Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

FOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANG

Ateistlarga tegishli bir betayin, vasvasa guruh bor, ismi jismiga mos, «o‘qlar»i doim xato ketadi. Yolg‘onu tuhmat, soxta xabar, sharmanda montajlardan o‘tib tarixni savodsizlarcha buzishdan ham or qilishmaydi. Bularning tarbiya ko‘rmagani aniq, ammo ayrim maqolalarini ko‘rib, bular maktabda ham tuzuk-quruq o‘qimagan, tarixni-ku umuman o‘rganmagan degan xulosaga kelasiz yoki qalblaridagi marazlari ularni shu ahvolga solgan.


FOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANG

Ateistlarga tegishli bir betayin, vasvasa guruh bor, ismi jismiga mos, «o‘qlar»i doim xato ketadi. Yolg‘onu tuhmat, soxta xabar, sharmanda montajlardan o‘tib tarixni savodsizlarcha buzishdan ham or qilishmaydi. Bularning tarbiya ko‘rmagani aniq, ammo ayrim maqolalarini ko‘rib, bular maktabda ham tuzuk-quruq o‘qimagan, tarixni-ku umuman o‘rganmagan degan xulosaga kelasiz yoki qalblaridagi marazlari ularni shu ahvolga solgan.

Nima emish, arablar Islomdan oldin forslar ta’sirida bo‘lib, ezilib yashaganmish. Shunaqa ham ahmaqona gap bo‘ladimi?! Avval o‘qi, o‘rgan, keyin gapir, deydigan odam yo‘q. Shuning uchun butun boshli tarix fanini bosqinchlik maqsadiga yo‘naltirgan mustashriqlar va manfur mafkuraga bo‘ysundirgan komunistlarning kitoblaridan boshqa manbalardan ham o‘qib turish kerak.

Birinchidan, arab xalqi juda katta hududda yashagan bo‘lib, Islomdan oldin ularga zardushtiylik emas, nasroniylikning ta’siri katta bo‘lgan. Arab yarim orolidagi arablarning yahudiy va nasroniy olimlarni e’zozlashgani ham shundan. To‘g‘ri, ayrim arab yurtlari forslarning qo‘l ostida bo‘lgan, lekin siyosiy hukmronlik diniy yetakchilikni har doim ham anglatavermaydi.

Tarixdan ma’lumki, Arab yarim oroliga na Rum, na Fors hukmronlik qilgan, ular bu mintaqaga qiziqmagan ham. Bepoyon cho‘llar beminnat qo‘rg‘on bo‘lib xizmat qilgan. Faqat yamanliklar Efyupiya bosqinidan qutilish uchun forslardan yordam so‘raganda, ular bosqinchilarni quvib chiqarib, o‘zlari Yamanni egallab olgach, u yerda o‘z e’tiqodlarini yoyishga uringan, ammo bu uzoqqa bormagan, ko‘p o‘tmay u yer ham Islom bilan munavvar bo‘lgan. Boshqa mintaqalardagi arablar yo johiliyat shirkiga berilgan bo‘lgan, yoki nasroniy bo‘lgan. Xususan, o‘sha paytdagi arab jazirasiga forslar umuman yaqin bormagan. U paytda arablar tarqoq, ko‘plari ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi bo‘lib, qabila-qabila bo‘lib yashashrdi. Tarixni o‘qigan odam biladiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlik paytlarida nasroniylar bilan ko‘p bordi-keldi bo‘lgan, ammo forslar bilan unday holat kuzatilmagan. Shuning o‘zi ham forslarning arab jazirasiga nisbatan ta’siriga baho berish uchun yetarli.

Navro‘z bayrami faqat forslarda emas, deyarli barcha Sharq xalqlarida mavjud bo‘lgan. To‘g‘ri, ko‘pchilik bu bayramni majusiylik bilan bog‘laydi va aynan forslarning hukmronligi ostida tarqaganini ta’kidlaydi. Biroq, uning ommalashuvida e’tiqod emas, o‘sha paytdagi turmush tarzining ta’siri katta bo‘lgan. U paytlarda odamlar asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangani uchun bahor fasli ularning hayotida o‘zgacha ahamiyat kasb etgan. Qadimgi misrliklarda ham navro‘z bayramini nishonlangani manbalardan ma’lum. Qohiralik tarixchi alloma Maqriziy (vaf.1441m) zikr qilishicha, hatto 10 hijriy asrlarda ham Misrda navro‘z bayrami nishonlar, unda musulmonlaru nasroniylar qatnashishar ekan.

Makka ahli dehqonchilik bilan shug‘illanmagani, qish-bahor fasllari sezilmagani uchun navro‘z bayramini bilishmagan. Ammo yasribliklar bahorda navro‘z va kuzda mehrijon bayramini qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Yasribga hijrat qilib kelganlarida ular navro‘z bayramini nishonlashar edi. U zot bu bayram haqida ulardan so‘rab bilganlar va o‘shanda navro‘z va mehrijon o‘rniga ramazon va qurbon hayitlari diniy bayram qilinganini aytganlar.

