Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

FITNA QOTILLIKDAN YOMON

Negadir ayrim musulmonlarimiz fitnaga ishqiboz, mish‑mishga moil bo‘lishadi. Eng qizig‘i, o‘zlari dinparvarlik, dindorlik, din g‘amini qila turib, dinning eng muhim qoidalarini oyoqosti qilishadi. Aynan shunday holat kuni kecha yana takrorlandi.


FITNA QOTILLIKDAN YOMON

Negadir ayrim musulmonlarimiz fitnaga ishqiboz, mish‑mishga moil bo‘lishadi. Eng qizig‘i, o‘zlari dinparvarlik, dindorlik, din g‘amini qila turib, dinning eng muhim qoidalarini oyoqosti qilishadi. Aynan shunday holat kuni kecha yana takrorlandi.

Kun.uz muxbirlaridan biri o‘zbekistonlik haj va umraga boruvchilarga xizmat qilishi uchun tanlangan shirkatni ayblab, uni tanlashda Diniy idora mas’ullariga ta’na yetkazgan va ularning sha’niga noloyiq so‘zlar aytgan. Musulmonlar idorasini ayblashga ishqiboz bo‘lgan ayrim bolgerlar «fursatni g‘animat bilib», musulmonlar o‘rtasida fitna qilishdi. Ular tarqatgan xabar ostidagi mulohazalarda ham bir‑ikkita odamni hisobga olmasa, ushbu xabarlarga to‘g‘ri munosabat, xolis qarash, aqlli yondashuv yo‘q. Bularning barchasi o‘sha kishilarning diniy va ijtimoiy bilimsizligini yana bir bor namoyon qiladi. Shu munosabat bilan ayrim mulohzalarni ko‘pchilikka taqdim qilib, shu orqali boshqa holatlar uchun ham kerak bo‘ladi degan umidda quyidagilarni aytishni lozim topdim.

  1. Kun.uz muxbiri mazkur xabarni tarqatar ekan, rad etilgan shirkatning so‘ziga ishonib g‘alva ko‘targan, ammo ikkinchi tarafning javobini hali olmay turib, voqelikka aniqlik kiritmay turib, o‘z gumonlarini bor haqiqatdek talqin qilgan. Xabar oxirida O‘MI yozma ravishda murojat bo‘lsa, javob berishini aytgan muxbir bira to‘la shu javobni olgandan keyin xulosa qilishi, xabar tarqatishi kerak emasmidi? Uni bunchalar shoshmasharlikka nima majbur qiladi?

  2. Kuz.uz muxbirining gapini ulashgan bolgerlardan birortasi Idora mas’ullari sha’niga tosh otishdan oldin ulardan ushbu xabar haqida izoh so‘raganmi? Yo‘q, so‘rashmagan. Agar so‘rashganda, balki quyida berilgan izohlarni olib, musulmonlarning ishboshilari sha’niga qilgan tuhmatomuz so‘zlardan tiyilishgan bo‘lar edi.

Ushbu munosabatlarda bir qator shariy ko‘rsatmalar buzilgan. Jumladan:

Birinchisi, fosiqning xabariga suyanish. Bu haqda Qur’oni Karimda shunday deyiladi:

«Ey iymon keltirganlar! Agar biror fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar!»

Oyatdagi fosiq so‘zi keng qamrovli bo‘lib, shariat ahkomlaridan birortasiga xilof qilgan kishiga ham ishlatilishi mumkin. Oyatning oqimidan ma’lumki, bu yerda «fosiq» deganda xabar yetkazishda adolatsizlik qilgan, shariat talabini buzgan odam nazarda tutilgan.

Ikkinchisi, bir tarafni eshitib hukm qilish. Bu borada Dovud alahissalomning ikki kishi o‘rtasida hukm aytishda bir tarafning gapi bilan xulosa chiqarganlari, natijada, Alloh taolodan tanbeh eshitib, tavba qilganlari hikoya qilinadi (Sod surasi, 21‒26‑oyatlar). O‘shanda oyati karimada Alloh taolo Dovud alahissalomni nafsning xohishiga ergashib qo‘yishdan ogohlantirgan:

«Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoi nafsga ergashmaginki, seni Allohning yo‘lidan adashtirur. Albatta, Allohning yo‘lidan adashadiganlarga, hisob kunini unutganlari uchun shiddatli azob bordir».

Mazkur xabarni tayyorlagan va tarqatganlar aynan ushbu ikki qoida ‒ , birinchidan, xabar berish qoidasiga amal qilmagan kishining so‘ziga suyanmaslik, ikkinchidan, bir tarafning gapi bilan hukm chiqarmaslik talabiga rioya qilmaganlar.

