
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
BU TUN...
1938 yili 4 oktyabr kuni yurtimizning eng sara gullari: olimlari, ziyolilaridan bir nechtasi Toshkentdagi Alvasti ko‘prik yonida zulm ila otib tashlangan. Ularning ichida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa ko‘plab ziyolilar bor edi.
BU TUN...
Hechdan ko‘ra kech deganlaridek, bugungi tarixiy kunni bee’tibor o‘tkazib yuborishga ko‘ngil yo‘l bermadi. Zotan, yurt ozodligi uchun borlig‘ini fido qilgan ulug‘larni unutish mumkin emas. Ularni xotirlab, haqlariga tilovatu duoda bo‘lish farzandlik burchimizdir.
1938 yili 4 oktyabr kuni yurtimizning eng sara gullari: olimlari, ziyolilaridan bir nechtasi Toshkentdagi Alvasti ko‘prik yonida zulm ila otib tashlangan. Ularning ichida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa ko‘plab ziyolilar bor edi.
Bular bir kechada yo‘q qilingan o‘g‘lonlar edi. Bu kabi qora kunlar, mudhish tunlar xalqimiz boshida juda ko‘p bo‘lgan. Yuz minglab qoriyu olimlar, boylaru mard kishilar qatag‘on qilingan. Ularning ozodlikka, hur fikrlilikka, iymonga talpinishdan boshqa ayblari yo‘q edi. Ular kufrni emas, iymonni, tobelikni emas, hurlikni tanlaganlari uchun o‘ldirildilar. Ular o‘z yurtlarida bosqinchi kuchlar tarafidan bosqinchiga, bosmachiga chiqarildilar va vaqti kelsa, o‘z yurtdoshlari ichidan iymonsiz bo‘lib sotilganlari tomonidan haqsizlik deya otildilar.
Yana ham bu yurt Alloh taoloning mo‘jizasi bilan, muxlis xalqimizning zaxmatlari bilan o‘zligini, dinini saqlab qolgan. Buyog‘iga ham O‘zi yordamchi bo‘lsin.
Alloh taolo barcha o‘tgan buyuk ajdodlarimizni O‘z rahmatiga olib, shahodatlarini qabul etsin va yurtimizdan yana o‘shandan vatan fidoiylari uzilmay chiqib borishini nasib aylasin.