Demak, ayrim arablar Islomdan oldin navro‘z bayramini nishonlashgan, bu ularning ham bayrami hisoblangan, maqolada aytilganidek, ular navro‘zga o‘xshash bayram qilishni asrlar osha o‘ylab yurmagan, bevosita navro‘zni nishonlab qo‘ya qolishgan. Keyinchalik tark etganlar ham, boshqalarga qilmaslikni tavsiya qilganlar ham, e’tiqod yuzasidan yondashganlar, siyosiy manfaat ilinjida emas. Sal fikr yuritgan savodli odam bundan boshqa gapni qabul qila olmaydi.

Islom milliy bayramlarni yoki bayramlarning milliy-odatiy shaklini inkor etmagan, ammo buzuq e’tiqodga oid tushunchalarni va odatlarni bartaraf etgan. Sog‘lom aql shuni taqozo qiladi. Zotan, Islom bus-butun raso din, chala yoki omuxta din emas. Unda har bir ish, har bir tushuncha aniq asoslarga suyanadi va bir ipga tizilgan, shuning uchun unda ziddiyat yo‘q, haq bilan botil aniq ajragan. Islomni yaxshi o‘rgangan kishi buni yaxshi anglaydi.

Arablar navro‘zni hukmronlikni kengaytirish uchun inkor qilgan degan gap tentaklikdan boshqa narsa emas. Chunki ayrim umaviylar, abbosiylar xalifalari navro‘zda forslarga hadyalar berishgani naql qilinadi. Ba’zi fiqhiy kitoblarda navro‘zni nishonlash haqida aytilgan fatvolar esa arabu ajam olimlar tarafidan e’tiqodiy masala o‘laroq qayd qilingan, uning millatga hech bir aloqasi yo‘q.

O‘sha safsata maqolada yana Islom zardushtiylikdan olingan deb da’vo etilgan. Bu gapni aytish uchun odam aql va ilm degan ne’matlardan butkul bebahra bo‘lishi kerak. Zardushtiylik tarixini o‘qigan odam biladiki, holat aksincha bo‘lgan. Bu dinning asoschisi hisoblangan Zardusht avval Falastinga borib, u yerda yahudiylardan diniy ta’limotlarni o‘rganib, yurtiga qaytadi va kam-ko‘stini o‘zi qo‘shib din deb iddao qiladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Zardusht diniy islohotchi deb ko‘rsatiladi, asoschi emas. Har nima bo‘lganda ham, u o‘z ta’limotlarini o‘sha paytda mavjud bo‘lgan samoviy dinlardan olgan. Demak, Islom zardushtiylikdan emas, zardushtiylik avvalgi Islom ta’limotlari – samoviy din payg‘ambarlarining ilmlaridan o‘zlashtirilgan.

O‘sha beburd maqolada yana arablar Makedoniya (Yunoniston) podshohi Aleksandr Makedoniskiyni «Iskandar Zurqarnayn» nomi bilan o‘zlashtirib olishgani iddao qilingan. Zurqarnayn bilan Aleksandir ikkita shaxs ekani haqida tafsirlarda, islomiy manbalarlarda ma’lumot to‘lib yotibdi. Bu haqda ulamolar alohida ilmiy maqolalar ham yozishgan. Ammo savodsiz mualliflar odatda Islom haqida uzdi-yuldi ma’lumotlarga tayanib aljiraganidek, bu mavzuda ham o‘zicha donolik qilaman deb xol qo‘yibdi. Nima ham derdik, bechoralarning bo‘lgani shu, jaholatdan tubanlashib ketishgan va har zamonda shunaqa vaysab qalbdagi olovlarini biroz pasaytirishga intilishadi chog‘i. Qolaversa, bu kabi tutruqsiz iddaolar ularning ilmiy haqiqatlarga, voqelikka nisbatan qilgan boshqa xiyonatlari oldida hech narsa emas.

Maqolada ilmiy va fikriy xatolar juda ham ko‘p, g‘ij-bij bijigan safsatalar. Hammasiga to‘xtalishni ep ko‘rmadim, bunga vaqt ham yo‘q. Biroq, ayrimlariga ishora qilish bilan sizlarni biroz ogohlantirib qo‘yishni lozim topdim. Shu bilan birga, maqola manzilini tarqatishni ham ravo ko‘rmadim, o‘quvchi o‘zi izlab topar yoki ushbu ma’lumotlar bilan qurollanib olsa, shu ham kifoya.

Xullas, azizlar, fosiq bir gap aytsa, darrov ishonib ketmang, yaxshi tekshiring, o‘rganing va boshqa manbalarga nazar soling, toki keyin afsus qilib qolmang. Xuddi biladigandek dadil gap sursa, to‘g‘rimikin degan gumonda aldanib qolmaslik kerak. Oddiy haqiqatlarni inkor qilishga o‘rgangan manqutrlar va o‘z maqsadi yo‘lida har qanday qabohatga tayyor bo‘lgan kazzoblardan har qanday razolatni kutish mumkin. Ogohlik davr talabi.