Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)

Muloyimlik yaxshilikdan bashoratdir, qo‘pollik esa shumlikdir


ALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)

(davomi)

Muloyimlik yaxshilikdan bashoratdir, qo‘pollik esa shumlikdir

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَمَ قَالَ: «الرِّفْقُ يُمْنٌ، والْخُرْقُ شُؤْمٌ، وَإِذَا أَرَادَ اللهُ بِأَهْلِ بَيْتٍ خَيْرًا أَدْخَلَ عَلَيْهِمْ بَابَ الرِّفْقِ». رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الْإِيمَانِ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Muloyimlik yaxshilik bashoratidir, qo‘pollik esa shumlikdir. Alloh biror xonadon ahliga yaxshilikni iroda qilsa, ularga muloyimlik eshigini ochib qo‘yadi», dedilar».
Abu Bakr Ahmad ibn Husayn Bayhaqiy «Shu’abul-iyman»da keltirgan.

Bu hadisi sharifdagi ma’nolarning yuksakligini ko‘ring! Kimda muloyimlik bo‘lsa, unga yaxshiliklar yetishi bashorati bor ekan, ya’ni unga yaxshilik yetishi tayin ekan. Kim qo‘pollik qilsa, yaxshilik emas, yomonlikni kutaversin, chunki qo‘pollik – shumlikdir.

Alloh qaysi bir kishiga, qay bir oilaga, jamiyatga yaxshilikni iroda qilsa, ularga muloyimlik xislatini muyassar etib qo‘yadi. O‘ziga Allohdan yaxshilik yetishini umid qilgan inson va jamiyat U Zotdan muloyimlikni so‘rasin.

Hadisi sharifda «muloyimlik eshigini ochib qo‘yadi», deganda tasviriy ifoda bor. Biror narsaga eshik ochib qo‘yilishi o‘sha narsaning behisob, keng ko‘lamda kirib kelishini anglatadi. Demak, Alloh yaxshilik iroda qilgan xonadon ahlida muloyimlik oz-moz emas, balki behisob, mo‘l bo‘lishi bor ekan.

Muloyimlik – Alloh yaxshilikni iroda qilgan kishilarga ato etadigan ulug‘ ne’mat ekan, bu esa undan bebahra bo‘lish qanchalar katta yutqazish bo‘lishini anglatadi.

Muloyimlikdan mahrum kimsa yaxshilikdan mahrumdir

عَنْ جَرِيرٍ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَمَ قَالَ: «مَنْ يُحْرَمِ الرِّفْقَ يُحْرَمِ الْخَيْرَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshilikdan mahrum bo‘libdi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati.

Kim muloyimlikdan qanchalik mahrum bo‘lsa, yaxshilikdan ham shuncha mahrumdir. Agar muloyimlikdan butkul mahrum bo‘lsa, yaxshilikdan ham to‘liq mahrum bo‘ladi. Imom Abu Dovudning rivoyatida «Kim muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, barcha yaxshilikdan mahrum bo‘libdi», deyilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, biz bu yerda muloyimlikka oid ayrim va eng asosiy hadisi shariflarni qisqacha o‘rganib chiqdik, biroq, bu mavzuda yana boshqa oyat-hadislar ham borki, ular ham hisobga olinsa, bu xislatning Islomda, nabaviy ta’limotda qanchalar yuksak o‘rin tutganini anglash mumkin.

Muloyimlikning qanchalik ulkan samaralar berishini Islom tarixidagi Hudaybiya sulhidan ham ko‘rishimiz mumkin. O‘sha voqeada Nabiy alayhissalom dushmanning adolatsiz talablariga shu qadar muloyimlik bilan rozi bo‘ldilarki, hatto ba’zi sahobai kiromlar bunga chiday olmay, oshkora e’tiroz bildirishgacha borishdi, chunki bu holat ko‘pchilikka mag‘lubiyatdek ko‘rindi. Ammo keyinchalik bu ish nafaqat mag‘lubiyat, balki buyuk fath ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, muloyimlik aslida nabaviy axloq, islomiy manhaj hisoblanadi. Har bir musulmon, xususan, dindan so‘zlamoqchi va din uchun xizmat qilmoqchi bo‘lgan kishilar ushbu nabaviy xislatni hamisha o‘zlari uchun mayoq qilib olishlari darkor. Bu borada haqiqiy tasavvuf mashoyixlari barchaga o‘rnak bo‘la oladilar desak, xato bo‘lmasa kerak.

