Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?

Har yili mavlid oyi kirishi bilan mavlid haqidagi xiloflar qayta qo‘zg‘aladi. Har kim o‘z dalilini keltirib, boshqani tanqid qiladi va oxir oqibat ikki taraf ham o‘z fikrida qoladi. Bunday tortishuvdan kimga foyda, birov o‘ylamaydi. Aslida bunday xilofli masalada har kim o‘zi qoniqqan dalilga ko‘ra amal qilib, boshqaga tosh otmasligi kerak.


MAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?

Allohga hamdu sanolar, Rasulimizga durudu salavotlar bo‘lsin!

Har yili mavlid oyi kirishi bilan mavlid haqidagi xiloflar qayta qo‘zg‘aladi. Har kim o‘z dalilini keltirib, boshqani tanqid qiladi va oxir oqibat ikki taraf ham o‘z fikrida qoladi. Bunday tortishuvdan kimga foyda, birov o‘ylamaydi. Aslida bunday xilofli masalada har kim o‘zi qoniqqan dalilga ko‘ra amal qilib, boshqaga tosh otmasligi kerak. Biz ham yurtimiz ulamolarining qadimdan tanlagan so‘zlarini tutib, o‘z sharoitimizdan kelib chiqqan holda, mavlidni bugungi kunning ruhida, hozirimiz va kelajagimiz uchun manfaatli suratda o‘tkazishga harakat qilamiz. Unamaganlar o‘zlari biladi.

Bugungi kunda musulmon o‘rtasida turli xil bayramlarni keng miqyosda nishonlash ommaviy urfga aylangani va bu bayramlar ko‘pchilikning, xususan yoshlarning xotirasida, qalblarida chuqur iz qoldirayotgani sir emas. Bunday vaziyatda musulmonlar yosh avlodga islomiy tushuncha va an’analarni singdira bilishlari lozim. Fursatni g‘animat bilib, kerakli vositalarni ishga solishlari darkor. Ana shunday muhim omil va an’analardan biri bu – mavlid oyi va kunini o‘ziga xos suratda o‘tkazishdir. Xo‘sh, bugun biz mavlid oyini qanday o‘tkazishimiz kerak? Bu oydan unumli foydalanish uchun nimalarga e’tibor berishimiz darkor? Buning uchun quyidagilarni qilish lozim:

  1. Rabiul avval oyini siyratni o‘rganish mavsumi qilib olish rejasini tuzish va bunda har kim o‘z holati, sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashishi kerak.  

  2. Birorta siyrat kitobini tanlab, bir oyga taqsimlab, shu oy ichida uni yakunlash. Masalan: «Hadis va Hayot» kitobining 19‑juzi ‒ «Olamlarga rahmat Payg‘ambar», «Tarixi Muhammadiy», «Ar-Rahiq al‑Maxtum», «Sarvari olam», «Nurul‑yaqin», «Nurul‑basar», «Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?» va boshqalar.

  3. Ahli oilaga mavlid oyi oxir zamon Payg‘ambari, habibimiz, dunyoda yetakchimiz, oxiratda shafoatchimiz bo‘lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug‘ilgan oy ekanini, u zot shu oyning 9 yoki 12 kuni dushanbasida dunyoga kelganlarini eslatish.  

  4. Ushbu oy kirish bilan farzand nabiralarni dasturxon atrofiga yig‘ib, ularga bu oyning ahamiyatini tushuntirish. Ertalab ham, kechki payt ham ahli oilaga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlaridan qisqacha suhbat qilib berish. Bunda u zotning xulqlarini, oliyjanobliklarini yoritib berish kerak. Buning uchun yuqorida eslab o‘tilgan adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

  5. Bolalarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bolajon bo‘lganlarini, sahobalari ichida kichik yoshdagi, o‘smir yoshdagi kishilar ko‘p bo‘lganini, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularning har birini alohida sevib, ehtirom qilganlarini misollar bilan aytish. Qiz juvonlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollarga ko‘rsatgan ehtiromlaridan so‘zlab berish.

  6. Xonadonni oila davrasida shu oyning biror kunini, masalan, 8, 9 yoki 12 kuni oilaviy mavlid yig‘ini uyushtirish va ushbu kunni o‘zgacha bir ko‘tarinki ruhda, shodiyonalikda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish.

  7. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavalludlari xursandchiligi, u zotning tavallud kunlari bolalarning zehnida yaxshiroq o‘rnashishi uchun shu kunda bolalar uchun sovg‘alar tashkil qilish, ularning qalblariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan muhabbat o‘yg‘otishga xizmat qiladigan ishlarni amalga oshirishni unutmaslik kerak. Sovg‘alarni ularga topshirishda «Bu senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuhfalaridir, suyunchilaridir», deb ta’kidlash ham foydadan xoli emas.

  8. Imkoni borlar ushbu oyda mavlid yig‘inlari uyushtirib, marosimni risoladagidek o‘tkazishsa, xayrli ish bo‘ladi, in shaa Alloh.