtalib o‘tish zarurligi uchun yana ba’zi satrlarni qoralashni lozim topdim.