Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TARIX OMONATDIR (4-QISM)

O‘zbek tarixchisi g‘arb va rus adabiyotlarini o‘rganish bilan birga, arab va fors tilini bilmasa, tarix haqida xulosa qilishga haqqi yo‘q. Podkastdagi suhbatdoshlarning eng katta kamchiligi va barcha xatolarining sababi ham shunda, ular nomusulmonlarning fikrlari ta’sirida qolib ketgan, asl manbalardan bahra olmagan.


TARIX OMONATDIR (4-QISM)

  1. O‘zbek tarixchisi g‘arb va rus adabiyotlarini o‘rganish bilan birga, arab va fors tilini bilmasa, tarix haqida xulosa qilishga haqqi yo‘q. Podkastdagi suhbatdoshlarning eng katta kamchiligi va barcha xatolarining sababi ham shunda, ular nomusulmonlarning fikrlari ta’sirida qolib ketgan, asl manbalardan bahra olmagan.

Ko‘pincha sharqshunoslar imom Tabariydan yoki imom Zahabiydan iqtibos keltirishadi. Manbalarni sahifasigacha qayd qilganini ko‘rgan odam ularning so‘zlariga to‘liq ishonadi. Biroq, agar qunt qilib asl manbaga murojaat etilsa, ko‘pincha voqea to‘g‘ri berilgan‑u, talqin buzuq bo‘lganini ravshan bo‘ladi. Yurtimizga ilk Islom kirib kelgan asrlar va so‘ngi xonliklar davriga oid tariximiz borasida bitilgan asarlarda ham bunga misollar ko‘p.

Aniqki, Baxtiyor ham, uning sherigi ham na Ibn Sinoning kitobini, na Beruniyning kitobini bevosita o‘z asl tilida o‘qigan. Ularning tariximiz haqida gapirayotgan hamma so‘zlari birovlarning xulosasi. Bo‘lganda ham, ko‘pi mustamlakachilarning fikrlari. Bunday ko‘chirmachilar hech qachon haqiqiy tadqiqotchi sanalmaydi. Kamiga ana o‘sha g‘arazli fikrlarni bor haqiqat deb uqtirishlari ortiqcha. Undan ham o‘tib, o‘zi hali biror kitobini asl tilida o‘qib tadqiq etmasdan muallifi haqida, bo‘lganda ham, eng nozik jihati ‒ iymoni masalasida valdirash so‘zlovchining qanchalar mas’uliyatsiz, befarq ekanini bildiradi. Tadqiqotchi bunday bo‘lmaydi.

Rus tarixchilari ichida eng xolisi V. Bartold bo‘lsa, u ham ayrim noxolis fikrlar aytganini yoki fikrlari ba’zan ma’lum mafkuraga bo‘ysundirilganini ko‘rish mumkin. Men ularning asarlaridan umuman foydalanmaslik kerak, ularning hamma fikrlari xato, demoqchi emasman. Balki mutaxassislik maqomini kasb etmoqchi bo‘lgan odam ularning xulosalarini o‘rganish bilan birga, ajdodlarimiz, musulmon tarixchilar yozgan asarlarni ham bevosita o‘zi o‘qib, tadqiq etadigan darajada salohiyatga ega bo‘lishi darkor. Aks holda, tariximiz haqida xulosa aytishga o‘zini to‘laqonli haqdor bilmasligi lozim.

  1. Musulmonlar ilm‑fanga hech qanday hissa qo‘shmaganu, faqat Yunon faylasuflari va Fors majusiylarining asarlarini tarjima qilishgan, degan fikrni ilgari surish o‘sha noxolis g‘arbliklarning uslubidir. Suhbatda mana shu fikr ham sizdirilgan.

