Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

LIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLAR

"Dindor bo‘la turib falon ishni qilibdi", "Hijob o‘rab olib bunday debdi" deganda ham aslida din, hijob, soqol kabi narsalarning pok tushuncha ekanini tan olgan bo‘ladi. Hatto dinsizlar dindorlardan xavfsiraganda ham, ularga tahdid qilganda ham dinning ulug‘vorligi namoyon bo‘ladi.


LIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLAR

Oldingi postda sudyalarning o‘ziga xos kiyimi haqida savol bergandim. Ko‘pchilikdan ancha bama’ni javoblar va ma’lumotlar oldim. Barchalariga tashakkur. Ammo maqsad buning o‘zigina emas edi. Aytmoqchi bo‘lganim kiyimning ahamiyati xususida. Muloahazalarni raqamlab bermoqchiman:

  1. Sudyalarning kiyimlari, ayrim qarashlarga ko‘ra, aslida dunyaviy bo‘lgan esa ham, diniy kiyimlar bilan qorishib ketgan ekan. Rohiblarning kiyimi ham deyarli ayni shu shakldaligi so‘zimizni isbotlaydi. Ayrim talqinlarga ko‘ra, bu kiyim aynan diniy tushunchalarga tayanadi.

Demak, butun dunyoda inson zoti dinning ezgulik ramzi ekanini, adolat manbasi ekanini ruhi bilan, qalbi bilan tuyadi. Qaysidir nokas o‘zicha buzuq aqli bilan dinni inkor qilishga urinsa ham, uning ruhi ilohiy tushunchalarni tan olaveradi, shu bois, u o‘zi sezib sezmagan holda dinning ulug‘vorligini, kuchliligini turli ko‘rinishda e’tirof etadi.

"Dindor bo‘la turib falon ishni qilibdi", "Hijob o‘rab olib bunday debdi" deganda ham aslida din, hijob, soqol kabi narsalarning pok tushuncha ekanini tan olgan bo‘ladi. Hatto dinsizlar dindorlardan xavfsiraganda ham, ularga tahdid qilganda ham dinning ulug‘vorligi namoyon bo‘ladi.

  1. Kiyimning insonga ta’siri katta. Shuning uchun ham mahkamada hukm chiqaruvchilarga maxsus kiyim qabul qilingan. Buning xalqaro ahamiyat kasb etishi ushbu tuyg‘uda barcha insonlar mushtarak ekanini anglatadi.

Binobarin, ibo‑hayoni bildiruvchi kiyimlarni kiyish kishida ushbu xislatlarni mustahkamlaydi, rivojlantiradi. Aksincha, behayo, ochiq‑sochiq kiyinish insonning axloqini ham tubanlashtirib boraveradi. Zero, erkakdir, ayoldir kiyimi uning axloqidan darak berishi barobarida ichki olamiga ta’sir ham qiladi. Shuning uchun Islomda kiyinishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, nozik xilqat vakilalarining liboslari ularning asliyatlarini asrashga qaratilgandir.

Ayol‑qizlarning ibo‑hayoli bo‘lishi haqida quruq gap sotishning foydasi yo‘q, kiyimlari iboli bo‘lsa, shundagina ularda hayo xulqi to‘g‘ri shakllanadi va rivojlanadi. Boshqalarning nazarini tortadigan ochiq kiyimlarni kiyib olib, keyin men boshqalarni qaratmoqchi emasman, deyish o‘zi va o‘zgalarni aldashdan boshqa narsa emas.

  1. Kiyim odatan kishining ichki olamidan darak bo‘lsa‑da, ba’zan kishilarda nifoq xislati uchraydi. Unday odamlarning zohiri bilan botini o‘rtasida mutanosiblik bo‘lmaydi. Masalan, ayrim ayollarda hijob bor, ammo ibo yetarlicha bo‘lmasligi mumkin. Bu toifa ayollar yo ro‘molga endi kirgan, hali xulqi to‘g‘rilanmagan bo‘ladi, yoki ro‘molni urf‑odat mazmunida, yoxud tashqi ko‘rinishini jozibali qilish uchun o‘ragan bo‘ladi, xolos. Ammo ongli ravishda va ichki yetuklik bilan boshiga ro‘mol tashlagan ayolda hayo va axloq ham yuksak bo‘lishida shubha yo‘q.

