Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HAYIT BILAN TABRIKLASH

Biror bayram yoki xursandchilik bilan kimnidir tabriklash, muborak, shodlik baxsh etgan kun bilan birovni qutlash insoniy tabiat taqozo qiladigan xislatlardan hisoblanadi. Xafachilik va xursandchilik damlarda yaqinlarni eslash, ular bilan muloqot qilishga intilish tabiiy istaklardandir. Islom sof tabiat dini bo‘lgani uchun bu kabi tuyg‘ularni hurmat qiladi va bu ma’noda maydonni keng oladi. Ayrim kishilarning har ishda maxsus shar’iy nass ‒ dalil istashi esa din fiqhidan bexabarlikdan boshqa narsa emas.


HAYIT BILAN TABRIKLASH

Allohu akbar ‒ Alloh eng ulug‘ Zotdir.

Biror bayram yoki xursandchilik bilan kimnidir tabriklash, muborak, shodlik baxsh etgan kun bilan birovni qutlash insoniy tabiat taqozo qiladigan xislatlardan hisoblanadi. Xafachilik va xursandchilik damlarda yaqinlarni eslash, ular bilan muloqot qilishga intilish tabiiy istaklardandir. Islom sof tabiat dini bo‘lgani uchun bu kabi tuyg‘ularni hurmat qiladi va bu ma’noda maydonni keng oladi. Ayrim kishilarning har ishda maxsus shar’iy nass ‒ dalil istashi esa din fiqhidan bexabarlikdan boshqa narsa emas.

Islom shariatining tabiati va maqsadlarini bilgan odam hayit, juma kunlari bilan tabriklashda karohiyat ko‘rmaydi. Biroq, shu haqda ham biror shar’iy dalil bo‘lsa, yanada yaxshi, qalb taskiniga sabab bo‘lishi tabiiy. Ana shu e’tibordan ushbu muborak soatlarda quyidagi satrlar qoralanib, e’tiboringizga havola etilmoqdaki, ayrim kishilarning qalbdagi shubhalariga shifo, boshqalarning xotiriga quvvat baxsh etsa, ajab emas.

Islomda yilning ikki kuni hayit o‘laroq musulmonlar uchun bayram qilib berilgan. Har ikki bayram ham Islomning rukni bo‘lgan ibodatlar ‒ ro‘za va haj bilan bog‘liq. Bu kunlar Alloh taoloning fazlu mag‘firati va ezgu amallarga, ibodatu zikrga to‘la bo‘lishi bilan ham qutlug‘dir. Eng muhimi ‒ bu kunlarni Alloh taoloning o‘zi bandalari uchun bayram qilib bergan. Shu bois, ushbu kunlar bilan tabriklash shariatda ham maqbul va marg‘ub amallardan sanaladi. Qutlov iyd kuni bo‘ladimi yoki undan oldin yo keyingi kuni bo‘ladimi, farqi yo‘q. Muhimi shu kunlarda bo‘lishi va mazmunan to‘g‘ri ifoda etilishi lozim.

Ibn Aqiyl iyd bilan tabriklash haqida bir qator hadis va asarlar naql qiladi. Jumladan, quyidagilarni eslash mumkin:

Muhammad ibn Ziyod aytadi: «Abu Umoma roziyallohu anhu hamda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning boshqa sahobalari bilan birga bo‘ldim.  Ular hayitdan qaytganda bir‑birlariga: «Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul qilsin», deyishar edi».

Imom Ahmad ibn Hanbal: «Bu hadisning sanadi juda ham yaxshi», deydi. U kishi ayni mavzuda berilgan savolga: «Hechqisi yo‘q, joiz ish», deb aytgan.

Aliy ibn Sobit aytadi: «Molik ibn Anasdan ushbu odat xususida o‘ttiz besh yildan beri so‘rayman. U: «Madinada bu urf hozirgacha davom etib kelmoqda», deydi.

Imom Bayhaqiy Xolid ibn Ma’dondan rivoyat qiladi:

«Hayit kuni Vosila ibn Asqa’ni uchratib qolib: «Alloh bizdan ham, sizdan ham amallarni qabul aylasin», dedim. Shunda u: «Ha, Alloh bizdan ham, sizdan ham amallarni qabul aylasin», deb turib: «Hayit kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni uchratib qoldim va: «Alloh bizdan ham, sizdan ham amallarni qabul aylasin», dedim. Shunda u zot: «Ha, Alloh bizdan ham, sizdan ham amallarni qabul aylasin», dedilar», deb aytdi».