O‘rni kelganda shuni ham aytish lozimki, muloyimlik asl qoida bo‘lib, ba’zan istisnolar, xususiy holatlarda sharoitga ko‘ra biroz boshqacharoq munosabatlar ham kerak bo‘lib qoladi. Masalan, ma’lum bir nomaqbul holat shaxsga oid bo‘lganida muloyimlik talab qilinsa-da, jamiyatga nisbatan bo‘lganda muloyimlik maqbul sanalmasligi mumkin. Aks holda yurtda boshboshdoqlik, axloqsizlik urchib ketadi. Shuningdek, shaxsiy vaziyatlar bilan umummanfaatlar, oilaviy muammolar bilan diniy-ijtimoiy tashvishlar barobar bo‘lmaydi: birida muloyimlik, ikkinchisida esa uning aksi manfaatli bo‘lishi mumkin.

Muloyimlik xulqini teran anglash juda ham muhim, ammo mushkul ishdir. U huquqlardan voz kechish, har qanday tahqirni indamay qabul qilish, adloatsizlikka qarsak chalish degani emas. Balki haqni barpo qilishda, g‘ururni asrashda, dinu diyonatni tutishda, islohotlarda aql-idrok bilan, bosiqlik bilan, aniq nishonni olib, vazminlik bilan harakatlanish demakdir.

Muloyimlik – manhajsizlik yoki aniq tutumning yo‘qligi yoxud qayoqqa yetaklansa ketaverish degani ham emas, balki o‘zining qat’iy e’tiqodiga sodiq qolgan holda bosiq, bag‘rikeng, tushunuvchan, oqil bo‘lish demakdir.

Muloyimlik zaiflik emas, aksincha, kuch va quvvatdir. Ko‘ringki, suv muloyimlik bilan toshni ham, temirni ham teshib o‘tadi va barchaga hayot baxsh etadi. Ammo tosh qattiq bo‘lgani bilan qarshiliklarga uchrab parchalanib yotadi va hammayoqda unga salbiy nazar bilan qaraladi.

Darhaqiqat, muloyimlik bilan dushman do‘stga aylansa, qo‘pollik sababidan do‘stni dushman qilib olinadi. Shuning uchun ham Qur’oni Karimda yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish buyurilgan. Bu ham muloyimlikka doxil axloqlardandir.

Bu yerda aytilgan muloyimlikning har gapga tirjayaverish, tepsa tebranmaslik, loqaydlik, hamiyatsizlik, haddan ortiq yumshoqlik, jur’atsizlik kabi illatlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Aksincha, muloyimlik o‘zni tutgan holda maqsad sari rahm-shafqat, mehr bilan harakatlanishdir.

Muloyimlik darajasi kishining yoshi, mavqei, vaziyati, quvvati, imkoniyat doirasi va maqsadlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi lozim. Masalan, ma’lum bir munosabat, tutum farzand tarafidan qilinsa, oilani parokanda etsa, xuddi shu ishni ota qilsa, u muammoga yechim, dardga malham bo‘lishi mumkin. Oilada erga joiz tasarruf xotinga, xotinga lozim ish erga munosib kelmaydi. Hokimdan qabul qilingan ayrim munosabatlarni fuqaro ham qilsa, aks natija berishi tabiiy. Bir insonning korxonada oddiy xodim bo‘lgan holida qilgan bir ishi vaziyatni izdan chiqarsa, xuddi ishni rahbar o‘laroq qilganida holatni isloh etishi mumkin va hokazo.

Mazkur haqiqat ayni paytda ba’zi kishilarning «Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ayrim toifa kishilarga qo‘rslik qilish buyurilgan-ku», degan mazmundagi e’tirozlariga ham yetarli javob bo‘ladi. Zotan, jamiyat farovonligi, yurt tinchligi uchun o‘rni kelganda ana shunday siyosat ham kerak bo‘ladi. Biroq, bunda o‘sha keskin chora yaxshilikka, osudalikka olib kelishi kerak va bu ish shunga vakolatli tarafdan qilinishi lozim. Zero, yaxshi-yomonga barobar muomala qilinmaydi.

O‘zi zaif, qo‘lida hech vaqosi bo‘lmagan odamning qiziqqonlik bilan qo‘pollik qilishi dushman uchun qulay fursat bo‘lishi tabiiy. Shu bois, oqil kishi zamon va makonini, vaziyat va imkoniyat ko‘lamini to‘g‘ri anglay bilib, shunga ko‘ra ish yuritishi lozim. Bularning barchasida muloyimlik xislati zarur, hikmat shuni taqozo etadi.

Uzoqqa bormay, so‘ngi davrlarda ayrim turkiy qardoshlar yurtida kechgan jarayonlarni tahlil qilib ko‘raylik. Ularning shundoq yonlarida mustamlakachilar og‘ir-bosiqlik, ilm-mehnat bilan dunyoning eng kuchli davlatini barpo etish uchun tizimli ravishda hamjihatlik bilan jo‘shqin harakat qilib turgan bir paytda qardoshlarimiz qo‘llarida hech qanday quvvat bo‘lmagani holda turli ko‘rinishdagi qo‘polliklarga, tartibsiz ishlarga ruju qo‘yishdi. Natijada bosqinchi kuchlar qo‘polliklarni xaspo‘shlab, ularni birato‘la mahv etishga bel bog‘ladi va buni qaysidir darajada uddaladi ham.

