Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

JINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BOR

Negadir ayrim rahbarlar boshqa sayyorada yashayotganga o‘xshaydi. O‘zi shunaqami yoki menga shunday tuyuladimi, bilmadim. Ular xalqdan shunchalar uzoqki, odamlarni bir foiz ham hisobga olishmaydi. Bir xonaga qamalib olib qayerlardandir tarjima qilib olgan qarorlarini yurt ustida chiqaraverishadi. Shular goh goh xalqqa ham aralashib turishsa bo‘lardi, har qalay odamlar ustida hukm chiqarishga mas’ul ekanlarku...


JINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BOR

Negadir ayrim rahbarlar boshqa sayyorada yashayotganga o‘xshaydi. O‘zi shunaqami yoki menga shunday tuyuladimi, bilmadim. Ular xalqdan shunchalar uzoqki, odamlarni bir foiz ham hisobga olishmaydi. Bir xonaga qamalib olib qayerlardandir tarjima qilib olgan qarorlarini yurt ustida chiqaraverishadi. Shular goh goh xalqqa ham aralashib turishsa bo‘lardi, har qalay odamlar ustida hukm chiqarishga mas’ul ekanlarku...

Aslida ta’lim vazirligi mas’ullari xalqning, ya’ni bizning pulimizga ishlayotgan xodimlar hisoblanadi. Shunday ekan, ular xalqdan farzandlarini qanday tarbiyalab berishni so‘rashlari kerak emasmi? Hozir imkoniyatlar bemalol, xalqdan ovoz olish juda ham oson. Agar tushunmagan joyimiz bo‘lsa, ochiq bahs va ilmiy ta’lillar qilish mumkin. Faqat xalqning istagini bilishni, xalqqa chindan xizmat qilishni istashsa bas. Yoki ular bizning pulimizdan maosh olib, bolalarimizni o‘zlarining didlariga, xohishlariga yoxud birovlarning talablariga ko‘ra tarbiyalayverishadimi?

Nima emish, bog‘chadan boshlab jinsiy tarbiya darsi o‘tilarmish.

Hali jinsini aniq anglamagan bog‘cha bolasiga jinsiy tarbiyadan dars o‘tishni qanday tushunish mumkin?

O‘sha onaxon o‘zi bog‘cha yoshidagi nabiralarini o‘tirgizib olib ularga qanday dars o‘tishini bir ko‘rsatib bera olarmikin?

Biz ota onalarimizning yotog‘ini ham ko‘rmaganmiz, ko‘rsatishmagan. Bola sog‘lom o‘sishi uchun jinsini juda aniqlab berish shartmas, Xudoyim o‘zi nihoyatda chevarlik bilan yaratib qo‘ygan, o‘zi vaqti kelganda tushunib oladi.

Xo‘p, hozir zamon boshqacha, hammayoq ochilib yotibdi ekan, shundan diqqat ekanlar, buning davosi bo‘lgan diniy tarbiya va ta’lim bir chetda qolib, yana battar ochib berish, oldinroqdan, yaxshiroq ochib berish qanaqasiga to‘g‘ri bo‘ladi?

Ba’zan hayron qolaman. Shaharma shahar tana sotib yoki mardikor bo‘lib yurgan ayollar, ersiz sarson xotinlar, axloqsiz qizlarining son sanoqsiz muammolaridan ko‘zini yumib olgan odamlarning bog‘cha bolalariga jinsiy tarbiyadan dars o‘tish tashvishini qilishlarini qanday tushunsa bo‘ladi?

Jinsiy tarbiya mavzusini ochiq qilgan jamiyatlarning holatini o‘rganib ko‘rganmikin bular? Ular shu bilan nima natijaga erishib, nima karomat ko‘rsatishibdi, bir ko‘raylik?

Qiziq. O‘zlari maktabda o‘g‘il qiz qilib raqsga tushirishadi, voyaga yetgan yigit qizlarni bir joyga qo‘yishadi, yana jinsiy aloqani o‘rgatishadida, keyin maktabda homilador bo‘lib qolishyapti, deb yozg‘irishadi. Uning o‘rniga ta’limni isloh qilsa, tarbiya berishni o‘rganishsa bo‘lmaydimi?

Aql to‘lmay turib jinsiy maylni uyg‘otish juda yomon oqibatlarga, axloqsizliklarga, kasallik va hatto o‘z joniga qasd qilishlarga olib keladi. Bu mavzu haqida so‘zlashning o‘z vaqti va uslubi bor, faqat bu musulmoncha usul, g‘arbcha emas. Agar o‘zbekman, xalq uchun ishlayman deyishsa, shuni o‘rganib, zamon ruhida tatbiq etishlari lozim.

Buning uchun birinchi o‘rinda erkak va ayol bir xil emas, boshqa boshqa mavjudot ekanini tan olish kerak. Ularning xususiyatlari va farqlarini to‘g‘ri anglay bilish kerak. (Bo‘lmasa, marhamat qilib bashariyatni o‘zlari istagandek boshqatdan yaratishsin, balki bira to‘la faqat bir jinsli qilib yaratishar.) Qanaqadir chaynalgan safsatalar, xayoliy tengliklar haqidagi soxta qarashlardan voz kechish kerak. Ikki jins o‘rtasida o‘rni kelganda masofa ushlash lozim. Bo‘lmasa, shunaqa chuqurga qarab ketaverishga to‘g‘ri keladi va buning oxiri halokat...

Makatablarda o‘zi ta’lim haminqadar, ko‘p joyda umuman yaroqsiz, odob yo‘q, milliylik yo‘q, tarbiya yo‘q, diyonat yo‘q, maktab atrofida kimligi, nimaligi noma’lum atala yoshlarni ko‘rib har doim odam achinib ketadi... U musulmonmi, dinsizmi, o‘zbekmi, o‘risimi, o‘g‘ilmi, qizmi, o‘zi ham bilmaydi...

Buning o‘rniga odob axloq, hayo iffat, din diyonatni o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Agar yoshlarning internetdan noto‘g‘ri ma’lumot olishi xavfi bo‘lsa, uni saralay olishlari uchun dinu axloq mezonlari o‘rgatilsa bo‘lmaydimi?  

Yana bir qiziq savol tug‘iladi: Diniy ta’lim berilsa, maktab diniylashib qoladigan bo‘lsa, jinsiy tarbiya o‘rgatilsa, unda maktabni nima deb atash mumkin bo‘ladi? U qanday dargoh bo‘lib qoladi?

Jinsiy tarbiya borasida dinimizda va ming yillik tariximizda yetarli tajriba, ta’lim bor. Uni zamonga moslab, o‘z vaqtida o‘rgatilsa bas, muammo hal bo‘ladi. Faqat buning uchun o‘z qadryatlaridan begonalik, o‘zlikdan qochish, g‘arbparastlik bo‘lmasligi kerak..