Uchinchisi, musulmonning sha’nini bulg‘ashni yengil sanash. Holbuki sahih hadislarda musulmonning sha’ni uning qoni bilan tenglashtiriladi. Oddiy musulmon insonning sha’nini bulg‘ash uning qonini to‘kish kabi qoralanar ekan, musulmonlarga peshvo bo‘lib turgan ahli ilmlar borasida, butun bir musulmon jamoa haqida yanada ehtiyotkorlik lozim. Chunki bunda ish bir musulmoning obro‘si muammosi emas, balki butun musulmonlar orasida fitnaga yetib boradi.

To‘rtinchisi, badgumonlik. Alloh taolo aytadi:

«Ey iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir».

Badgumonlik og‘ir gunohlardan, qalbiy kasalliklardan sanaladi. Mazkur mish‑mishlarni tarqatish va ularga ishonib, musulmonlar sha’nini bulg‘ashga eng katta sabablardan biri badgumonlikdir. Agar biz bir‑birimizning haqimizda yaxshi gumonga o‘rganganimizda, bugungi ko‘p noxushliklar oldi olinar edi.

Beshinchisi, jiddiy mavzularda, ommaning ishida ish boshilarga, mutaxassislarga quloq solmay, o‘zboshimchalik qilish.

«Qachonki ularga eminlik yoki haq to‘g‘risida bir ish – xabar yetsa, uni har qayoqqa tarqaturlar. Agar uni Rosulga va o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va rahmati bo‘lmaganda, ozginangizdan bosh¬qangiz shaytonga ergashib ketar edingiz».

Niso surasidagi ushbu oyati karimada musulmonlar omonlik yoki xavfga oid xabarlarda ishning ko‘zini biladigan, soha mutaxassisi bo‘lgan va ilm ahli bo‘lgan kishilariga murojaat qilishlari uqtirilmoqda. Aks holda, shaytonning tuzog‘iga tushishlari hech gap emas ekan.

Oltinchisi, eshitganki gapni gapiraverish insonni yolg‘onchi qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kishining yolg‘onchiligiga eshitganki gapini gapirish kifoya qiladi», deganlar.

Yettinchisi, mazkur hukm va odoblar inobatga olinmagani uchun jamiyat o‘rtasida fitna qo‘zg‘atildi. Fitna esa qatldan yomonroq. Qur’oni Karim bu ma’noni ikki o‘rinda ta’kidlaydi. Zotan, fitna Islom ummati boshiga faqat kulfat keltirgan.

Usmon roziyallohu anhu, Aliy roziyallohu anhu va bir qancha katta sahobalar, tobeiylar fitnaning qurboni bo‘ldi. Roshid xalifani shahid qilganlar g‘ayridinlar emasdi, din da’vosidagi kishilar edi. Ular aynan ig‘voga uchib, xabarlarni tekshirmay va badgumonlik oqibatida ushbu jinoyatga qo‘l urishdi. O‘sha fitnaning yomon oqibatlari ummatni bugungacha bir muddat tark etgani yo‘q. Fitna ana shunday yomon, shuning uchun u qotillikdan ham xatarlidir.

Bundan 30 yil muqaddam Shayx Muhammad Sodiq Muhad Yusuf hazratlari muftiy bo‘lgan paytlarida ham odamlar u kishini hajni pulini o‘zlashtirish yoki shu kabi kurakda turmaydigan tuhmatlar bilan ayblashgan va odamlar shunga ham ishonavergan, qarsak chalib yuravergan. Fitnachilarning birortasi: «Axir haj yo‘q edi, uni Moskvadan ruxsatini olgan, bu borada eng asosiy ishni qilgan odam o‘zi shu kishi, hojilarning xarajatlarini Saudiya podshohligi bilan gaplashib, hatto bir necha yil bekorga, Podshohning mehmoni bo‘lib kelishlariga sabab bo‘lgan shaxs ham shu odam, u kishiga bunday tuhmat qilish insofdanmas», demagan. Uning o‘rniga har qanday ur‑to‘palon gapga takbir aytib, Alloh taoloning ismi jalolasini behurmat qilishgan, fitna olovini yoqishgan. Natijada nima bo‘ldi? Xalq gunohga qoldi, ko‘p xayrli ishlarga putur yetdi.

Bordiyu da’vo qilingan muammo mavjud bo‘lganda taqdirda ham uni hal qilishda fitna qo‘zishdan boshqa juda ko‘p to‘g‘ri yo‘llar bor, istagan topadi. Ammo tabiatan fitnaga o‘rgangan kishilar bunday to‘g‘ri yechimlarga initilishmaydi, ig‘voga uchishadi.

Yana bir maxfiy omil ham borki, unga ko‘p odam e’tibor bermaydi. Agar kuzatsangiz, ko‘pincha fitnachi kishilar jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaganidan alamzada odamlar bo‘ladi. Ular o‘zlarini xalqparvar ko‘rsatish bilan mavqe topishga intilishlari ham mumkin. Bunday quruq da’volarga aldanib qolmaslik kerak.

