Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MINBAR ISSIQMI?

O‘zimcha o‘ylab qoldim: Bular nega minbarni issiq deyishyapti, axir masjidga borgan odam biladiku, minbar hech qachon issiq bo‘lmagan, aksincha sovuq bo‘ladi va jamoat namoz o‘qiydigan xonada bo‘ladi, agar xona issiq bo‘lsa, imom ham issiq joyda, sovuq bo‘lsa, imom ham el qatori sovuqda o‘tiradi. Namozxon bo‘la turib nega shu oddiy narsani bilishmas ekan bular?


MINBAR ISSIQMI?

Oxirgi paytlarda imomlarni issiq minbarda o‘tirib olib xalqni sabrga chaqirishda ayblaydigan kaltafahmlar ko‘payib qoldi. Allohning fazli bilan, masjidlarda xizmat qilish nasib etganiga yigirma yildan oshgan bo‘lsa, shu paytgacha birorta masjidda issiq minbar ko‘rmaganman. Ko‘rganlar bo‘lsa, aytsin. Imom o‘ziga alohida issiq xona qilib olib, o‘sha yerga minbar qo‘yib olganini hech ko‘rganmisiz? Qaysidir din ahlida ibodatxonalarida alohida ajragan xona bo‘lsa bordir, ammo masjidlarda unaqa gap yo‘q, imom jamoat bilan bir xonaqohda namoz o‘qiydi. Aksincha, hozirda ko‘p masjidlarning yeri isigani uchun odamlar imomdan ko‘ra issiqroq joyda ibodat qilishmoqda. Masalan, men qish kunlarida masjiddagi suhbatlarda har doim sovqatib qolaman, chunki men o‘tirgan joy – minbar isimaydi, ammo jamoatning tagidan issiq o‘tib turadi. To‘g‘ri, qaysidir masjidlarda xonalar yetarlicha isimagan bo‘lishi mumkin, u holda imom ham boshqalar qatori o‘sha sovuq xonada namoz o‘qiydi, maxsus issiq joyda emas.

Bordiyu, agar minbar issiq bo‘ladi deb faraz qilinganda ham, imom minbarda yashamaydi, o‘z uyida yashaydi, baraka topgur. Uyi esa el qatori mahallada yoki oddiy domda joylashgan. Masalan, men maxsus hududda yashaydigan birorta imomni bilmayman, bilganlar bo‘lsa aytsin. Kattaroq amaldor borligi uchun qaysidir mahallada gaz o‘chmaydigan bo‘lishi mumkin, ammo birorta imom tufayli uning mahallasi yoki uyiga alohida sharoit umuman yo‘q, bo‘lmagan. Aslida, odamlarga ustozlik qilayotgan imom domlaga shunday sharoit qilib berilsa ham arziydi, ammo hozircha ilmni u darajada qadrlay olganimizcha yo‘q.

Qolaversa, imom minbarda nari borsa bir haftada bir soatgina bo‘ladi, boshqa payt masjid hujrasida, o‘z uyida yashaydi. Bunda u el qatori kun ko‘radi, hech qanday maxsus sharoit yo‘q. Xo‘sh, nega hadeb unga issiq minbarni pesh qilaverasiz?

Xullas, imomlar hamisha xalq bilan birga bo‘lib kelgan va hozir ham shunday. Ularni alohida toifaga ajratish odatda ateistlarning qarashi va ularga bilib-bilmay ergashadiganlarning kasali, ammo haqiqiy namozxonlar bunday shaytoniy iddaodan yiroqdir.

Imomlarga bunday tutruqsiz ta’nani o‘sha dinsizlar qilsa, xafa bo‘lmaysiz, chunki ular masjidga bormagan, ko‘rmagan, minbar nima, mehrob nima, xonaqoh qayer, imomning vazifasi nima, bilishmaydi, doimgidek taxmin bilan valdirashadi. Ularni tushunsa bo‘ladi. Ammo o‘zini musulmon deb bilgan, namoz o‘qiydigan, o‘sha imomlar ortida ibodat qilib turgan kimsalar bunday tuhmatni qilsa, nima deyish mumkin?

O‘zimcha o‘ylab qoldim: Bular nega minbarni issiq deyishyapti, axir masjidga borgan odam biladiku, minbar hech qachon issiq bo‘lmagan, aksincha sovuq bo‘ladi va jamoat namoz o‘qiydigan xonada bo‘ladi, agar xona issiq bo‘lsa, imom ham issiq joyda, sovuq bo‘lsa, imom ham el qatori sovuqda o‘tiradi. Namozxon bo‘la turib nega shu oddiy narsani bilishmas ekan bular?

