Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MILLIY LIBOS NAMUNASI

Choponning milliy naqshda bo‘lishiga e’tibor berildi. Chunki siydom mato odatda hech qanday ramz bo‘la olmaydi yoki qo‘shimcha ma’no bermaydi va milliylikni ifoda etmaydi.


MILLIY LIBOS NAMUNASI

Anchadan beri milliy libosimiz haqida o‘ylab yurardim. Xususan, millatning yetakchisi, namoyandalari bo‘lgan ulamolarning kiyimlari milliylikni namoyon qilib tursa, qanchalar yaxshi. To‘g‘ri, imom‑domlalarning hozirda kiyadigan choponlari shundoq ham shaklan milliy liboslarimizga muvofiq. Biroq, odmi, siydom matolarda milliylik tom ma’noda aks etmaydi. Anjumanlarda, musboqalarda, turli tadbirlarda boshqa musulmon xalqlarning vakillari o‘zlarining milliy kiyimlarida qatanashadilar. Ammo bizning namoyondalar ko‘pincha oddiy kostyum‑shimda yoki siydom choponda namoyon bo‘lishadi. Ba’zi‑bir rasmiy tadbirlarda boshqa din vakillari nihoyatda salobatli, ko‘rkam kiyimlarda ko‘rinish bersa, bizning din peshvolarimizning liboslari ularning oldida juda jo‘n bo‘lib qolishi ham sir emas. Ana shu mulohazalar bilan bir tus libos ma’qul kelib qolib, uni avval o‘zim kiyib ko‘rdim. O‘zimga yoqdi va ko‘pchilikka manzur bo‘lganidan keyin bu haqda so‘z suryapman. Bundan maqsad ‒ mazkur mavzuda ayrim mulohazalarni siz bilan o‘rtoqlashish va sizlardan ham fikr‑takliflar olish.

  1. Choponning milliy naqshda bo‘lishiga e’tibor berildi. Chunki siydom mato odatda hech qanday ramz bo‘la olmaydi yoki qo‘shimcha ma’no bermaydi va milliylikni ifoda etmaydi.

  2. Ayrim kishilar yo‘l‑yo‘l choponni askiyachilar, ashulachilar kiyardi‑ku, deb o‘ylashi mumkin. Aslida bu milliy libosni avvalda ahli ilmlar, millatning yetakchilari kiygan va milliy libosni namoyish etishga ham aynan ulamolar boshqalardan ko‘ra haqli va burchlidir. Qolaversa, yangi tanlangan shaklda boshqa soha kishilarida kuzatilmagan va ahli ilmlarga munosib surat tanlangan.

  3. Kuzatsangiz, barcha samoviy dinlarning ulamolari kiyadigan liboslar bosiq, yopiq, keng bo‘ladi. Bu tur kiyim aslida payg‘ambarlardan meros, ularning ta’limotlari asosida vujudga kelgan, chunki ular doimo tanani ko‘proq yopadigan kiyimga rag‘bat qilganlar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ham yopiq kiyimlarni yaxshi ko‘rardilar. Bunda juda ko‘p ma’no va yaxshilik bor. Yangi taqdim etilayotgan libosda ushbu jihat ham e’tiborga olingan.

  4. Agar niyat to‘g‘ri bo‘lsa, ko‘rkam kiyinishda ham savob bor. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yaxshi, ko‘rkam kiyinishga buyurganlar. Sahobalarni Yamanga yuborayotib: «Odamlar orasida xol kabi bo‘linglar», deya marhamat qilganlar. Xususan, ahli ilmlar uchun bu yanada muhim. Shuning uchun imom A’zam rahmatullohi alayh shogirdlariga: «Sallanglarni katta, yenglaringni keng qilinglar», der ekanlar. Maqsad ulamolarning siymolari ortida din va ilmning sharafini saqlash bo‘lgan.

  5. Choponning uzunligi tupuqqacha qilindi. Ko‘pdan beri kuzatdim, Ikki Haram, Shom, Misr, Yaman, Mavritaniya, hatto Rossiya ulamolarining ustki kiyimlari ham tupuqqacha tushib turar ekan. Turkiy xalqlarning kiyinishlari ham aslida shunday bo‘lgan. Buxoro ulamolari va xonlarining kiyimlari ham bunga misol. Hatto nasroniylarning rohiblari ham shu uzunlikda libos kiyishadi. Ammo bizda va mintaqamizda hozirda odat bo‘lgan choponlar boldirgacha tushadi, bu ham yaxshi, balki turmush tarzidan kelib chiqib shunday qilingandir. Biroq, tanani to‘liq qoplagan ustki kiyim yanada salobatli va ko‘rkli bo‘lar ekan. Qolaversa, mana shunda ulamolarimizning kiyimi boshqa yurt ulamolarining liboslariga mutanosib, ular bilan bellasha oladigan bo‘ladi nazarimda.

