Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TARIX OMONATDIR (2-QISM)

Tarixga har kim o‘z nazari bilan boqadi. Bir hikoyani eslagim keladi. Umar roziyallohu anhuga birov kelib, «Misrliklar yaxshi odamlar ekan», desa, u kishi: «Xuddi shunday», debdi. Keyin boshqasi kelib, «Misrliklar yomon odamlar ekan», desa, unga ham: «Ha, shunaqa», debdi. Shunda: «Taqsir, o‘zi misrliklar yaxshimi yoki yomonmi?» deb so‘rashibdi. U kishi: «Kim qanday bo‘lsa, o‘ziga o‘xshaganlarni uchratadi», debdilar.


TARIX OMONATDIR (2-QISM)

Baxtiyor Alimjonovning tariximiz borasida bildirgan ko‘p fikrlari jamoatchilikni bezovta qilgani, ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgani bejiz emas. Uning so‘zlarida o‘zbekning o‘zligiga qaysidir darajada tahdid, bir muncha tarixiy haqiqatlarga zid ma’nolar va odamlarga shu paytgacha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga ters xulosalar mavjud. Men bu suhbat haqida bir qancha bahs‑munozaralardan keyin xabar topdim va uzun bo‘lishiga qaramay, har ikki qismni erinmay ko‘rib chiqdim. To‘g‘risini aytganda, gurungda bir qancha qiziq ma’lumotlar va ayrim o‘rinli fikr‑mulohazalar ham bor. Biroq, suhbatda xato xulosalar, bir yoqlama qarashlar, noto‘g‘ri xabarlar, chalkash yondashuvlar shunchalar ko‘pki, ular aytilgan to‘g‘ri gaplarni ham shubha ostiga solib, tuproqqa qorishtirib yuborgan.

Bu suhbat haqida Hamidulloh Beruniy domlamiz juda yuqori saviyada kerakli raddiyani beribdilar. Yana boshqa azizlarimiz ham yetarli javoblar aytishibdi va bu jarayon davom etmoqda, menimcha. Aslida ahli donish uchun mana shularning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin edi. Biroq, kamina ham shu mavzuda bildirilgan fikrlarni quvvatlash bilan birga, hali gapirilmagan bir qator ma’lumotlarni ko‘pchilik e’tiboriga havola qilishni joiz bildim. Aytilgan gaplarni takrorlashdan imkon qadar qochib, ko‘rsatilmagan mulohazalarni taqdim etishga harakat qilaman. Binobarin, bu yerdagi fikrlarni nashr topgan maqola va mulohazalarga to‘ldiruvchi deb qabul qilasizlar.

  1. Tarixga har kim o‘z nazari bilan boqadi. Bir hikoyani eslagim keladi. Umar roziyallohu anhuga birov kelib, «Misrliklar yaxshi odamlar ekan», desa, u kishi: «Xuddi shunday», debdi. Keyin boshqasi kelib, «Misrliklar yomon odamlar ekan», desa, unga ham: «Ha, shunaqa», debdi. Shunda: «Taqsir, o‘zi misrliklar yaxshimi yoki yomonmi?» deb so‘rashibdi. U kishi: «Kim qanday bo‘lsa, o‘ziga o‘xshaganlarni uchratadi», debdilar.

Bu qoida faqat hozirgi jonli hayotga xos emas, balki tarixiy voqelikka nisbatan ham ishlayveradi. Tarixchi tarixdan o‘z qiziqishlari, tabiatiga mos nuqtalarga ko‘proq e’tibor qaratishi tabiiy. Tadqiqotchi miyasidagi sobiq ma’lumotni tasdiqlovchi xabarga ba’zan berilib ketadi. Natijada voqelikka atroflicha, to‘g‘ri baho bera olmay qoladi. Biroq, tinglovchilar buni hisobga olmasligi xatarlidir.

Ayrim sayyohlar va yurtimizni tashqaridan turib o‘rgangan tadqiqotchilarning tariximiz borasida gaplarini ham shu burchakdan o‘rganish kerak. U o‘zi qanday odam bo‘lgan, nima maqsadda kelgan, so‘zlarida mubolg‘a yo‘qmi, o‘zi qidirgan narsani topib olib ko‘pirtirimayaptimi va hokazo...

