Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)

shariatni barcha zamonlarga mutanosib degan odam shariat borasidagi kitoblar ham barcha zamonlarga muvofiq bo‘lishini tushunishi kerak. Uni avvalgilar yozadimi, keyingilar yozadimi, farqi yo‘q, modomiki, shariatdan olingan bo‘lsa, umumiy ravishda u zamonlaru makonlarga yaroqli bo‘laveradi.


«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)

(Davomi. Bir muddat sahifadagi nosozlik sabab post qo‘yib bo‘lmadi. Fikr tugal bo‘lsin uchun va davomi bor deb aytilgani bois hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham deb ushbu post qo‘yilmoqda. Oldingi maqolaga ulab o‘qiladi.)

  1. Postdan iqbtibos:

«Bu hidning tarkibida ter hididan tashqari dinni dunyosi uchun xizmat qildirib, ya’ni suiiste’mol qilib, yaltiroq choponlarga burkanib olib, xalq ko‘zida “oliy maqom”da mustaqim bo‘lish istagi bor. Bu toifa:

  • hozirgi ma’noda olim emas – tadqiqot bilan shug‘ullanmaydi. Avvalgilarning kitoblaridan yodlab oladi va obro‘ orttirish uchun foydalanadi, biron-bir yangi gapga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqadi, chunki yangi gap uning “maqomi”ga tahdid qiladi».

Iqtibos tugadi.

Bu gaplar bir qaraganda aqllidek ko‘rinadi, aslida voqelikda yo‘q, shariatga zid, ahmaqona valdirash, xolos.

Birinchidan, shariatni barcha zamonlarga mutanosib degan odam shariat borasidagi kitoblar ham barcha zamonlarga muvofiq bo‘lishini tushunishi kerak. Uni avvalgilar yozadimi, keyingilar yozadimi, farqi yo‘q, modomiki, shariatdan olingan bo‘lsa, umumiy ravishda u zamonlaru makonlarga yaroqli bo‘laveradi. Agar muayyan zamon yo makonga oid hukmlar bo‘lsa, uning illati ahli ilmga ma’lum bo‘lgani uchun hech bir ilm kishisi uni hamma zamonga urib tiqib yurmaydi.

Ikkinchidan, avvalgilarning kitoblarini yodlash ‒ shariatni yodlashdir, dinni yodlashdir. Bugun ham tolibi ilmlar besh yuz oldin, ming yil oldin yozilgan kitoblarni yodlaydi. Ularni yodlash, haqiqatan obro‘, sharaf va bu ish shunga haqlidir. Ammo o‘sha ilmlardan bebahra bo‘lgan bechoralar Islom ummatiga xos bo‘lgan ushbu fazilatni pastga urgisi kelib o‘zichasiga aljirayverishadi.

Uchinchidan, bir savol tug‘iladi: Post egasi aytganidek, «dinni dunyosi uchun xizmat qildirib, ya’ni suiiste’mol qilib, yaltiroq choponlarga burkanib olib, xalq ko‘zida “oliy maqom”da mustaqim bo‘lish istagi bor» bo‘lgan birorta olimni kim biladi? Qani, birorta shunaqa olim bo‘lgan ekanmi? Bu quruq olib qochar gapning kimga keragi bor? Bu gaplar bizning olimlarimizni umuman tanimagan, ular haqida hech narsa bilmaydigan, komunistlarning, din dushmanlarining ig‘volari bilan qulog‘i to‘lgan, aldangan odamlarda yoki vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaydigan kishilarda bo‘ladi, xolos.

Masalan, ilgargilarni qo‘ya turing, so‘ngi to‘rt asrda o‘tgan Ikki Haram ulamolarini olasizmi, Hindiston, Buxoro yoki Farg‘ona olimlarini aytasizmi, Misr va Shom shayxlarini keltirasizmi, qaysi biri dinni dunyoga xizmat qildirgan ekan? Qani, o‘sha so‘zlovchi janob hech yo‘q besh‑o‘nta o‘shnaqa olimni keltirsin‑chi? Yo‘q, keltira olmaydi. Zero, shariat ilmlarini yod olgan odamlar o‘z‑o‘zidan dunyoqarashi keng va muxlis kishilar bo‘lgan. Shu bilan birga, voqe’lik esa aksincha, ayni shu asrlarda minglagan ulamolar dinini deb dunyolaridan ayrildilar, qatag‘on qilindilar, quvg‘un etildilar. Ulardan yana nimalarni talab qilishmoqchi?