  2. Sudyalarning kiyimi kuchli ta’sirga ega bo‘lsa‑da, uni kiyish bilan sudya odil bo‘lib qolmaydi. Balki, u adolatni kasb etishga ham urunishi ham kerak. Ammo kiyimi unga hamisha adolatni uqtirib turishi bilan u uchun boshqa  kiyimlardan ko‘ra munosib.

Kimdir iboli kiyimni kiyib olib, undan ta’sir olmasa, bu bilan kiyimning qadri tushib qolmaydi, shuni deb o‘sha salobatli kiyimni qoralash aqlsizlikdir. Bunday ziddiyatli holat barcha ijobiy narsalar atrofida hamisha topiladi. Sog‘lom inson oqni oq, qorani qora ko‘radi, faqat ko‘zi kasal odam ularni aralashtirib yuboradi.

Ayrim kimsalar ro‘mol o‘ragan ayollarimizni bir‑ikkita betayin yoki yonlanma odamlarining ishlari bilan yomonotliq qilishga urinmoqda. Xudosizlarning doimgi hiylasi shunday bo‘lib kelgan. Ular bitta voqeani ommalashtirish bilan odamlarning ongini zaharlashga, fikrlarini chalg‘itishga urinishadi.

Ammo bu “adolatparvar” janoblar qanchadan‑qancha sudyalarning adolat ramzi bo‘lgan kiyimida turib qilingan adolatsiz hukmlar haqida lom‑mim deyishmaydi, sudyaning nohaqligi bilan kiyimni ayblashmaydi. Bunday ikki xil standart o‘zi ularning axloqiga aylanib ketgan desak ham, xato bo‘lmaydi.

Adolatsiz sudyalar tufayli ularning kiyimlari yoki jamoalari qoralanishi nohaqlik bo‘lgani kabi ro‘mol, hijob, milliy kiyimlarni ayrim nobakorlarning qilmishlari tufayli yomonotliqqa chiqarrishga urinish ablahlikdan boshqa narsa emas.

  1. Har bir ishda g‘olibiga qarab baho beriladi. Bu dunyo noqis bo‘lgani uchun undagi hamma ishda nuqson bo‘ladi. Binobarin, hamma sohada, hamma joyda jamoa sha’niga nomunosib ish tutadigan odamlar bo‘lishi tabiiy. Shu bois, jamoalarga baho berishda g‘olibi olinadi.

O‘g‘ri, aroqxo‘r yoki qimorbozlar jamoasining ichida bitta‑ikkita eslisi bo‘lishi mumkin, ammo aksari nokas bo‘ladi. Nimadir sabab bilan insofini ushlab turgan o‘sha bitta‑ikkita odamni deb bu to‘dalarni yaxshi deb bo‘lmaydi, chunki ularning asl holi ko‘pchilikda namoyon bo‘ladi. Xuddi shu kabi ahli ilm, ahli Qur’on kishilar va ro‘mol o‘ragan muslimalarning axloqi ularning jamoalarida topiladi, ularga aralashib yurgan bir‑ikkita shaxsdan olinmaydi.

Ayrim dinsiz toifalar bor, bir‑ikkita ro‘mol o‘ragan qizdan biroz bedablik sodir bo‘lsa, nog‘ora chalib, iboli libosning qadrini tushurmoqchi bo‘lishadi. Holbuki, o‘zlari da’vat qilayotgandek ochiq‑sochiq kiyingan ayol‑qizlardan sodir bo‘layotgan axloqsizlik va jinoyatlarning son‑sanog‘i, chek‑chegarasi yo‘q, ular haqida bir og‘iz ham so‘zlashmaydi. Axir, fohishalar ham, norkamanlar ham, aroqxo‘rlar ham, o‘g‘rilar ham, qotillar ham ular targ‘ib qilayotgan ko‘rinishda kiyingan ayollar orasidan chiqmoqda. To‘g‘ri, biz kishining tashqi libosiga qarab unga baho bermoqchi emasmiz, chunki biz birovni boshqaning aybi bilan ayblashdan yiroqmiz. Agar dindorlar ham o‘sha agressiv ateistlarga o‘z yo‘llari bilan javob qaytaradigan bo‘lsa, ularning qochar joyi qolmasligi aniq. Biz buni ham targ‘ib qilmaymiz, chunki buning uchun o‘shalar bilan teng bo‘lish kerak, bu esa o‘zini bilgan odamga munosib emas. Biroq, borliq haqiqida noxolis mafkuraga ergashgan bu nomardlar hamma narsada shu buzuq o‘lchovlari bilan yo‘l tutishlarini, ular shu kabi pastkash uslublar bilan xalqni adashtirishga urinayotganini aytib o‘tmoqchimiz, xolos.