  6. Choponning tupuqqacha tushishi uning ichidan shu uzunlikdagi ko‘ylak, arablarda hozirda “jalabiya” deb ataladigan kiyimni kiyish imkonini ham beradi. Ba’zan o‘zimizning kalta chopon uchidan ham o‘shanday uzun ko‘ylak kiyib olishadi, bu biz ko‘zlagan sifatni bermaydi. Uzun ko‘ylakning qulayliklari juda ko‘p. Xususan, yurganda, turganda, jamoatga yuzlanib o‘tirganda oyoqlarni qamrab turishi odobga yanada muvofiqdir.

  7. Ba’zilar tupuqqacha tushgan uzun ko‘ylakni arablarning kiyimi deb o‘ylaydi. Aslida bu bizning ham milliy kiyimimiz bo‘lgan. Bunga misol va dalillar juda ham ko‘p, ayrimlarini postda ilova qildim.

  8. Kiyim borasida shariatimizning me’yor va talablari juda ham maromida va keng. Har bir xalq o‘z milliy kiyimida bo‘lishi Islomning yana bir go‘zalligini namoyon qilib turadi. Sharti shuki, libos shariatning qat’iy talablariga javob bersin. Ammo shaklu surati, naqshu ranglari turlicha bo‘lishida hech qanday mone’lik yo‘q. Bundagi turlilik ummatning ayrim masalalardagi xilma‑xil qarashlariga dalolat qiladi va ushbu rang‑baranglik musulmonlarning chiroylariga chiroy qo‘shadi. Shu bilan birga, bu xoslik millatning jahon sahnasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

  9. Ayrim kishilar libos tashqi surat, uning e’tibori yo‘q, undoq, bundoq deb aqllilik qilishi ham mumkin. To‘g‘ri, aslida ma’no muhim, zohirga suyanib qolmaslik kerak. Biroq, tashqi ko‘rinishning ham ahamiyati katta. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam diniy xizmat yuzasidan odamlarga ko‘rinish berganlarida hamisha salla va yaxshi kiyimlarni kiyishga urunganlar. Bayroq kichkinagina mato, ammo u bir butun millatni, davlatni anglatadi.

  10. Man qilish emas, muqobil taklif usuli muvaffaqiyatli va maqbul hisoblanadi. Oxirgi yillarda ayrim kishilar boshqa musulmon xalqlar va ularning ulamolariga taqlid qilib ularning milliy‑diniy liboslariga yoki o‘zlariga xos kiyimlariga qiziqmoqda, ana o‘shanday kiyimlarni kiymoqda. Bundan ba’zilarning jahli chiqishi ham bor gap. Ularning e’tirozlarida jon bor. Zotan, libosda milliy xoslikni asrash millatning o‘zligini asrashiga yordam beradi. Ammo biz odamlarni boshqa xalqlarning libosidan man qilishdan oldin talabga javob beradigan milliy lobosni taqdim qilishimiz kerak. Ushbu libosda ayni shu maqsad ham ko‘zda tutilgan.

  11. Hozircha bu libos ma’lum doiralarga xosroq. Xuddi shu kabi uy, sport va boshqa munosabatlarda ham milliy liboslarni rivojlantirish, zamonga munosib suratda taqdim etish maqsadga muvofiq. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, libosning milliy bo‘lishida matoning milliyligi yetarli emas, balki uning bichimi, mohiyati ham milliy‑diniy qadryatlarga uyg‘un bo‘lishi lozim. Atlasdan ochiq‑sochiq, yarimta‑yurimta qilib tikilgan ko‘ylak milliy libos hisoblanmaydi, chunki u o‘zida chin o‘zbek millatining o‘zligini aks ettirmaydi, balki millat yot bo‘lgan dunyoqarashni, madaniyatsizlikni eslatadi.

Xulosa qilib aytganda, milliy liboslarni saqlashning juda ko‘p foydalari, ahamiyati bor va bu shariat doirasida bo‘lsa, faxr uchun bo‘lmasa, shar’an joizdir. Ayni paytda musulmon xalqarning bir xil emas, bir necha tus kiyimda bo‘lishlari o‘ziga xos go‘zallik va zavq beruvchi omillardan hisoblanadi.

Libosni tayyorlashda ayrim mutaxassislar bilan maslahatlashildi va ayrim azizlarimiz beminnat xizmat ko‘rsatdilar.

Fikr va mulohazalar bo‘lsa, bemalol bildirishingiz mumkin