Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?

Mo‘min‑musulmonlarning bir‑birlarini ziyorat qilib turishlari shariatda mustahab va juda ham savobli amallardan hisoblanadi. Bu borada bir qator hadislar vorid bo‘lgan.


HOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?

Mo‘min‑musulmonlarning bir‑birlarini ziyorat qilib turishlari shariatda mustahab va juda ham savobli amallardan hisoblanadi. Bu borada bir qator hadislar vorid bo‘lgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم: «أَنَّ رَجُلًا زَارَ أَخًا لَهُ فِي قَرْيَةٍ أُخْرَى، فَأَرْصَدَ اللهُ لَهُ، عَلَى مَدْرَجَتِهِ، مَلَكًا فَلَمَّا أَتَى عَلَيْهِ، قَالَ: أَيْنَ تُرِيدُ؟ قَالَ: أُرِيدُ أَخًا لِي فِي هَذِهِ الْقَرْيَةِ، قَالَ: هَلْ لَكَ عَلَيْهِ مِنْ نِعْمَةٍ تَرُبُّهَا؟ قَالَ: لَا، غَيْرَ أَنِّي أَحْبَبْتُهُ فِي اللهِ عَزَّ وَجَلَّ، قَالَ: فَإِنِّي رَسُولُ اللهِ إِلَيْكَ، بِأَنَّ اللهَ قَدْ أَحَبَّكَ كَمَا أَحْبَبْتَهُ فِيهِ».

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytib berdilar: «Bir kishi boshqa qishloqdagi birodarini ko‘rishga bordi. Alloh uning yo‘liga bir farishtani muntazir qilib qo‘ydi. Uning oldiga kelgach, «Qayerga ketyapsan?» dedi. «Shu qishloqdagi birodarimnikiga ketyapman», dedi. «Uning zimmasida sen foydasini ko‘radigan biror narsa bormi?» dedi. «Yo‘q, men uni Alloh azza va jalla uchun yaxshi ko‘raman, xolos», dedi. «Sen uni Alloh uchun yaxshi ko‘rganingdek, Alloh ham seni yaxshi ko‘rdi. Men Allohning senga shuni yetkazish uchun yuborilgan elchisiman», dedi».
Muslim rivoyati.

Demak, musulmon kishi bir birodarini hech qanday manfaat yoki boshqa bir maqsad ko‘zlamay, unga bo‘lgan muhabbat tufayli ziyorat qiladigan bo‘lsa, Alloh taolo uni yaxshi ko‘rar ekan. Alloh kimni yaxshi ko‘rsa, uning barcha ishlariga O‘zi kifoya qiladi.

 عن مُعَاذ بْن جَبَلٍ  رضي الله عنه قَال: «فَإِنِّي سَمِعتُ رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: «قَالَ الله تعَالَى :وَجَبَت مَحَبَّتِي لِلمُتَحَابِّين فِيَّ، وَالمُتَجَالِسِينَ فِيَّ، وَالمُتَزَاوِرِينَ فِيَّ، وَالمُتَبَاذِلِينَ فِيَّ».

رواه مالك وأحمد.

Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deyayotganlarini eshitdim:
«Alloh taolo: «Men uchun bir‑birini yaxshi ko‘rganlar, Men uchun birga o‘tiradiganlar, Men uchun bir‑birini ziyorat qiladiganlar va Men uchun bir‑birlariga bazl qiladiganlarga muhabbatim vojib bo‘ldi», dedi».
Imom Molik va imom Ahmad rivoyat qilgan.

Qarang, agar musulmon kishi boshqa bir musulmonni qarindosh bo‘lgani yoki boshqa biror rishta, manfaat sababidan emas, Alloh uchun yaxshi ko‘rib, Alloh uchun ziyorat qilib, u bilan Alloh yo‘lida o‘tiradigan bo‘lsa, Alloh taoloning muhabbati unga vojib bo‘lar ekan. Ya’ni Alloh azza va jalla uni albatta yaxshi ko‘rar ekan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ r: «مَنْ عَادَ مَرِيضًا أَوْ زَارَ أَخًا لَهُ فِي اللَّهِ، نَادَاهُ مُنَادٍ أَنْ طِبْتَ وَطَابَ مَمْشَاكَ، وَتَبَوَّأْتَ مِنَ الْجَنَّةِ مَنْزِلًا».

رواه الترمذي.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivot qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Kim bir bemorni ko‘rgani borsa yoki o‘zining Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Qutlug‘ bo‘lding. Bosgan qadaming ham qutlug‘ bo‘ldi va jannatdan manzil olding!» deydi».
Terimiziy rivoyat qilgan.