Bir yoshi ulug‘ kishi bor edi. Bundan 10-15 yil oldin uyg‘urlarning keskin harakatlarini yoqlab, «Ular o‘zbeklarga o‘xshagan yuvoshmas, vaqtida kerakli javobini beradi», deb maqtar edi. So‘ngi yillarda esa qo‘pol haraktlar noto‘g‘ri bo‘lganini, qo‘ldagi qudratga qaramasdan qilingan harakatlar aks natija berganini aytib, «Muloyimroq bo‘lishganda balki holat yaxshiroq bo‘lardi», deydigan bo‘lib qoldilar... Darhaqiqat, ular to‘s-to‘polon, pala-partish tasarruflarga sarflagan aqli, quvvati va shijoatini bosiqlik bilan, tartibli ravishda salmoqli ishlarga, ilm-ma’rifatga yo‘naltirishlari kerak edi, shunda to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lar edilar, ehtimol, bugun holat boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

So‘nggi paytlarda ayrim siyosiy kuchlar musulmonlarning qo‘polligidan «unumli» foydalanib kelayotgani hech kimga sir emas. Afsuski, diniga muxlis bo‘lgan ko‘plab mo‘min-musulmonlar buni payqamayotir. Ba’zan baqir-chaqir qilib, o‘zicha jonbozlik ko‘rsatayotgan ayrim yollanma kimsalar ham topiladiki, sodda musulmonlar ularning hayqiriqlariga uchib, chuv tushishadi, keyin esa qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarishadi. Bunday fidoyiliklar, ortiqcha harakatlar nafaqat samarasiz, balki dushmanning rejalari uchun beminnat xizmat bo‘lib qolishi achchiq haqiqatdir. To‘g‘ri, mo‘min kishi niyatiga qarab ajru savob olaverishi mumkin, ammo bu uxroviy natija, dunyo ishlari esa dunyoda joriy bo‘lgan qonuniyatlarga rioya etishni talab qiladi. Ana shunday qonuniyatlardan biri – yuqorida bayon qilingan nabaviy sunnatga ko‘ra muloyimlik, bosiqlik bilan yo‘l tutish hisoblanadi. Shuning uchun donishmandlar: «Hikmatning boshi muloyimlikdadir», deganlar.

Hozirgi kunda dunyoning turli joylarida musulmonlarga bo‘layotgan ta’qiq va tund munosabatlarda ham ayrim kishilarning qo‘pol tasarrufi, behuda baqir‑chaqiri ro‘kach qilinayotgani, ba’zan sabab bo‘layotgani hech kimga sir emas. Bu holatni ba’zan ochiqlab ham o‘tishmoqda. Qandaydir o‘zini tuta bilmagan, tarbiya ko‘rmagan odamlarning so‘z va ishlari radikallashuv deb baholanib, butun boshli musulmonlarga nisbatan tasavvurlar buzulmoqda va yaxshiliklar yo‘li to‘silmoqda. Musulmon odam ichki tuyg‘ularga berilib, ortidagi musulmonlarni unutib yubormasligi lozim, balki vaziyatni atroflicha his eta bilishi darkor.

Hayotda ko‘p kuzatilgan voqeliklar shuni ko‘rsatadiki, muloyimlik vositasida oqni qora, qorani oq qilib ko‘rsatish ham mumkin. Masalan, bosqinchilar muloyimlik to‘nini kiyib olgani uchun bezarar, insonparvardek ko‘rinib olishi, mazlumlar esa qo‘pollik tufayli xunrez, jangari bo‘lib ko‘rinishi hech gap emas. Shuningdek, botil va bid’at ahli muloyimlik bilan odamlarni o‘ziga rom etib, buzuq e’tiqodlarini chiroyli ko‘rsatishi, ayni paytda haq yo‘ldagi kishilar e’tiqodi, tushunchalari to‘g‘ri bo‘lsa-da, qo‘polligi tufayli odamlarga yomon ko‘rinib qolishi ham bor haqiqat. Zero, omma baribir zohirparast bo‘ladi, chuqur tafakkur eta olmaydi. Shu bois, kishi haqda bo‘lish bilan birga muloyimlikni ham mahkam tutishi darkor.

Alloh taolo barchalarimizni ushbu nabaviy xislat bilan ziynatlanib, uni sunnatga muvofiq tatbiq etib borishimizda O‘zi madadkor bo‘lsin.

 Hasanxon Yahyo Abdulmajid