Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

BOQIYLIK ALLOHGA XOS

Bu gulshan ichraki yo‘qdir baqo guliga sabot, Ajab saodat erur qolsa yaxshiliq bila ot. Alisher Navoiy


BOQIYLIK ALLOHGA XOS

Bu gulshan ichraki yo‘qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshiliq bila ot.
Alisher Navoiy

Bu dunyoda hech narsa va hech kim boqiy emas, hammasi o‘tkinchi. Ammo dunyoda yashab erishiladigan saodat yaxshi nom qolishidir. Yaxshi nom qolishi deganda odamlarning shunchaki maqtovini tushunmaslik kerak. Bu yerda bandalarning Alloh taolo huzuridagi guvohligi nazarda tutiladi.

Ustoz Yorqinjon domlamiz qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa‑da, ana shunday yaxshi nom qoldirib ketdilar. Buni bugun har bir qalbi ochiq, dili pok odam ko‘rib turibdi. Zotan, domla chin ma’noda rabboniy olimlardan edi.

Kechadan beri qalbda bir fikr aylanmoqda. Yorqinjon domla bir necha yildirki yopiq xazinadek yashab keldi. Shu o‘tgan ramazon oyida bu xazinaga kichik bir tirqich ochilgandek bo‘ldi: masjidda ilmiy suhbatlarni boshladilar, xalqimiz bundan bahrmand bo‘lib, asta mazasini bilib bormoqda edi. Ochig‘ini aytganda, u kishi masjidda xizmat qilishga ko‘pchiligimizdan ko‘ra haqliroq edi. Biroq, umr bakor kelmadi, ko‘p narsaga ulgirmadi, Allohning irodasi ekan... Ammo u kishining masjid orqali xizmatlari bardavom bo‘lishini dil istardi. Ushbu istakka yupanch sifatida bir fikr: alhamdu lilloh, hozirda yurtimizda yangi masjidlar qurilishiga kengliklar bo‘lib turibdi, Qo‘qon shahrida Yorqinjon domla nomida bir masjid bino qilinsa, qanday bo‘larkin? Menimcha, domla bunga haqli. Axir u kishi shu zamonda Qo‘qonning faxru sharafi edi. Shoyad bu ish marhumimizning ilmga qilgan xizmatlariga bir tuhfa, elga yetkazmoqchi bo‘lgan yaxshiliklari o‘rniga o‘rinbosar bo‘lib, u kishiga savoblar yetishiga bois bo‘lsa. Ikkinchi tarafdan bu tadbir domlaning ilmidan bahra olib, u kishiga biror xizmat taqdim qilmoqchi bo‘lgan muxlislarga ham bir imkoniyat, yupanch, u kishiga muhib bo‘lganlarga taskini xotir bo‘ladi. Qolaversa, bu ish olimimizga keragicha e’tibor bera olmaganimizga ham kafforot bo‘lsa, ajabmas.

Qo‘qonda ham, boshqa joylarda ham domlaga muxlis, diniga muhabbatli kishilar ko‘p, ular bu xizmatni mamnuniyat bilan bajarishlari aniq. Hammalari ham domlaga nimadir xizmat qilish istagida. Quruq gap‑so‘z, yig‘i‑sig‘i bilan cheklanmay, amaliy ish ham bo‘ladi. Balki kelajakda bu masjid elga ilm ziyosini taratadigan muborak maskanlardan biri bo‘lar.

Domla o‘zidan yaxshi nom qoldirdi, endi bu nomni mustahkamlash qolgan muxlislar, shogirdlar, mo‘minlarning vazifasidir. Buning eng yaxshi yo‘llaridan biri u kishining nomidan sadaqai joriya qilishdir.