Bu ma’nodagi hadisi shariflar juda ham ko‘p. Ularning barchasi mo‘min‑musulmonlarning bir‑birlarini Alloh yo‘lida xolis ziyorat qilib turushlari qanchalar buyuk va muhim amal ekanini ko‘rsatadi.

Ochig‘ini aytganda, ko‘pchilik kishilar dindorlik, taqvo, Allohga qurbat deganda faqatgina ma’lum badaniy yoki moliyaviy ibodatlarni yoxud ilm olishu ta’lim berishnigina tushunadi va ushbu amallarga bor e’tiborni qaratadi, ammo o‘zaro muhabbat, ziyoratlashish ham ulug‘ va muhim ibodatlardan, qurbatga eltuvchi amallardan ekanini unutib qo‘yadi yoki bu ishlarni  shunchaki oddiy odamlar qiladigan ish yoxud uncha kerak bo‘lmagan amal deb qarab qoladi. Aslida esa ziyoratlashish ham ulug‘ savobli amallardan bo‘lib, o‘ziga xos ajru manfaatlari bor. Zero, har bir yaxshi amalning o‘z o‘rni, savobi va qalbga beradigan foydasi borki, uni boshqa joydan topib bo‘lmaydi.

Ziyoratlashishda ko‘plab ijtimoiy illatlar, musulmonlar o‘rtasidagi ixtiloflaru tushunmovchiliklar, buzg‘u adovatlar barham topadi va ularning o‘rnini o‘zaro muhabbat, samimiyat, xayrxohlik kabi xislatlar ekallaydi. Shu e’tibordan aytish joizki, xolis ziyoratlashish xususan ahli ilmlar va tolibi ilmlar uchun juda ham muhim va manfaatlidir.

Yaqin o‘tmishizga nazar solsak, kattalarning ziyoratlashish, mehr‑oqibat masalasiga ko‘p e’tibor berganlarini ko‘ramiz. O‘tgan asrda yashab o‘tgan juda ko‘p olimlarning hayotlarini o‘rganar ekansiz, ularning hamisha bir‑birlarini ziyorat qilib turishganiga, hech qanday takallufsiz, hatto umuman dasturxonsiz ham ziyoratlashib, shirin suhbatlar qurib, fikr almashib borishganiga va shunchaki hol‑ahvol so‘rash uchun qisqa muddatga ko‘rishib, bir‑birlarini ziyorat qilib turishganiga guvoh bo‘lasiz. Qiblagohimiz haftada bir kun ziyorat uchun vaqt ajratib, navbat bilan qarindosh va do‘stu yorlarning ziyoratlariga olib borar edilar. Afsuski, bugun ziyoratlashish sunnati ancha sustlashib, hatto vositalar orqali hol‑ahvol so‘rashga ham yaramay qolyapmiz. Alloh taolo holimizni isloh qilsin.

Sahobai kiromlar bir‑birlarini ziyorat qilib turishar, xususan, safardan kelgan kishini salomat qaytgani uchun tabriklab, u bilan quchoqlashib ko‘rishib, holidan xabar olishar edi. Hajdan qaytgan hojini ziyorat qilish ham ushbu umumiy tabrik va ziyorat ostiga kiradi.

Sha’biy aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ashoblari safardan kelganlarida quchoq ochib ko‘rishishar edi».

Oisha roziyallohu anho aytadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening uyimda edilar. U kelib, eshik qoqdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam kiyimlarini sudaragancha uning oldiga chiqib, u bilan quchoqlashib ko‘rishib, uni o‘pdilar».

Quvayt fiqh qomusida bu haqda shunday deyiladi:
«Tabriklash umuman olganda mustahabdir, chunki bunda bir musulmonning tabriku duolar bilan musulmon birodarining xursandchilik va shodligiga sherik bo‘lishi va musulmonlar o‘rtasida o‘zaro mehr‑muhabbat, rahmu shafqat qilish bor. Qur’oni Karimda mo‘minlarni yetishgan ne’matlari bilan tabriklash bor. Bu Alloh taoloning: «Qilgan amallaringiz evaziga yayrab yeb‑ichinglar», degan so‘zida kelgan. Bu oyatda biz «yayrab» deb tarjima qilgan so‘z tabriklash ma’nosidagi «tahnia» so‘zidan olingan.

