Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

AG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIR

Ixlos ‒ amalni yolg‘iz Alloh taoloning roziligi uchun qilishdir. Allohdan o‘zgani tasavvuf mashoyixlari «ag‘yor», ya’ni o‘zgalar, begonalar deb atashadi. Ag‘yor sizdan yuqori martabada bo‘ladimi, quyi maqomda bo‘ladimi, farqi yo‘q, amalda uni ko‘zlash ixlosning ziddi va kushandasidir.


AG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIR

Ixlos ‒ amalni yolg‘iz Alloh taoloning roziligi uchun qilishdir. Allohdan o‘zgani tasavvuf mashoyixlari «ag‘yor», ya’ni o‘zgalar, begonalar deb atashadi. Ag‘yor sizdan yuqori martabada bo‘ladimi, quyi maqomda bo‘ladimi, farqi yo‘q, amalda uni ko‘zlash ixlosning ziddi va kushandasidir.

Odamlar odatda amal qilishda o‘zidan yuqori taraf roziligini ko‘zlagan kishini darhol tanib olishadi, hech ikkilanmay uni istagancha malomat qilishadi. Masalan, birov mansabdorlarni, boylarni xursand qilish uchun biror gap aytsa, buni payqash qiyin emas, uning amalda ixlosi ketgani darrov bilinadi va uni xalq turli laqablar bilan atab, har qancha dashonomga loyiq ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda, yuqori tabaqa ag‘yorlar ham, ularning roziligini istovchilar ham oson oshkor bo‘ladi.

Ag‘yor ‒ Allohdan o‘zga deganda sizdan quyi martabadagi kishilar va narsalar ham tushunilishi lozim. Ular muxlislar, do‘stlar, farzandu shogirdlar, molu mansab ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Amal qilishda yoki uni tark etishda ularning shodligi va olqishinini istash ham Alloh taolodan o‘zganing roziligini istash, boshqani Undan ustun qo‘yish hisoblanadi. Biroq riyoning bu shakliga ko‘pchilik e’tibor bermaydi.

Bizning jamiyatlarda odatda yuqori tabaqani rozi qilish uchun gapirish dinda mustahkam bo‘lmaslikdan kelib chiqadi. Ammo ommani rozi qilish uchun bo‘lgan harakatlar ko‘pincha zohiriy taqvo, dinda yo‘lni qattiq olish orqali namoyon bo‘ladi.

Odamlar omma uchun shariatning yengil tarafini olgan olimlarni taqvosizlikda, kimlarnidir rozi qilishda ayblashga shoshadi. Ammo keskin gaplar, fatvolar aytgan kishilarni ilmu taqvoda pesh, faqat Alloh uchun so‘zlayapti deb baholashadi, ularga tahsin aytishadi. Aslida birinchi toifa o‘z so‘zida Alloh taoloning roziligini, Uning shariatini ko‘proq rioya etayotgan, ikkinchi guruh esa odamlarning, muxlislarning olqishlaridan huzurlanishga o‘rganib qolgan, ularning aybsitishidan qo‘rqayotgan bo‘ladi. Shunday qilib, birinchisi ko‘rinishda parhezsiz, aslida esa Allohni istagan, ikkinchisi zohirda dindor, botinda ag‘yorni ko‘zlagan bo‘lib chiqadi. E’tibor berilsa, bunday holat hayotda ko‘p kuzatiladi, biroq buni ilmu basiyrat ahligina ilg‘ay oladi.

Siz agar odamlarning malomatidan qo‘rqib yoki ularning xohishini o‘ylab shariatda joiz narsada yo‘lni tor olsangiz, bu taqvo emas, riyodir. Bo‘lganda ham, xatarlirog‘idir, chunki bunda odamlar sizni dinda mustahkam ekan degan xayolga boradi, holbuki, amalda maqsadingiz ag‘yorlar bo‘ladi. Amalning zohiri botinidan past bo‘lishi esa nifoqning xususiyatlaridandir.

Ba’zan biror narsani shariatda joizligini aytsangiz, odamlar sizning dindorligingizga shubha bilan qaray boshlaydi, sizni taqvosizlikda ayblashadi. Siz esa bunda Alloh taoloning shariatini rioya etayotgan bo‘lasiz. Buning yaxshiligi ‒ amalning zohiridan botini chiroyli bo‘lishida. Bu esa ayni ixlosdir.

Ijtimoiy tarmoqda biror diniy ma’lumot joylashda qalbingiz Allohning roziligini emas, odamlarning «yoqdi» tugmasini bosishini ko‘proq istasa, bunda siz har chand taqvonamo so‘z surmang, maqsadingiz ag‘yorlarning maqtovi bo‘ladi, riyo qilgan hisoblanasiz. Siz qo‘ygan postingizda yolg‘iz Alloh taoloning roziligini ko‘zda tutib, odamlarning munosabatini maqsad qilmay, kerak bo‘lsa, unga beparvo bo‘lsangiz, mana shu chin ixlos hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, hukmdorlarning roziligi uchun so‘zlagan yoki biror ish qilgan kishi bilan atrofidagi muxlislarning istagini, odamlarning olqishu xohishini o‘ylab amal qilgan kishi hukmda barobar ‒ ikkisi ham ag‘yorni qasd qilgan bo‘ladi. Ulardan birini malomat qilib, ikkinchisini maqtash ziddiyatli hodisa bo‘lib, kishining ilmu tafakkuri oqosoq ekanidan darak beradi. Biror amalni bajarish yoki tark etishda faqat Alloh taoloning roziligini, Uning shariatini xolis bayon etishni maqsad qilishgina bandani najotga erishtiradi.

Alloh barchamizning zohiru botinimizni O‘zi isloh aylasin!