Xayolga ikkita ehtimol keldi:

Birinchisi, ular haftada faqat juma kuni masjidga borishadi va o‘shanda ham azonga qadab borishgani uchun yopiqdan joy topolmay ko‘chada namoz o‘qishadi, tashqaridagi o‘zlariga o‘xshagan kech qolganlarni ko‘rib bor jamoat shu deb o‘ylashadi, imom ovozi eshtilib, o‘zi ko‘zga ko‘rinmagani uchun uni bir o‘zi maxsus issiq xonada namoz o‘qiydi deb gumon qilishadi, shundan imomni yomon ko‘rishadi, uni xalqni sovuqda qoldirib, o‘zi issiq xonaqohda namoz o‘qishda ayblashadi. Masjidning ichiga kirib ko‘rishmaganda, nima qilsin bechoralar, bilishmaydi. Shuning o‘rniga sal ertaroq kelishsa, xonaqohga kirishardi va imom odamlar bilan bir xil sharoitda namoz o‘qiyotganiga guvoh bo‘lishardi, ortiqcha gapga o‘rin qolmasdi.

Ikkinchisi, hasad, taassub ko‘zlarini ko‘r qilgani uchun oddiy voqelikni ko‘rmaydi, haqiqatni inkor qiladi, imomlarga ochiq tuhmat qilib bo‘lsa ham ularning obro‘siga tajovuz qilishadi, hamma narsaga, hatto uyda xotini janjal qilsa ham, imomlarni aybdor qilgisi keladi, shu bilan o‘zlarini xalqparvar, haqiqatparvar qilib ko‘rsatishga urinishadi va hokazo.

Minbarni issiq deb o‘ylaydigan janoblarga bir taklif bor: minbarni issiq joy deb o‘ylab havas qilayotgan yoki siqilayotgan bo‘lsanglar, marhamat, masjidga kelinglar, minbarni ko‘rsataman, bemalol o‘tirib ko‘rasizlar, issiqmi-sovuqmi, o‘zlaring tanganglarda his qilasizlar. Keyin nima desanglar ham mayli. Eplasanglar, masjidga imom bo‘linglar-da, minbardan turib o‘zlaring aytishni talab qilayotgan gaplarni aytinglar, bir ko‘raylik, xohlasanglar, shu minbarda uxlab, yashashinglar ham mumkin, shaxsan mening qarshiligim yo‘q. Bir haftada yarim soat ishlaydigan minbardan yana nimalar talab qilasizlar, bilmadim.

«Yo‘q, biz aynan minbarning o‘zini emas, masjidlar issiqligini aytyapmiz», desangiz, unda o‘sha masjidda siz ham namoz o‘qiyapsiz, faqat imom domla emas. Qolaversa, masjid issiq ekan degani domlaning uyi ham issiq yoki domla oilasi bilan masjidda yashaydi, unda gaz-svet muammosi yo‘q, degani emas. Masjidning issiqligidan manfaat olishda domlaning jamoatdan imtiyozli joyi yo‘q. Buni unga ta’na qilish g‘irt ahmoqlik.

Shuni bilish kerakki, imom ham boshqa odamlar qatori o‘z vakolati doirasida ish yurita oladi, qo‘lidan kelgan ishni qiladi, qurbi yetmaganida sabr qiladi va boshqalarni ham sabrga chaqiradi. Sizning uyingizda svet o‘chganda domlaning uyida ham svet o‘chadi. Siz gaz balonga, o‘tinga chopganingizda mahlladagi domlangiz ham siz bilan gaz balon uchun navbatga turib, bozordan o‘tin sotib oladi. Uning uyiga birov alohida gaz yoki tok tortib bermagan. Imom unga bunga iltimos qilib yurib masjidda sharoitni yaxshilagan bo‘lsa, o‘sha sharoitdan siz ham bahralanyapsiz, boshqalar ham. Buning uchun unga rahmat aytsa arziydi, chunki bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, mashaqqatini ishlagan odam biladi. Hech jahonda imom faqat o‘z xonasini isitib, xonaqohni tashlab qo‘ygan emas. Imom yana nima qilib bersin sizga? Gaz-svet talab qilib xalqni ko‘cha olib chiqishi kerakmi? Agar ulardan shuni talab qilmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun imom bo‘lish shart emas, har qanday faol odam xalqni to‘plab, muammoga yechim so‘rab chiqishi mumkin. Imomning bunga qurbi yetmabdi, marhamat, o‘zingiz bosh bo‘lib odamlarni to‘plab chiqing, muammoni hal qiling. Sizni nima to‘syapti?