Tabriklash Alloh taoloning shariatiga muvofiq bo‘lgan har qanday xursand qiladigan, saodat baxsh etadigan ishda bo‘lishi joiz. Jumladan, nikoh, farzand, hayit, yil‑oylar bilan tabriklash, safardan yetib kelgani uchun tabriklash, haj yoki umradan kelganda tabriklash, rizq bilan tabriklash, qiyinchikning kushoyishi bilan tabriklash va hokazo».

Ushbu matnda hajdan kelgan kishini tabriklash mustahab amal ekani ta’kidlanadi. Ziyoratdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri ham tabrik, xursandchilikka sherik bo‘lishdir. Shuning uchun shofe’iy va hanbaliy mazhabi ulamolari kishini safardan salomat qaytgani bilan tabriklash, u bilan quchoqlashib ko‘rishishni mustahab sanaganlarlar. Ulamolar safardan kelgan odamni kutib olish, u bilan ko‘rishish va salomat yetib kelgani shodligi uchun ziyofat qilishni mustahab amal deganlar. Bu ziyofatni, oldinda aytganimizdek, «an‑naqi’a» deb atashgan.

Hojini ziyorat qilish safardan qaytgan kishini ziyorat qilish o‘laroq mustahab sanalishi bilan birga, garchi hajdan qaytgan odamni ziyorat qilish borasida alohida ko‘rsatma bo‘lmasa‑da, bunga targ‘ib qiladigan ma’noga ega ayrim hadislar ham borligini aytib o‘tish joiz.

عن عبد الله بن عمر  رضي الله عنه عن النبي  صلى الله عليه وسلم قال: «إذا لقيت الحاج فسلم عليه، وصافحه ومره أن يستغفر لك قبل أن يدخل بيته؛ فإنه مغفور له».

رواه أحمد.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Hojini uchratsang, unga salom ber, u bilan qo‘l berib ko‘rish va uyiga kirmay turib sen uchun Allohdan mag‘firat so‘rashini iltimos qil, chunki u mag‘firat topgan kishidir», dedilar».
Imom Ahmad rivoyat qilgan.

Bu hadisda hoji bilan uchrashganda nimalarga e’tibor berish borasida ham tavsiyalar aytilmoqda.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، قَالَ: «قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِلْحَاجِّ، وَلِمَنِ اسْتَغْفَرَ لَهُ الحاجّ».

رواه الحاكم في المستدرك.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Allohim, hojini mag‘firatt qilgin va hoji mag‘firat so‘ragan kishini ham mag‘firat qilgin», dedilar».
Hokim «Mustadrak»da rivoyat qilgan.

وعَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ إِسْحَاقَ الْقُرَشِيِّ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ - صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ - قَالَ: «الحاجّ مَغْفُورٌ لَهُ وَلِمَنِ اسْتَغْفَرَ لَهُ إِلَى انْسِلَاخِ الْمُحَرَّمِ».

رواه أبو يوسف في الآثار.

Mu’oviya ibn Ishoq Qurashiy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan naql qiladiki, u zot shunday deganlar:
«Hoji va muharram oyi chiqqunicha u kimning haqqiga mag‘firat so‘rasa, mag‘firat qilingusidir».
Abu Yusufning «Osor»ida kelgan.

وعَنْ مُجَاهِدٍ، قَالَ: قَالَ عُمَرُ: «يُغْفَرُ لِلْحَاجِّ وَلِمَنِ اسْتَغْفَرَ لَهُ الحاجّ بَقِيَّةَ ذِي الْحِجَّةِ وَالْمُحَرَّمِ وَصَفَرٍ وَعَشْرٍ مِنْ شَهْرِ رَبِيعٍ الْأَوَّلِ».

مصنف أبي شيبة.

Mujohiddan rivoyat qilinadi:
«Umar roziyallohu anhu shunday dedi: «Hoji va kimning haqqiga hoji mag‘firat so‘ragan bo‘lsa, zulhijjaning qolgan kunlari, muharram, safar va rabi’ulavval oyining o‘n kunida mag‘firat qilinadi».
«Musannafi Abi Shayba»

Bu hadisishi shariflardan hojini ziyorat qilib, undan duo olish, xususan, haqqiga Alloh taolodan mag‘firat so‘rashini iltimos qilish marg‘ub ekani tushuniladi. Ayni paytda ulardagi ma’nolar hojilarga ham o‘ziga yarasha sharaf va mas’uliyat yuklaydi.

Xulosa qilib aytganda, hojini ziyorat qilish savobli, fazilatli ishlardan hisoblanadi, faqat bunda ziyorat odoblariga rioya qilishni unutmaslik lozim.