Aslida ilm‑fan bashariyatniki, uni xalqlar davrlar osha qo‘lma‑qo‘l qilib, rivojlantirib, bir‑biriga uzatib kelgan. Masalan, oddiy yozuvni oling, dastlab qadimgi Misrda iyeroglif shaklida boshlangan bo‘lsa, keyin uni Batrodagi (Petra) nabatiylar rivojlantirgan va butun dunyoga yozuv shundan tarqagan. Biroq, u Sharqda o‘ziga xos, G‘arbda o‘ziga xos taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Shu bois, yozuv ixtirosini bitta xalqqa cheklash xato, balki u G‘arbu Sharq xalqlarining asrlar osha bir‑birlaridan olgan ilmlarini rivojlantirishi natijasida yuzaga kelgandir.

Bu xuddi mukammal qilib qurilgan muhtasham binoga o‘xshaydi. Kimdir unga chuqur kovlagan bo‘lsa, kimdir loyini qorigan. Kimdir poydevorini, yana boshqasi devor yoki tomini ko‘targan. Kimlardir uning eshik‑komini, yana kimlardir bo‘yog‘u chirog‘ini qo‘ygan. Uyning binosini bir kishiga nisbat berib bo‘lmaganidek, ilm‑fan yutuqlarini ham bir soha kishilariga yoki bir davr yoxud ma’lum mintaqa vakillariga cheklash adolatsizlik hisoblanadi.

Ilm‑fan ham umumbashariy boylik sanaladi, faqat uning rivojiga kim ko‘proq hissa qo‘shganini tahlil qilish mumkin, biroq, barcha yutuqlarni bir tarafga burishga urinish noxolislikdan boshqa narsa emas.

Ilm‑fan bir davr Yunonda rivojlangan bo‘lsa, boshqa bir davr Xitoyda, yana qaysi bir asrlarda Hindistonda taraqqiy etgan. Ba’zi ilmlar Sharqda, ba’zilari G‘arbda yetilgan. O‘z navbatida musulmon olami ham bir necha asr mobaynida ilm‑fanning barcha sohalarida dunyoda yetakchilik qilgan va insoniyatga son‑sanoqsiz ilmiy yangiliklar, ixtiro va kashfiyotlarni taqdim etgan. Bu paytda musulmon olimlari faqat tarjimonlik qilmagan, balki ular ilmlarni o‘zlashtirib, saqlab, qayta tihrir qilib, mavjud xatolarni to‘g‘rilab, rivojlantirishgan, tartiblashgan va keyingi avlodlarga uzatishgan. Buni insofi bor har qanday olim e’tirof etishi aniq. Biroq, noxolis fikrlar ta’siriga tushib qolgan, o‘z ajdodini tanimaydigan go‘rso‘xtalar bu haqiqatni anglay olmaydilar.

Forobiy bejizga «Ikkinchi muallim» deb atalmagan. U o‘z asarlarida aqliy qoidalar bilan Yunon falsafasini tahlil qilgan va Yaratuvchining biru borligini falsafiy asosda tushuntirgan. Bu bilan u Islom aqiydalarini ham himoya qilgan.

Abu Aliy ibn Sinoning tib ilmida yozgan asarlari bir olam bo‘lsa, falsafa va mantiqdagi asarlari yana bir dunyo. U o‘z asarlarida o‘rni kelganda Aflotunning fikrlarini tanqid qilib, o‘z takliflarini ilgari suradi. Muhammad Xorzamiyning hisob ilmiga oid tahlillari, Ahmad Farg‘oniyning ixtirolari, Abulqosim Zahroviyning hanuzgacha ishlatilayotgan jarrohlik qurollari, Ibn Nafisning tib ilmidagi kashfiyot va ixtirolari ‒ bu ro‘yxatni istagancha davom ettirish mumkin ‒ bularning barchasi ilm‑fan rivojidagi tarixiy yutuqlar bo‘lgan.

Xo‘sh, nega ularning bu xizmatlarini inkor qilish kerak? Nega ularni faqat ko‘chirmachidek tavsiflash kerak? Boshqalarning musulmon ixtirochilarining yangiliklarini o‘zlashtirib olgani kammi?

