Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»
Alloh hammalarimizni haqiqiy ilm ahlidan aylasin! Xalqqa to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ulamolar bor bo‘lsin, ular ummatning vijdoni hisoblanadi! Qit’ada ilm ahlining sharafi bilan birga mas’uliyati ham uqtirilgan.
ILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»
مَا الْفَضْلُ إِلَّا لِأَهْلِ الْـعِلْمِ إِنَّهُمُ *** عَـلَى الْهُدَى لِمَنِ اسْــتَهْدَى أَدِلَّاءُ
Ma’nosi:
Fazl, ustunlik faqatgina ilm ahliga xos, chunki ular hidoyat istaganlarga dalil ‒ yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib hidoyat ustida turadilar.
Nazm:
Faqat ilm ahliga xos fazlu ustunlik bari, chunki,
Hidoyat istaganga ko‘rsatib yo‘l haqda turgaylar.
وَقَدْرُ كُلِّ امْرِئٍ مَـا كَانَ يُحْسِنُهُ *** وَالْجَـاهِـلُونَ لِأَهْلِ الْعِلْمِ أَعْدَاءُ
Ma’nosi:
Kishining qadri uning qilgan yaxshiligiga qarab bo‘ladi.
Johillar ilm ahliga dushmandir.
Nazm:
Odamning qadri o‘lchangay u qilgan yaxshi ishlardan,
Ilm ahlini lekin jahl eli dushman chu tutgaylar.
فَـفُـزْ بِـعِـلْـمٍ وَلَا تَجْهَلْ بِهِ أَبَدًا *** النَّاسُ مَوْتَى وَأَهْلُ الْعِلْمِ أَحْيَاءُ
Ma’nosi:
Ilm bilan zafar qozon, hargiz undan johil qolma.
Odamlar o‘likdir, ilm ahligina hayotdir.
Nazm:
Ilm ol, quch zafar, hargiz ilmdan bahrasiz bo‘lma,
Odamlar barchasi o‘lgan, magar ilm ahli o‘lmaslar.
Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Tarjimon: Hasanxon Yahyo