Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMON
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MEZON BUZILMASIN

Ba’zilar tinch aholi qatliom qilinishiga Hamasni sababchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda. To‘g‘ri, ulardan ham xato o‘tgan bo‘lishi mumkin, biroq vaziyatlarini to‘liq bilmay turib bu haqda bir nima deyish qiyin. Qolaversa, ularni hozir aybdor qilish bosqinchining vahshiyligini haspo‘shlash, mazlumlarga nisbatan shafqatni qalbdan chetlatishga xizmat qiladi, xolos. Bu esa mezonlar buzulishiga, qalbning zulmga ko‘nishiga sabab bo‘ladi.


MEZON BUZILMASIN

Ba’zilar tinch aholi qatliom qilinishiga Hamasni sababchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda. To‘g‘ri, ulardan ham xato o‘tgan bo‘lishi mumkin, biroq vaziyatlarini to‘liq bilmay turib bu haqda bir nima deyish qiyin. Qolaversa, ularni hozir aybdor qilish bosqinchining vahshiyligini haspo‘shlash, mazlumlarga nisbatan shafqatni qalbdan chetlatishga xizmat qiladi, xolos. Bu esa mezonlar buzulishiga, qalbning zulmga ko‘nishiga sabab bo‘ladi.

Agar bir zo‘ravon birovning uyiga bostirib kirib, uni hadeb xo‘rlayversa, chidamaganidan oxiri bir tarsaki qo‘yib yuborsa, bosqinchi g‘azabga to‘lib, bechora mazlumni oilasi bilan so‘yib, qiymalab tashlasa, kimni ayblash kerak? Shunda ham uy egasini qoralashni qanday tushunsa bo‘ladi?

Urushni falastinliklar boshlagan taqdirda ham, agar isroilliklar odamga o‘xshab urush qoidalariga rioya qilishganda, ayollar va bolalar qirg‘in bo‘larmidi? Yo‘q, albatta. Biroq siontistlar qo‘rqoqligi va ablahligidan ayollar va bolalarni o‘ldirib, odamlarni och-tashna qo‘yib, shu bilan falastinliklarning qaddini bukmoqchi, xorlikka taslim qilmoqchi bo‘lishmoqda.

Odamlarda «Dushmaning erkak bo‘lsin ekan», degan gap bor. Agar Isroil jangarilari erkak bo‘lganida, sal bo‘lsa ham odam bo‘lganida, ayollar va bolalarni bombalamay, boshdan piyoda urushga kirar edi. Baribir bombalash bilan falastinlik askarlarni hech narsa qila olmadi va buni bilardi ham. Ammo maqsad boshqa bo‘lgani uchun, o‘zining zo‘bidinligini ko‘rsatish uchun, jazavaga tushganidan askarlarga hujumni bahona qilib, G‘azzadagi tinch aholini qirmoqda. Bu bilan dunyo bizniki, xohlaganimizni qilamiz, boshqalarning biz uchun hayvonchalik qadri yo‘q, xalqaro qonunlaringga ham tupurib qo‘yganmiz, deyishmoqda.

Bosqinchilarning biri ta’kidlashicha, g‘azzaliklar dushmanga o‘z farzandlarini sotmagani, ularni yashirib, qo‘llagani uchun ham o‘limga mahkum ekanlar. Mana ularning mezoni.

G‘azzadagi «Al-Azhar» tolibalardan biri aytishicha, unga G‘azzadagi jangchilarning joyini aytishi evaziga 15.000 dollar va Yevropaga sayohat va’da qilishibdi. U xatni hammaga e’lon qilib yubordi va vatan sotilmasligini ta’kidlab qo‘ydi. Bunday sobitlik dushmanni tahlikaga solishi ham tabiiy.

Falastin xalqining so‘zlarini kuzatib, shunga ham qoyil qolasizki, birortasi biror marta o‘z jangchilari haqida bir og‘iz ham salbiy gap aytmadi. Haqiqiy dushman kim, do‘st kim, tanishar ekan. Bu ham dushmanni talvasaga solmoqda va zulm yo‘li bilan bo‘lsa ham xalqning fikrini o‘zgartirishni istamoqda.

Zolimlarning umumiy qoidasi o‘zi shu, agar manfaatlariga xizmat qilsangiz, siz bilan yaxshi muomala qilishlari mumkin. Ammo o‘z manfaatingizni himoya qilsangiz, ularning foydasiga ishlamasangiz, sizni dushman tutib, o‘ldirib tashlashdan tap tortishmaydi.

Bu dunyo o‘tkinchi, zulmlar ham o‘tkinchi. Musulmonlarning boshiga bunday kulfatlar tushishi yangilik emas, tarixdan juda ko‘p takrorlanib kelgan. Bu ham bir imtihon. Bunda hech yo‘q tarafni belgilashda to‘g‘ri bo‘lish kerak, zulmni emas, adolatni yoqlash kerak. Oqibat esa taqvodorlarnikidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlikdan oldin ham, keyin ham hamisha zulmni qoralaganlar, mazlumning tarafida bo‘lganlar, garchi ular musulmon bo‘lmasa ham. Alloh bandadan qudrati yetganidan so‘raydi. Agar mazlumga yordam qilishga qodir bo‘lmasangiz, hech yo‘q zolimni yoqlamang, bunga albatta imkoningiz bor. Mezon buzilmasa, bir kun haqni himoya qila olasiz.