Hayit bilan tabriklashning shariatga muvofiq ekaniniga ulamolarimiz Ka’b ibn Molik roziyallohu anhuning hikoyasidan ham dalil keltiradilar. O‘shanda Tabuk g‘azotiga chiqmay, keyin afsus qilib, kechirim so‘ragan Ka’b ibn Molik roziyallohu anhuning tavbasi qabul bo‘lgani haqida oyat nozil bo‘lganida Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu Ka’b ibn Molikni tavbasi qabul bo‘lgani bilan qutlaydi. Bu esa uni gunohlari kechirilgani bilan tabriklash deganidir. Arafa, hayit kunlari bandalarning gunohlari kechiriladigan kun bo‘lgani uchun ham bu kunlarni xursandchilik bilan kutib, tabriklar bilan olqishlash yaxshi ishlardan sanaladi.

Musulmon kishi birodarini hayit bilan qutlar ekan, uni ushbu kunning barakotiga yetishgani, inshoolloh, gunohlari kechirilgani, Alloh barakotli qilgan kunning xursandchiligi uchun muborakbod etgan bo‘ladi. Shu bilan birga, hayit bilan tabriklashda Alloh taoloning nishonalarini ulug‘lash, undan shodlanish mazmuni ham borki, bu ham ulug‘ savobli ishlardan, fazilatli amallardan sanaladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bu qalblarning taqvosidandir», deya marhamat etadi. Hayit bilan tabriklashda ushbu ma’no ham borligi alohida e’tiborga molikdir.

Tabrik va tilaklarni izhor qilishda zamonaviy imkoniyatlardan foydalanilish ham mumkin. Masalan, telefon qilish yoki telefonda maktub jo‘natish, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochtalar orqali yozishmalar qilish kabi.

Xulosa qilib aytganda, hayit kuni musulmonlar bir‑birlarini tabriklab, haqlariga duolar qilishlari mustahabdir. Bunda ushbu maqsadga xizmat qiladigan turli xil so‘z va iboralarni ishlatish mumkin. «Alloh sizu bizdan yaxshi amalu duolarni qabul qilsin», «Haytingiz muborak bo‘lsin», ya’ni ko‘p manfaatli o‘tsin, «Haytingiz maqbul bo‘lsin» kabi go‘zal tilaklarni izhor qilish ayni muddaodir.

Tabrik ortiqcha takalluf va nosamimiy tilaklardan xoli bo‘lishi, mazmuni oyatu hadislarga muvofiq kelishi darkor. Bu borada juda g‘uluvga ketib, vaqtni ortiqcha zoye qilish, birovni malollantirish ham yaxshi emas. Maqsad hosil bo‘lsa, bas. Bunda barcha ishlarda tabrik qabul qiluvchi tarafning xursandchiligi, ko‘ngli ko‘tarilishi asosiy mezon hisoblanadi.

Tabriklash mahbub amal sanalsa, tabrikka javob qaytarish salomga alik olish kabi yanada ta’kidlangan ishdir. Shu bois, tabriklarga javob qilishga imkon qadar qunt qilish lozim. Bordiyu, birov qaysidir sabablar tufayli tabrikingizga javob qaytara olmasa, ranjishga, yomon gumonga borib, gina qilishga o‘rin yo‘q. Siz bir savobli ishni qilib, savobni oldingiz, salomingizga farishtalar alik oladi, javob berish esa avvalo har kimning o‘zi uchun ahmiyatlidir. Yaxishilk qildingizmi, oxirigacha qiling: yaxshi gumonda bo‘ling!

Tabrik yo‘llashda va unga javob qaytarishda salom‑alik ishtirok etishi matlubdir. Maktubda kelgan salomga og‘zaki alik olish ham vojibni soqit qilsa‑da, salom bergan tarafning xotiri e’tiboridan alikni yozma ravishda taqdim qilish kerak. Zero, qadimgi fuqaholarimiz avvalda odatan xatdagi salomni o‘qigan kishi o‘sha zahoti unga alik olgani va javob maktub qaytib yetib borishi uchun ko‘p muddat talab qilingani e’tiboridan maktubdagi salomga og‘zaki alikni kifoya qiladi deb aytgan bo‘lsalar‑da, bugungi vositalarda holat tamoman boshqa, deyarli jonli muloqotdek bo‘lib qolgani uchun yozishmalarda alikni ham yozma berish talab qilinadi.

Tabrik va salom‑aliklar tayyor rasmlashtirilgan yozuvlarda bo‘ladimi, belgi bilan bo‘ladimi, farqi yo‘q, ma’noni to‘liq ifoda qilsa, uni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Kimdir vaqti ziqiligidan, kimdir sog‘ligi yoki boshqa sababdan bu kabi qulayliklardan foydalansa, buni og‘ir olmaslik, bag‘rikenglik bilan qabul etish lozim. Musulmonning vaqti siz uchun ham qadrli bo‘lishi ayni oliyjanoblikdir.

Alloh taolo bu yilgi Qurbon haytini barchalaringizga muborak aylasin va qiladigan qurbonliklaru yaxshi amallaringizni, duoyu takbirlaringiz O‘zi husni qabul etsin.

Allohu akbar ‒ Alloh eng ulug‘ Zotdir.