Shuni bilish lozimki, dinini dunyoga sotgan birorta ham inson na oliy maqom topgan, na musulmon xalq oldida aziz bo‘lgan. Dinini sotib, oliy maqomlarda davri davron surgan olim yo‘q. Bunday holat boshqa din vakillarida bo‘lgan bo‘lsa bordir, ammo Islomda yo‘q, chunki Islom shariati barchaga ochiq, uni buzmoqchi bo‘lgan kishi o‘zi sharmanda bo‘lib qolaveradi.

Bu dinni, ya’ni din ilmini ummatning eng afzal kishilari ko‘kslarida ko‘tarib keladi. Bu ummatning ichida haqda sobit turadiganlar biror on uzilmagan va to qiyomatga qadar uzilmaydi. Ularga xilof qilganlar zarar keltira olmaydi. Nabaviy bashoratlar shuni ta’kid etadi.

Yana bir narsani unutmaslik kerak. Birorta olim amirlar, xalq oldida obro‘ topsa yoki badavlat bo‘lsa, shu bilan u dinini dunyoga sotgan bo‘lib qolmaydi. Islom tarixida aksar holatlarda amirlar hamisha olimlarni hurmat qilgan, chunki ko‘plari ilmdan boxabar bo‘lgan, ilmga muhabbatli bo‘lgan. Shuningdek, Alloh taolo ilmu hikmat egasini aziz qilishi, unga haybat berishi, odamlarning qalbiga unga nisbatan muhabbat solishi, uning rizqini keng qilishi bor gap. Bu Alloh taoloning fazli, istagan kishisiga beradi.

Milliy kiyim, ahli ilmlarning siymosi bo‘lgan chopon salbiy ruhda namoyon etilishi ham xatarli ishdir. Ko‘pchilik odamlar bilib‑bilmay shu kabi xato ifodalar bilan o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urganini bilmay qoladi. Postda bu xato ham o‘rin olgan.

«Avvalgilarning kitoblaridan yodlab oladi va obro‘ orttirish uchun foydalanadi, biron-bir yangi gapga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqadi, chunki yangi gap uning “maqomi”ga tahdid qiladi» degan gap ham xomxayoldan, olimlarni sha’niga nohaq hujum qilishdan boshqa narsa emas.

Mana shu ta’rifga tushadigan birorta tayinli odam bor ekanmi? Avvalgilarning kitoblaridan yodlab olib, uni obro‘ orttirish uchun ishlatgan qaysi olimni bilasiz? Kamiga “maqomi”ga tahdid bo‘lmasin uchun har bir yangi gapga tish‑tirnog‘i bilan kurashgan qaysi olim bor ekan?

Avvalo, qadimgi matnlarni yodlagan olim hech qachon zamon bilan kelishmay qomlaydi. Zamonga moslasha olmayotganlar qadimgi matnlarni yodlash emas, o‘qishga ham yaramagan chalasavodlardan chiqishi mumkin. Demak, post egasining bu yerdagi gapi ham nodonlikdan boshqa narsa emas.

Shu bilan birga, ayrim ahli ilmlarning ba’zi yangiliklarga biroz torroq qarashi Islomning asliyatini saqlashga bo‘lgan g‘ayratdan ham kelib chiqadi, dunyo ilinjida emas. Ularning shunday yo‘l tutishlarida ham hikmat bor, boshqalarni biroz hushyor qiladi. Qolaversa, bunday holatlar qanaqadir oliy maqomga tahdiddan qo‘rqib emas, zamon yangiliklarini qabul qilishdagi muammodan ham yuzaga keladi.

Olimlarning amalli yoki amalsizligi, dinini dunyoga sotgan yoki sotmaganligini siz baholay olmaysiz, chunki olimning dinga qanchalar amal qilayotganini o‘lchash uchun ham ilm kerak. Zero, omining nazdida amalsizlik ko‘ringan ish aslida ayni damda eng to‘g‘ri amal bo‘lishi ham mumkin.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu odamlarga nasihat qilib: «Hoy odamlar, sizlar o‘z fikringizni ayblanglar, unga ko‘p baho bermanglar. Biz Hudaybiyada Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tasarruflarini qabul qila olmaganmiz. Agar Alloh asramaganida, halok bo‘lar edik. Itoat bilan qutilib qolganmiz», derdilar.