Bir bezori shaharga kirib, u yerda o‘ziga o‘xshagan bangilarni topib, mana bunaqa odamlarni ko‘rdim, desa, butun boshli xalqni bangi deb tasavvur qilish eng kamida aqlsizlikdir.

Sayyohlarning gapi voqelikka tashqaridan qilingan nazar o‘laroq yutuqlarga ega. Biroq, xalqning ichida uzoq yashamagani, ularning zavqlarini to‘liq bilmagani uchun ikkinchi bir tarafdan noqis ham hisoblanadi. Ammo bizda ko‘pchilik o‘lkada tug‘ilib o‘sgan qator olimlarni bir chetga qo‘yib, bir ravga kelgan sayyohning gapini qabul qilishga moyil bo‘ladi. Go‘yoki faqat uning gapi haqiqat‑u, yerli odamlarning so‘zi yolg‘on. Aslida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun ma’lumotlarni barcha tarafdan jamlash kerak.

Video gurungdagi suhbatdoshlar tabiatan yengiltakroq, o‘yin‑kulgiga va boshqa shu kabi harakatlarga berilgan odamlar ekani suhbatda bot‑bot namoyon bo‘lgan. Shundan ham ularning talqinlari haqida kerakli xulosa chiqarish mumkin.

  1. Ba’zilar so‘zlovchining kimligiga, uning tabiatiga yoki kiyinishiga e’tibor bermaslik kerak, muhimi uning so‘zi qanchalar haqiqat, mana shunga qarash kerak, degan fikrni ilgari surib, bunga «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidani ro‘kach qilishmoqda. Hazrat Aliy roziyallohu anhudan naql qilingan bu qoida mutaxassislar uchun ishlaydi, ammo sohani bilmagan odam avvalo so‘zlovchiga qarashga majbur, chunki u o‘zi bilmagan sohada so‘zning to‘g‘ri‑noto‘g‘riligini ajrata olmaydi. Shu bois, u so‘zlovchini tanlab tinglashi kerak.

Masalan, tibbiyotni yaxshi bilgan odam tabobatdan so‘zlagan har qanday odamning gapini eshitib, so‘zlovchiga boqmasdan uning so‘zini muhokama qilishi, qabul yoki rad etishi mumkin. Ammo tabobatdan bexabar odam ishonchli tabib topib, o‘shaning so‘ziga yurishi kerak, aks holda, aldanib qolishi, o‘zini halok qilishi hech gap emas.

Tarix yoki boshqa ilmlar borasida ham uni yaxshi o‘rgangan tarixchi «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidaga amal qilib, istagan odamini tinglab, uning so‘zidan foydalanishi, uni muhokama qilishi joiz. Biroq, o‘qimagan odam avvalo ishonchli tarixchini tanlab, keyin uni tinglashi kerak, bo‘lmasa, adashishi tayin.

Mazkur video ostida yozilgan izohlarni ko‘rsangiz, ko‘pchilik o‘sha xato to‘la suhbatga tahsin aytib, noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonib o‘tiribdi. Agar ular tarixni o‘rgangan kishilar bo‘lganida yoki so‘zlovchi haqida oldin ishonch hosil qilib, unga keyin mulohaza bildirganlarida, bunchalar aldanishmas edi. Eng yomoni, olqishlab qo‘yganlar keyin imkon qadar shu fikrda qolishga chiranishadi.

  1. Baxtiyor Alimjonovning tarixni o‘rganishda mafkuraviy bosim bo‘lgani, xolislik yetishmasligi to‘g‘risidagi gapida jon bor. Darhaqiqat, tarixni mafkuraga bo‘ysundirish eng yomon holat bo‘lib, faqat bizda emas, deyarli hamma joyda kuzatilgan.

Prussiya (qadimgi Germaniya) qiroli Vilgelm II tarixchilarga Avstriya yerlari Prussiyaga tegishli ekani haqida kerakli hujjatlarni topish haqida tarixchilarga topshiriq beradi. Shunda ular: «Bunday hujjat yo‘q, olampanoh», deyishsa, qirol: «Topasanlar, men senlarni nega boqayapman?!» degan ekan.

Bizda ham o‘tgan asrda mustabid tuzum tarixni ayni shu kuyga solgan, barcha ma’lumotlarni o‘z maqsadlariga bo‘ysundirgan edi. Bugun o‘sha xatolarni to‘g‘rilash darkor.

