Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

BURGUT QISSASI

BURGUT QISSASI

Tog‘ cho‘qqisida bir ona burgut yashardi. U bo‘lajak avlodi sog‘lom, yetuk bo‘lsin uchun aynan shu yerni tanlagan edi. U har gal tuxumlariga qaraganda ming xil orzular qilar, shirin xayollar surar edi. Bir kuni u yegulik uchun ovga chiqib ketganida tog‘da shamol turib, oshiyonni qattiq silkitdi. Natijada tuxumlardan biri indan yumalab tushib ketdi. Tog‘ning tagida bir makiyon ham tuxum to‘playotgan edi. Burgutning tuxumi yumalab kelib, tovuqning tuxumlariga qo‘shilib qoldi. Ona tovuq uni ham tuxumlariga qo‘shib bosib yotaverdi. Vaqti-soati kelib, jo‘jalar birin-ketin yorug‘ dunyoga tashrif buyura boshlashdi. Burgutning tuxumini ham bir burgutcha yorib chiqdi. Ammo u o‘zini tovuq avlodidan deb bilar, jo‘jalarni tug‘ishganlarim deb o‘ylar, ularning ichida o‘zini juda baxtiyor his qilar edi. Uning ko‘z ochib ko‘rgan jigarlari shular edi-da!

Bir necha kundan beri bolasini istab yurgan ona burgut nihoyat tovuqlar ichida yurgan polaponini ko‘rib qoldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tog‘lar uzra parvoz qilib, qushlar podshohi bo‘ladi deb orzu qilib yurgan polaponi tovuqlar orasida o‘ralashib, go‘ng titib, ular bilan don talashib yuribdi. U burgut avlodidan ekanini anglamas, jo‘jalar kabi axlat titar, yurish-turishi ham ularga o‘xshar edi. Ulardek pildirab yugurar, ularga o‘xshab chiyillashga harakat qilardi. Bu noxush manzarani ko‘rgan ona burgutning yurak-bag‘ri ezilib ketdi, butun vujudi larzaga kelib, ko‘zlaridan yosh quyildi. Tog‘lar cho‘qqisidan pastga sho‘ng‘ib, bolasining yoniga kelib qo‘ndi. Hovlida donlab yurgan tovuqlarga sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketdi. Burgut bolasiga yaqinlashib, unga o‘zini tanishtira boshladi: «Bolajonim, men sening onang bo‘laman, sening asl makoning hu anavi tog‘ning cho‘qqisida. Sen burgut avlodisan. Yur, men seni asl makoningga olib ketaman». Qo‘rquvdan yuragi yorilayozgan, qochmoqchi bo‘lgan, lekin jo‘jalar qochib kirgan teshiklarga sig‘may, tashqarida qolib ketgan polapon ona burgutning so‘zlarini eshitishni ham istamas, uning gaplaridan hadiksirab turar, onasi yaqinlashgan sari undan qochar, «Yo‘q, sen mening onam emassan, meni aldayapsan, mening onam ana», deb tovuqni ko‘rsatar edi. Ona burgut bolasini qanotiga olish uchun yaqinlashsa, u o‘zini makiyonning qo‘yniga otardi. Hurpayib olgan bechora tovuq esa uni burgutdan himoya qilmoqchi bo‘lib, behuda urinardi. Tovuqlar ichida o‘zini xotirjam his qilib yurgan burgutcha o‘z onasini dushman deb o‘ylardi. Ona burgut har qancha yalinmasin, tushuntirmasin, bolasi uning so‘zlariga ko‘nmadi, ishonmadi. Kechgacha qilgan nasihatlari natija bermagach, burgut noiloj uyga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin u noumid bo‘lmadi, «Bolamning tomirlarida burgut qoni oqmoqda, u bir kun o‘zligini taniydi, men unga yordam qilishim kerak», deb ahd qildi. U har kuni tog‘ etagiga tushib, bolasining oldiga hali u tarafdan, hali bu tarafdan kelib, unga asliyatini eslatishga harakat qilaverdi. U har safar bolasiga shunday nasihat qilardi: «Bolajonim, qara, sening jussang tovuq jo‘jalaridan ancha katta, qanotlaring ham, oyoqlaring ham, tumshug‘ing ham boshqacha. Mana, qara, xuddi menga o‘xshaysan, sen bizning avlodimizsan. Tovuqdek yashash bizga to‘g‘ri kelmaydi, bolajonim. Biz burgutlar bunday axlat titib yurmaymiz. Tumshug‘imizni ko‘r, ovlashga mo‘ljallangan. Biz eng laziz, pokiza go‘shtlar bilan taomlanamiz. Birovning bergan sarqitini yeb-ichmaymiz, balki luqmamizni o‘zimiz topib yeymiz. Biz bu olamda qushlarning podshohimiz. Sen bunday pastqam, havosi bulg‘anib ketgan joylarda yashashing durust emas. Hu anavi qoyani ko‘ryapsanmi? Sening Vataning ana shu yerda. Sening butun ajdodlaring o‘sha yerda yashab o‘tishgan. U yer nihoyatda pokiza, havosi butkul o‘zgacha, musaffo. Tinimsiz shabada esib, tog‘dagi gulu giyohlarning hidini taratib turadi. Biz u yerdan butun qit’ani kuzatamiz, tomosha qilamiz. Tepalikdan dunyo tamoman boshqacha, bag‘oyat chiroyli ko‘rinadi. Sen hozir shu tor hovlini dunyo deb o‘ylayapsan, aslida bu olam juda keng, juda go‘zal. Bunday tor joy sening dunyoqarashingni ham toraytirib yuboradi, tovuqchasiga fikrlaydigan bo‘lib qolasan. Tovuqlardek yashash burgut uchun or hisoblanadi, bolam. Men senga aytsam, bunday hayotdan biz uchun o‘lim yaxshi!