Dunyoda hozirda bir yarim millardan ortiq musulmon bor. Boshqa xalqlar, jamoalar va din vakillarida bo‘lgani kabi musulmonlar ichidan terrorchilar chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu jarayon aslida siyosiy‑ijtimoiy vaziyat va harakatlarga bog‘liq bo‘lsa ham, baribir bor holat. Xo‘sh, o‘sha terrorchilar sal kam ikki milliardga qarab ketayotgan ummat ichida necha foizni tashkil qiladi? Hammasini to‘plaganda ham, bir foiz chiqmaydi. Bu bir tutam odamni ko‘rib bashariyatning to‘rtdan birini tashkil qilib turgan din ahliga baho berishga urinish eng kamida haqsizlik va ablahlik hisoblanadi.

  1. Sudyalarning kiyimlari aslida G‘arbda shakllangan bo‘lsa ham ularni kiyishni hech kim milliylikka qarshi deb bilmaydi. Ammo ayrimlar o‘z milliy kiyimlarimizni o‘sha asl supo shaklida kiyilganidan vasvasaga tushadi.

Bu yilgi mustaqillik bayramida jadidchi bobolarning liboslarida qilingan chiqish ayrim toifalarni sal kam jinni qilib qo‘ydi. Ular o‘zlarini o‘zbek deb da’vo qilsa ham, o‘zbek farzandlari bo‘lsa ham, ular o‘zbeklikdan begona bo‘lgan kishilardir, garchi buni o‘zlari sezmasalar ham, tan olmasalar ham. Ularning jismlari balki o‘zbekdandir, ammo ruhiyatlari o‘zganiki bo‘lib qolgan.

  1. G‘arbda sudyalarning kiyimlarini rohiblarning kiyimlariga o‘xshash qilinishi ularning dinlariga bo‘lgan hurmati, qadryatlarini asrashga bo‘lgan harakatlarini ham anglatadi. Bu kabi ishlar ularda ko‘p.

Bu ularning qadryatlari ekan, xo‘sh, ming yildan ortiq dunyoni tebratgan biz musulmonlarda ham qadryatlar bormi? Biz ham o‘z qadryatlarimizni asrashga ana o‘shanday ehtimom berganmizmi? Afsuski, biz ag‘yorlarning bitiklaridan miyamiz to‘lib zaharlanganidan o‘zligimizdan qochadigan, ijirg‘anadigan, undan hurkiydigan va uni past sanaydigan bo‘lib qolganmiz. Ba’zi kishilarimiz o‘sha o‘zgalarning madaniyatiga shunchalar tobe bo‘lib ketganki, ular yechinsa, yechinadi, kiyinsa, kiyinadi, ular yalong‘ochlikni madaniyat desa, shuni ko‘tar‑ko‘tar qiladi, hamjinslar nikohini taklif etishsa, uni ham qabul qilaveradi va hokazo.

Ochig‘ini aytganda, hatto qonunlarni ham boshqalar tarjima qilib bersa, keyin qabul qiladigan bo‘lib qolganmiz, o‘zimiz qo‘limizda turgan o‘sha asl manbadan olishga botina olmaymiz, qiziqmaymiz ham. Ammo boshqalar kelib manbalarimizni o‘rganib, o‘zlariga moslashtirib, keyin bizga taqdim qilsa, ana o‘shanda biz uni qo‘rqmay qabul qilishimiz mumkin. Juda ham hayratlanarli holat.

Antik Rim qonunlaridan keltiring, Hind vedalaridan so‘zlang, Janubiy Amerika qonunlaridan ayting, hech bir e’tirozsiz fikringizni eshitishlari mumkin, ammo o‘z diningiz manbalaridan bu mavzuda so‘z ochsangiz, ba’zi bir o‘zbekman degan kishilar talvasaga tushib qoladi. Nega? Nega o‘z asliyatimizdan bunchalar qo‘rqamiz? Bularning barchasi o‘zligimiz, mafkuralarimizni bir tahlil qilishni taqozo etadi.

Gapirsa gap ko‘p, ayrim mulohazalarni sizlar bilan baham ko‘rgim keldi. Kamchiliklar bo‘lsa, ma’zur tutasizlar.