Tarix ilm o‘laroq erkin o‘rganilishi va o‘rgatilishi kerak. Muammolarni esa tafakkur kuchi bilan yengib o‘tish mumkin. Biroq, tarix borasida erkinlik bo‘lsin degani kim nima desa deyaversin, odamlarni ahmoq qilib xom gaplarni ham gapiraversin, degani emas. So‘zlovchilar mana shu ikki taraf o‘rtasidagi oltin oraliqni topa olishmagan.

Kamiga, tarixchimiz o‘zini ijtihod qilayotgani va ijtihodida xato qilsa ham, bitta savob olishini iddao qilibdi. Birinchidan, tarix fani tabiatan ijtihoddan ko‘ra aniq naqllarga suyanadi. Naqlda ijtihod emas, xolislik kerak. Bordiyu, voqealarga baho berishda, xulosa yasashda ijtihod mavjud deyilsa ham, ijtihod qiluvchi ijtihodida savob olishi uchun unda o‘sha sohaga xos ijtihod shartlari to‘liq topilishi kerak. Aks holda, haqsiz ravishda qilgan ijtihodi uchun gunoh oladi.

Tarixga oid manbalarni asl tilida o‘qib, tadqiq etmagan odam qanday qilib tarix borasida ijtihod qilyapman, deyishi mumkin? Bu umuman imkonsiz ish. Bu xuddi arab tilini tushunmay, Qur’on va hadisning tarjimasidan yoki ulardan foydalanib yozilgan kitoblardan shariat bo‘yicha ijtihod qilmoqchi bo‘lgan chalasavodlarning ishini eslatadi. Bunday tarixchi hech qachon noto‘g‘ri xulosa berishdan xoli bo‘lmaydi.

  1. Tan olish kerak, tadqiqotchi tarix borasida bir qator yaxshi fikrlar ham aytgan. Xususan, tarixda fikriy erkinlik hozirgiga nisabatan ancha yuqori bo‘lgani, Islomning ilmiy bahslarga ochiqligi, fikrga qarshi fikr bilan kurasha olgani, ayollarning kam ishlagani, ularga ruhiy bosimlar deyarli bo‘lmagani, omma xalq madrasalarda erkin ta’lim olgani, kvota degan cheklovlarni qo‘ying, xohlagan odam, yoshu qari hech bir qaydsiz madrsalardagi ilmlardan bemalol bahramand bo‘lgani haqidagi gaplar ayni haqiqat. Biroq, so‘zlovchilarning mana shu erkinlik ortidan bugungi zamonaviy buzuqlikka, mafkuraviy beqarorlikka darcha ochishga urinishi «haq gap bilan botilni istash» qabilida bo‘lgan, desak, xato bo‘lmaydi.

Yana bir kulfat shundaki, ular mazkur tarixiy hodisalarga faqat bir yoqlama, g‘arb va rus sharqshunoslari ko‘zi bilan boqishgan, voqealar qahramonlarining avlodi sifatida nazar qila olishmagan. Agar ikki tarafni jamlashganida, ancha voqeiy fikrlashga muvaffaq bo‘lishar edi.

  1. Tarixni to‘liq o‘rganish kerak, undan ibrat olish kerak, ammo undan to‘liq namuna olinmaydi. Tarixni o‘rganishdan maqsad yaxshisini olib, xatolarni takrorlamaslikdir. Tarixdan olinadigan eng asosiy foyda ham shu o‘zi. Biroq, mazkur suhbatdoshlar tarixdagi barcha hodisalardan, xususan, nafslari istagan ishlardan ham ibrat olishga zimdan targ‘ib qilishgan. Bu bilan ular bugungi zamonaviy buzuqliklarga tarixdan oqlov, dastak qidirishga urinishgan. Bu ham ularda tarixni o‘rganish borasida aniq manhaj yo‘qligi yoki zehnlarida bu borada noto‘g‘ri uslubiyat shakllanganidan darak beradi.

Bugungi mavjud muvaffaqiyatsizliklarimizga tariximizdagi xatolar sabab bo‘lganida shubha yo‘q. Biz tariximizda shunday ishlar qilingan ekan, deb o‘sha xatolarni takrorlashimiz noto‘g‘ri. To‘g‘ri, biz xatolarni ham o‘rganaverishimiz kerak, biroq, maqsad ularni takrorlash emas, tuzatish bo‘lishi lozim. Kamolot uchun xatolarni tuzatib borishda bardavomlik darkor...