Hasanxon Yahyo Abdulmajid
GAZ
Feysbukka kirsam, hammayoqni gaz bosib ketibdi. Hatto gazetalarda ham gaz. Kimni qaramang, gaz-gaz deb gazini bosyapti. Ayrimlar gaz bermayapti deb odamlarga gazini berib yotibdi. Ommani bunaqa gazlash yaxshimas. Bir gaz olsa, keyin to‘xtatib bo‘lmay qoladi. To‘g‘ri, hammayoqni gazlashtirish kerak, har bir uyga gaz kirishi kerak, bo‘lmasa, shunaqa gazlayveriladi, ammo, keyin gazimiz chiqib qolmasin deb ham xavotir oladida odam.

Gazandalarga farqi yo‘q, odamlarni gazlab qo‘yib, keyin gazlanganlarni tomosha qilib o‘tiraverishadi, oqibatda esa gazpurushlar almashadi, xolos, baribir gazlashtirishmaydi. Shuning uchun gazni emas, o‘zni bosish kerak. Gazlasa ham, aql bilan, tizimli ravishda gazlash kerakki, gaplar quruq gaz bo‘lmay, aholi rostan ham gazlashtirilsin.
Ijtimoiy tarmoqlarda hamma gaz olaveradi, biroq, tashqariga chiqsa, ko‘pining gazi chiqib ketadi. Shuning uchun odamlarning gaziga juda ishonib ham bo‘lmaydi. Ikki en gazlama berib: «Bo‘ldi endi, gazlama», desa, ko‘pchilik gazagi ketib, gazlamay qoladi.
Tilni bir gaz qilib gaz degan bilan gaz bo‘lib qolmaydi-ku, axir. Gazonda gazli suv ichib yotib gazlasa, gaz kelarmidi?!
Aytishlaricha, ayrim g‘arazgo‘ylar gazni atay tutib turganmish. Qo‘yvor gazni, deb qo‘yvorsangda...
Ba’zilar gaz qo‘yvorganmi, bilmadim, hammayoqni gaz hidi tutibdi. Ayrimlarning gazi bor shekili, so‘zlari chalkashib yotibdi. Odam degani azgina gaz urib olsa, gazi bo‘lsa ham qiziqishga gazlayveradimi deymanda.
Gazchilar esa jim. Bilmadim, gaz qo‘yvorishganmi yoki gazlari yetarlimi, bir og‘iz ham gaz deyishmaydi. Yoki ularning gazlarini sug‘irib olishgan, umuman gaz yo‘q, shunga qimirlasha olmaydi. Ba’zi ishlarni ko‘rib o‘ylab qolasan, gazchilar ham gazchi shekilida, bo‘lmasa, shunchalar ham gazsiz qoladimi odam?!
Xullas, gazda gap ko‘p. Yetar shuncha gazlaganimiz, endi quruq gaz deyavermay, kerakli choralarni ko‘rib, hurriyat va taraqqiyot sari gazini bosish kerak.