Avtomobillar tarixini o‘rgansangiz, bir yoqda olmonlar, bir yoqda ruslar, yana bir tarafda amerikaliklar, boshqa tarafda yaponlar o‘zlarini avtomobilning birinchi ixtirochisi deb iddao qilishga urinadi. Aslida ularning barchasi bu ishda mushtarak, bir‑birlarining tajribasiga suyangan, ilmidan foydalangan. Xuddi shu kabi musulmonlar ham o‘zlaridan oldingi millatlarning ilmiy yutuqlaridan foydalangan va o‘zlari ham bu bemisl yangiliklar taqdim qilgan. Bu ko‘chrimachilik yoki tarjimonlik emas. Biroq, ko‘proq G‘arb manbalariga cheklangan kishilar bu haqiqatni qabul qila olmaydigan bo‘lib qolishadi. Zotan, inson o‘zi olgan ilk ma’lumotlar ta’siridan chiqishi qiyin.

  1. Baxtiyor tariximizdan to‘rttagina olimni tanib, o‘shani qayta‑qayta gapirilishini aytibdi. To‘g‘ri, biz shunga odatlanib qoldik. Biroq, bu degani bizdan faqat o‘sha to‘rtta olim chiqqan degani emas. O‘sha to‘rtta olim bilan cheklanish bizning aybimiz, ajdodlarning kamchiligi emas.

Birinchidan, buyuk olimlar osmondan tushib qolmaydi, ularga ta’lim bergan ustozlar, ular o‘qishi uchun asarlar, ular bellashadigan sheriklar, ularni tinglaydigan shogirdlar bo‘lishi, xullas, ular uchun yetarli ilmiy muhit bo‘lishi kerak, shundagina ular yetishib chiqadi. Ikkinchidan, dinsizlik, mustamlakachilik siyosati bizni haqiqiy tarixdan mahrum qilgan. Biz tariximizni ular istagandek o‘rganishga majbur edik. Shuning uchun to‘rttagina olimimizni tanishdan nariga o‘ta olmaganmiz. Aslida tajribiy ilmlarda yetuk olim ajdodlarimiz ko‘p bo‘lgan, biroq, ularni hanuz keragicha o‘rgana olganimiz yo‘q.

Alloma Nasafiy «Al‑Qand fi zikri ulamoi Samarqand» kitobida 3000 dan ziyod olimni zikr qiladi. Agar o‘sha paytdagi aholi soni e’tiborga olinsa, xalqimiz ichida olimlar adadi qanchalar yuqori bo‘lganini anglash mumkin. Ularning ichida ilm‑fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlar ham o‘rin olgan. Muallif asarda o‘zigacha bo‘lgan birgina viloyat olimlarini eslab o‘tgan. Boshqa viloyat va shaharlarni qo‘shsa, u kishidan keyingi davrlarni hisobga olinsa, ulamolarimiz adadi qancha bo‘lishini o‘zingiz bilib olsangiz bo‘laveradi.

Doktor Najib ibn Xayra «Sharqdagi musulmonlarning tabiiy fanlarga qo‘shgan hissalari» nomli risolasida falakiyot, tibbiyot, handasa, matematika va boshqa ilmlarda yetishib chiqqan yurtimizning o‘nlab olimlarini sanab o‘tadi. Jumladan, tabib Aliy ibn Sahl Marvaziy, faylasuf, tabib Abulhasan Muhammad Kuhistoniy, «Sharhu Iqlidis», «Al‑Hisabul‑hindiy» va boshqa bir qancha kitoblar muallifi, samarqandlik matematik olim Ahmad ibn Umar Karobisiy, mayetmatikada mutaxassis bo‘lgani uchun «Hosib» deb laqab olgan Abu Aliy Hasan ibn Muhammad Faroiziy, falakiyotshunos olim Ja’far ibn Muhammad Balxiy, falakiyotshunos, faylasuf, «Al‑Vujud», «Al‑’adad val‑mu’dudat» va boshqa qator asarlar muallifi Mansur ibn Talha, falakiyotshunos, matematik, muhandis olim Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Iyodiy, faqih, falakiyotshunos olim Abu Hotim Bustiy kabi olimlarni zikr qilgan.