
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
YURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYA
Haj ibodati boshidan oxirigacha Alloh va Uning Rasuliga taslim bo‘lish, itoat qilishdan iborat. Allohga hamdlar bo‘lsinki, ko‘pchilik hojilarimiz haj va umra ibodatlarini juda katta shavqu zavq bilan tugal ado etishga harakatda bo‘ldilar. Endi ularga safarning yakunini ham sunnatga muvofiq qilish munosibdir. Jumladan, hajdan qaytib yurtga kirib borayotganda qanday duo qilishga ahamiyat berib qo‘yishlari lozim.
YURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYA
Haj ibodati boshidan oxirigacha Alloh va Uning Rasuliga taslim bo‘lish, itoat qilishdan iborat. Allohga hamdlar bo‘lsinki, ko‘pchilik hojilarimiz haj va umra ibodatlarini juda katta shavqu zavq bilan tugal ado etishga harakatda bo‘ldilar. Endi ularga safarning yakunini ham sunnatga muvofiq qilish munosibdir. Jumladan, hajdan qaytib yurtga kirib borayotganda qanday duo qilishga ahamiyat berib qo‘yishlari lozim. Zero, bu ishning muhimligi sababidan buyuk bobomiz imom Buxoriy ushbu mavzuga alohida bob ochib, uning sarlavhasida biz so‘z yuritayotgan masalaga urg‘u berib o‘tgan va bobda bir hadisi sharifni keltirgan. U kishi «Sahih»da shunday deydi:
بَابُ مَا يَقُولُ إِذَا رَجَعَ مِنَ الْحَجِّ أَوِ الْعُمْرَةِ أَوِ الْغَزْوِ
HAJ YOKI UMRA YOXUD G‘AZOTDAN QAYTGANDA NIMA DEYILISHI HAQIDA
حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ r كَانَ إِذَا قَفَلَ مِنْ غَزْوٍ أَوْ حَجٍّ أَوْ عُمْرَةٍ يُكَبِّرُ عَلَى كُلِّ شَرَفٍ مِنَ الْأَرْضِ ثَلَاثَ تَكْبِيرَاتٍ، ثُمَّ يَقُولُ: «لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، آيِبُونَ تَائِبُونَ عَابِدُونَ سَاجِدُونَ لِرَبِّنَا حَامِدُونَ، صَدَقَ اللهُ وَعْدَهُ، وَنَصَرَ عَبْدَهُ، وَهَزَمَ الْأَحْزَابَ وَحْدَهُ».
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biron g‘azotdan yo hajdan yoki umradan qaytganlarida har tepalikda uch bor takbir aytar, so‘ng: «Laa ilaaha illallohu vahdah, laa sharika lah, lahul‑mulku va lahul‑hamdu va huva ’alaa kulli shay’in qodiir. Aayibuuna, taaibuuna, ’aabiduuna, saajiduuna, lirobbinaa haamiduuna. Sodaqolloohu va’dah, vanasoro ’abdah va hazamal‑ahzaaba vahdah»,* der edilar».
Duoning ma’nosi: «Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk Unikidir va hamd ham Unga xosdir. U har bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytuvchilarmiz, tavba qiluvchilarmiz, ibodat qiluvchilarmiz, sajda qiluvchilarmiz va Robbimizga hamd aytuvchilarmiz. Alloh O‘z va’dasida sodiq bo‘ldi, bandasiga nusrat berdi hamda yolg‘iz O‘zi guruhlarni mag‘lub qildi».
Hojilarmizning hajlari mabrur, gunohlari mag‘fur, sa’lari mashkur bo‘lsin! Alloh taolo ularning ahdlariga vafo, ibodatlariga sabot bersin va hajlarining savobu ajrini saqlashni ham oson etsin!