Ba’zi yosh sahobalarda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ayrim tasarruflariga e’tirozlar paydo bo‘lgan edi, ammo ular odobni tutganlaridan xilofdan, halokatdan saqlanib qolishgan edi. Ularning e’tirozlari tajribiy jihatdan emas, aynan diniy ma’nodan kelib chiqqan. Ya’ni o‘sha o‘rinlarda dinga nisbatan o‘zlarini g‘ayratliroq bilishgan, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning tadbirlarini noto‘g‘ri deb xayollashgan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan fikrlari noto‘g‘ri ekanini, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tadbirlari to‘g‘ri bo‘lganini anglaganlar. Ammo Zulxuvayrisa kabilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamning tadbirlarini aynglay olishmadi. Chunki ular dinning fiqhidan bebahra kishilar edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh kimga yaxshilikni istasa, uni dinda faqih qiladi», ya’ni dinni chuqur anglaydigan qilib qo‘yadi, degan so‘zlari ayni shu holat ustida aytilgani ham bizga mavzuni yoritib beradi.

Umuman olganda, postdagi mazkur satrlarda ana’anaviy islomiy ilmlarga nisbatan bepisandlik, ulamolarning obro‘lariga g‘ayrlik, ularga nisbatan tahqir bo‘y ko‘rsatgan. Bunaqa “zamonaviy” musulmonchilik bir qaraganda najotga o‘xshab ko‘rinishi mumkin, ammo oqibati chatoq bo‘lishini hayot ko‘rsatib turibdi.

Tarixni o‘qinglar, ulamolarimiz ummatga qanchalar katta xizmat qilganlarini ko‘rasizlar. Mug‘ullarga qarshi kurashgan, ularning tig‘lariga ko‘ksini tutgan, keyin ularni musulmon qilganlar ulamolar edi. O‘sha bosqin ostida xalqqa shu sharoitda diniga qanday amal qilish, qanday qilib, dinini ham, jonini ham asrashni o‘rgatganlar ham ulamolar edi. Mug‘ul bosqinchilarini Islomga xizmat qiladigan, shariatni tatbiq qiladigan muxlis kishilarga aylantirganlar ham ulamolar edi. Salib yurishlarini daf qilishda ham asosiy tashabbuskorlar ulamolar bo‘lgan. Amirlarni zulmdan qaytarganlar ham, ular o‘rtasidagi nizolarda ko‘kragini qalqon qilganlar ham ulamolar bo‘lgan. Rus bosqinlarida xalqqa tirgak bo‘lganlar ham, komunistlarning tashviqotlariga qarshi ilmiy raddiyalar bilan kurashganlar ham, o‘shanday og‘ir vaziyatda jonini tikib xalqqa dinini o‘rgatganlar ham ulamolar bo‘ldi. Keyin ushbu “jinoyatlar”i uchun qatag‘on bo‘lganlar ham, zamon sal tinchishi bilan shamdek o‘zini fido qilib ziyo taratganlar ham ulamolardir. Ochig‘ini aytganda, yurtning mustaqilligi ortida ham ulamolarning juda katta mehnatlari bor. Bularning barchasi ana o‘sha an’anaviylikda ayblanayotgan jonkuyar olimlarimiz tarafidan amalga oshirilgan. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida dinga xizmat qilishda hozirgi ayrim tentaklarning ta’birida “saroy mullalari” hisoblangan ulamolarimizning hissalari katta bo‘ldi. Aynan ularning jiddu jahdlari, tadbirlari bilan xalqimiz yana o‘zligiga qayta bildi. Bu gapda hech bir mubolag‘a yo‘q, bu o‘zimiz yashagan hayot, bosib o‘tgan tariximizdir. Bu haqiqatni e’tirof etish burchimiz. Biz shuning uchun ham ulamolarimizni yaxshi ko‘ramiz, kamchiliklari bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat so‘raymiz. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Odamlarga yaxshilik o‘rgatadigan kishining haqqiga inidagi chumoli ham, dengizdagi baliqlar ham duo qilib, Allohdan mag‘firat so‘raydi»», deb marhmat qilganlar.

Shunga qaramay, ayrim dushman kimsalarning sizdirgan tashviqotlari ta’sirida fikri buzilgan kishilar o‘zlari bilib‑bilmay ulamolarni ayblashga ishqiboz, ayrimlari shu bilan kun ko‘radi. O‘zlarini surishtirsangiz, birovni ayblashdan, obro‘sizlantirishdan boshqaga yaramagan. Bunday yomon holatdan hamisha hazir bo‘lishimiz lozim.