Xulosa qilib aytganda, aziz dindoshlar, eshitilganki gapni gapiraverish, hamma gapga ishonaverish, birovning sha’nida aniqlashtirmay so‘z qotish, badgumonlik kabi illatlardan nafsni poklash kerak. Fitnadan hazir bo‘ling, u bir ilonki, qo‘zg‘olsa, zahri hammani zararlantiradi. Shu bilan birga, siyosiy ong, voqelik fiqhi, ijtimoiy tahlil kabi jabhalarni yuksaltirish lozim. Har gapdan gula ko‘taradigan poda bo‘lib yuraverilsa, hech narsaga erishib bo‘lmaydi va har qanday dushman birgina fitna bilan jamiyatni butgul nizolar domiga uloqtirib, xohlagan kuyiga solishi mumkin.

Ma’lumot uchun aytamanki, haj‑umra ishlariga bevosita aloqdor bo‘lmasam‑da, yangi tartibdagi harakatlardan biroz xabardor edim. To‘g‘risi, bu safargi yondashuvlardan ko‘pchilik xursand edi. Bu borada Muftiy hazrat shirkatlar orasidan qay birini tanlashda nimalarga e’tibor berilgani, shu mavzuga oid yana ayrim ma’lumotlarni ham aytib o‘tgan edilar va u kishining so‘zlari meni ham qanoatlantirgandi. Kun.uzda chiqqan xabar esa men bilgan ayrim aniq ma’lumotlarga zid ekani uchun ham menga yoqmadi. Asosiysi, musulmonlarimiz hali ham olomon bo‘lib yurgani kishini qattiq ranjitdi. Shu bois, ushbu hodisa bahonasida umumiy kamchiliklarga e’tibor qaratgim keldi va yuqoridagi satrlar qoralandi.

Maqoladagi fikrlar shaxsiy mulohazalar bo‘lib, hech kimga majburlanmgani kabi ularni qabul qila olmaganlar indamay ketverishlari mumkin, hech qanday o‘rinsiz tavsiya va bilimsiz fikr‑mulohazalarga hojat va e’tibor yo‘q. Shu bilan birga, bu gaplar umumiy holatimizni isloh qilish uchun aytildi, xos holatga cheklanmagan.

So‘zim so‘ngida ko‘pchilik tajribasizlikdan so‘z qotagni uchun ayrim ma’lumotlarni ham aytib o‘tsam. Borganlar biladi, Haram atrofidagi mehmonlar sal uzoqdagi mehmonxonalardan bir necha barobar qimmat bo‘ladi. Hatto Haram yonidagi mehmonxonaning Ka’baga qaragan xonasi bilan qarshi tarafdagi xonasi narx‑navoda sal kam ikki barobarga farq qiladi. Oldingi yillari Makkai Mukarramada Harami sharifga mehmonxonadan avtobusda borilar, bekatdan keyin ham ancha masofa piyod yurilar edi. Hozir Haramdan 150 metr masofadagi mehmonxona tanlangan. Bu mehmonxona o‘z‑o‘zidan oldingisiga nisbatan qimmat bo‘lishi tabiiy, lekin o‘zini oqlaydi, buni borganlar yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, karantin sababli xizmatlar narxida ham o‘zgarishlar bo‘lgan.

Yana shuni ham aytish o‘rinliki, Qirg‘iziston yoki boshqa jumhuriyatlardagi narx bilan solishtirib xulosa chiqarish ham xato. Chunki bu yil men umrada bo‘lganimda qirzig‘istonlik umrachilar bilan ko‘rishdim, ular Haramga avtobuslarda kelishayotgan ekan. Demak, mehmonxonalari uzoqroq va o‘z‑o‘zidan arzon bo‘ladi. Umuman olganda, har qanday qulaylik va imkoniyat pul hisoblanadi.

Ikkinchidan, hamma biladiki, bizda umrachilar O‘zbekiston havo yo‘llaridan foydalanadi. O‘zbekiston havo yo‘llari xizmati qo‘shni mamlakatlardagi avia kompaniyalarga nisabatan qimmatroqligi hammaga ma’lum. Bu ularning ishi, ammo bu ham umra xarajatiga qo‘shilishi tabiiy. Har bir ishda shu va shu kabi bir qator jihatlar borki, sohaga aqli yetmagan, tajriba qilmagan odam ularni bila olmaydi. Bilmagan narsaga ergashish esa xatodir.

Umid qilamizki, kelgusida haj va umra masalasidagi qulayliklar yana ham yaxshilanib, jahon tajribalarida sinalgan uslublar yanada keng miqyosda tatbiq etiladi. Bu borada xizmat qilayotgan barcha azizlarimizni Alloh taolo mukofotlasin va umrachilarimizning safarlari bexatar, idotalari qabul bo‘lsin.