Nega sizning uyingizdagi gazni imom hal qilib berishi kerak? Uning bu borada sizdan ortiq imtiyozi yo‘q, siz unga qo‘shimcha vakolat bergan joyingiz ham yo‘q. Energetika vazirligiga muroajaat qiling, ulardan talab qiling, kerak bo‘lsa, yo‘l ko‘rsating, marhamat, ammo siz bilan bir xil sovqatib o‘tirgan qo‘shni domlani ayblamang. Deputatlarni nega saylagansiz, boring, o‘shalardan talab qiling, bu muammoni ular yetkazishi, hal qilishi kerak. Ularga g‘ing demaysiz, gapingiz o‘tmaydi, bitta formali kelib: «Nima gap?» desa, sichqonning uyi ming tanga bo‘ladi. Yana uyda o‘tirib olib karillash nimasi? Nima, kuchi yetganni qopib, kuchlilar oldida dum qisishmi bu? Uyingiz sovib ketsa, alamini domladan olasizmi? Aybdorlar bir chetda qolib, boshqalarni ayblash qachondan beri haqiqatparvarlik bo‘lib qoldi?

Biz huquqiy davlatda yashayapmiz, marhamat, haqqingizni qonuniy yo‘l bilan egasidan talab qiling, muammoga tizimli yondashing, yechim toping, agar chindan xalqparvar bo‘lsangiz, uyda o‘tirib olib ig‘vo qilguncha, vaziyatdan chiqishda amaliy ko‘maklashing. Agar bunga aqlingiz yetmasa, eplay olmasangiz, unda jim o‘tiring, muammoga hech bir aloqasi bo‘lmagan odamlarni ayblab obro‘ orttirishga urinmang, soxta yo‘l bilan o‘zingizdan xalqparvar yasamang, boshqalarni emas, o‘zingizni ayblang.

Gaz-svet tanqisligi hammamizning muammoyimiz. Kimlardir shu sohadagi kishilarni poraxo‘rlikda ayblab chiqyapti. Bu ham yechimmas. Aslida o‘shalarga pora berayotganlar ham o‘zimiz, ularni mansabi bilan tabriklaydigan ham o‘zimiz, gaz-svetni o‘g‘rilayotganlar ham o‘zimiz, uni isrof qiladigan ham o‘zimiz, shu xalq, boshqasi emas. O‘sha amaldorlar ham osmondan tushgan emas, o‘zimiz tarbiyalagan kishilar, oshna-og‘ayni, qarindoshlarimiz, qo‘ni-qo‘shnimiz. Ularni hozir ayblash bilan ham hech narsa o‘zgarmaydi. Baqir-chaqir qilasiz, ertaga kun chiqsa, shu bilan hamma narsa unutilib, yana kun o‘tishi bay bo‘lib, yashayveramiz. Muammo bunday hal qilinmaydi.

Avvalo har bir sohadagi muammoni o‘z egalari bilan muhokama qilish kerak. Gap o‘zi nimada, muammoni qanday hal qilish mumkin, buni ular hammadan yaxshi biladi. Ikkinchidan, siz shu sohada kimlarga vakolat bergansiz, talabni o‘shalardan qiling. Xotiniga gapirishga duxi yetmay, bolalarini so‘kadigan ahmoq bo‘lmang. Uchinchidan, muammoning ko‘lamini avval anglab, vaziyatni o‘rganib, keyin so‘z suring, kallangizga kelgan gapni sayrayvermang, javobgarligi bor. To‘rtinchidan, soha vakillaridan muammoning yechimini, bu boradagi aniq rejalarni va ularning amaliy tatbiqini talab qilib oling. Ular shu ishlariga oylik olishadi, maoshlari halol bo‘lishi uchun bor quvvatlarini ishga solishga mas’uldirlar. Ayrimlar o‘ylagandek, buning uchun hamma odam energetika sohasida o‘qib, mutaxassis bo‘lishi shart emas, yetarlicha kadr bo‘lib, ular o‘z vazifasini vijdonan, ilm bilan bajarishsa bas, bu ular ado etishi kerak bo‘lgan farzi kifoya, qolganlar ulardan toqatlari doirasida talab qiladi, yetmaganiga sabr qiladi.

Yana bir gap. Qish kelganda to‘s-to‘palon qilib, bahordan muammoni unutib yubormaslik kerak, yozda qishning g‘amini yeyish, muammoni tizimli hal qilishga o‘rganish kerak. Bu boradagi ojizliklarni, loqaydliklarni baqir-chaqir bilan yopishga urinmang, aybni tan olib, muammoni sabr bilan yengib o‘tishga o‘rganing.

Eng muhimi, barcha ishda Alloh taolodan yordam so‘rang, tavfiq tilang, zero, Uning iznisiz va ilmisiz bir yaproq ham yerga tushmaydi.

Bu satrlardan maqsad birovga aql o‘rgatish yoki birovni aybsitish emas, balki shu birgina mavzu misolida o‘z holimizga bir qiyo boqish, masalaga to‘g‘ri yondashishga urinish, ahli ilmlarni besabab obro‘sizlantirishdan ogohlantirishdir. Foydali so‘zlar bo‘lsa, Allohdan, kamchiliklar insoniy qusurimizdandir.

Alloh taolo barchalarimizga sabru sabot, soha mutaxassislariga insofu tavfiq, ilmu himmat va kuch-quvvat bersin.