Ajododlaring yerda yashashni o‘ziga ep ko‘rmagan, ular hamisha balandliklarga intilgan, yuksak qoyalarda, tog‘ cho‘qqilarida istiqomat qilishgan. Sen ularning parvozini ko‘rganingda edi... Bolam! Sen ham ucha olasan. Sen uchishing kerak, tog‘lar uzra parvoz qilishing kerak, olamni sayr etishing kerak..

Ha, aytgan-cha, sening aka-ukalaring bor, ular ham katta bo‘lib qolishgan. Ular ham seni juda sog‘ingan. Ularni ko‘rsayding, o‘zingning burgut ekaningni, tovuqlar sening tenging emasligini bilib olar eding. Eh, bolajonim-a... Xullas, gapirsam gap ko‘p, yaxshisi, men bilan yur, hammasini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan».

Kunlar o‘tib, ona burgutning so‘zlari bolasiga ta’sir qila boshladi. U asta-sekin o‘zining tovuqlarga o‘xshamasligini seza boshladi. O‘zligini anglagan sari tovuqlarning farosatsizligini, yeb-ichishdan boshqa dardi yo‘qligini tushunib borardi. Asta-sekin burgutcha o‘zi yashayotgan bu tor, isqirt muhitdan jirkana boshladi, qalbida burgutlardek mardona yashash, ulardek parvoz qilish orzusi uyg‘ondi. Ammo tovuqlar bilan yuraverib, qanotlari kuchsiz bo‘lib qolgan, uchish nimaligini bilmas edi. Buning ustiga, tovuqlar tinmay qaqillab, uning ko‘ngliga vasvasa solar, burgutlarning yovuzligi haqida gap sotar, «Falon kuni qo‘shni hovlidagi falon tovuqni burgut yeb ketibdi» deb, uni qo‘rqitishar, burgut ko‘ringan zahoti tiraqaylab qochish kerakligi uqtirishardi. Uning parvoz qilmoqchi bo‘lib, qanot qoqqanini ko‘rgan ayrim tovuqlar: «Sen uchishni oson deb o‘ylama! Sal xato qilsang, yerga qulab, chilparchin bo‘lasan-a!», deyishardi. Boshqasi esa: «Balandlik juda qo‘rqinchli bo‘ladi, tinchgina yerda yuraversang-chi», deb aql o‘rgatardi. Yana biri esa: «Uchadigan bo‘lsang, tovuqlar sendan yuz o‘giradi, bilib qo‘y», deb po‘pisa ham qilardi. Shu tariqa burgutcha ikki o‘t orasida qoldi. Lekin ona burgutning so‘zlari uning yuragiga alanga solib ulgurgan edi. Nihoyat, o‘zligini topishga bo‘lgan ishtiyoq unga tinchlik bermay qo‘ydi. U nima bo‘lsa ham uchishga, eshitganlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, o‘zi xulosa chiqarishga qaror qildi. Ona burgutga: «Men uchishni istayman. Lekin uchishni bilmayman-ku?» dedi. Xursand bo‘lib ketgan ona burgut: «Bolajonim, Alloh senga juda kuchli qanotlar bergan. Sen ularni qoqsang bas, asta osmonga ko‘tarilib boraverasan. Meni yaxshilab kuzat, menga o‘xshab qanotlaringni silkitaversang, ucha boshlaysan. Qoida shu ‒ ajdodlaringdek pavoz qilish uchun ulardek qanot qoqishing kerak. Xayriyatki, tovuqlar seni qanotlaringdan ayira olmabdi», dedi. Burgutcha onasi o‘rgatgandek qanotlarini qoqa boshladi va asta-sekin osmonga yuksalib bordi. U yerdan ko‘tarilgan sari dunyoni kengroq ko‘ra boshladi, shu kungacha qancha ulug‘ ne’matlardan mahrum bo‘lib yashaganini anglab yetdi. U onasiga tashakkurlar aytar ekan, «Rahmat sizga, onajon! Siz meni qutqarmaganingizda, bu oliylik menga nasib bo‘lmas edi, tovuqlar bilan yer titib o‘tib ketar edim. Eng yomoni, ularning gapiga ishonib, o‘z ajdodimga dushman bo‘lib qolishim, qardoshlarimdan nafratlanadigan, qo‘rqadigan bo‘lib qolishim mumkin edi!» dedi. Ona burgut bunga javoban shunday dedi: «Tashakkurga hojat yo‘q, bolajonim. Men o‘z burchimni ado etdim. Seni burgut bo‘lib yashashingni orzu qilgandim, bugun shu orzuimga yetdim, menga mana shu mukofotning o‘zi yetadi. Senga nasihatim shuki, burgut bo‘lib dunyoga keldingmi, burgutlardek yasha. Shuni bilginki, bir boshga bir o‘lim, o‘zligingni topa olmay yashagandan ko‘ra o‘lib ketgan afzal. Birovlarning yer titib topgan narsasini yeb hayot kechirgandan ko‘ra ochlikdan mardlarcha halok bo‘lganing yaxshi. Aslingni aslo unutma, ajdodlaringga munosib hayot kechir, shundagina aziz bo‘lasan. Hech qachon pastkashlarga ergashma, ularga oshno bo‘lma, aks holda manqurt bo‘lib qolasan. Hamisha o‘zligingni anglashga, o‘zingni topishga, Alloh bergan imkoniyatlaringni, ichki quvvatingi ishga solishga harakat qil. O‘zingni kashf et, iqtidoringni ishlat, bolam».

«Onajon, ‒ dedi yengil parvoz qilib ketayotgan burugutcha ‒ nega tovuqlar mening parvozimni istashmadi, uchishimga qarshi chiqishdi? Axir uchish  yomon yoki qo‘rqinchli ish emas ekan‑ku». Ona burgut miyig‘ida kulib: «Chunki ular o‘zlari ucha olmaydi‑da, balajonim, shuning uchun sening ham o‘zlaridek yerda bo‘lishing ularni hotirjam qiladi. Hasad yomon illat, undan hamisha hazar qil. Ular tarbiya ko‘rmagan, qanoti shikastlangan bir‑iikita qushdan o‘zlaricha xulosa chiqarishadi. Tovuqlar burgutning parvozini qayerdan bilsin?», dedi. U so‘zida davom etib shunday dedi: «Senga so‘ngi pandim, yaxshilarga yondash, buyuklar davrasiga intil. Zinhor pastkashlarga do‘st bo‘lmaki, ulardek bo‘lib qolasan. Har ishni o‘z vaqtida qilishga o‘rgan, kechga surma va azm qilgan ishingda to natijaga erishguncha to‘xtama. Men seni o‘z vaqtida topmaganimda yoki senga haqiqatni anglatishda chekinganimda, sen tovuqlar ichida qolib ketar eding. Seni menga qaytarib bergan Robbimga hamd bo‘lsin».