Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

QADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?

Ko‘pchilik jamiyatlar qatori bizda ham ulug‘ insonni o‘lganidan keyingina izzat-hurmatlash, ko‘tar-ko‘tar qilib, tabarruklash odat bo‘lib qolganga o‘xshaydi. Juda ko‘p olimlarimiz, yaxshi insonlarimizning janozalarida ishtirok etar ekanman, u yerdagi va hayotning boshqa o‘rinlaridagi holatlarni kuzatganimda aynan shu fikr xayolda aylanaveradi. Aslida biz yaxshilarimizni avvalo tirikligida qadrlashimiz kerak. Nega biz faqat o‘lganlarni hurmat qiladigan, tiriklarga esa beparvo bo‘lib qolganmiz, tushunmayman. Bu holatni qadim tariximizga nisbatan ham, yaqin o‘tmish va bugunimizda ham ko‘rishimiz mumkin.


QADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?

Ko‘pchilik jamiyatlar qatori bizda ham ulug‘ insonni o‘lganidan keyingina izzat-hurmatlash, ko‘tar-ko‘tar qilib, tabarruklash odat bo‘lib qolganga o‘xshaydi. Juda ko‘p olimlarimiz, yaxshi insonlarimizning janozalarida ishtirok etar ekanman, u yerdagi va hayotning boshqa o‘rinlaridagi holatlarni kuzatganimda aynan shu fikr xayolda aylanaveradi. Aslida biz yaxshilarimizni avvalo tirikligida qadrlashimiz kerak. Nega biz faqat o‘lganlarni hurmat qiladigan, tiriklarga esa beparvo bo‘lib qolganmiz, tushunmayman. Bu holatni qadim tariximizga nisbatan ham, yaqin o‘tmish va bugunimizda ham ko‘rishimiz mumkin.

Bir necha yil oldin qandaydir gumondorlikda qo‘lga olingan bir yigitning telefonida mening ham raqamim bor ekan, telefon qilib, chaqirishdi. O‘zini terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan zobit mening diniy xodim ekanimni bilgach, o‘zini qiziqtirgan savollarni bera boshladi. Jumladan «Naqshbandiylar kimlar?» deb so‘rab qoldi. Men hazrat Bahouddin Naqshband haqlarida va u kishining tariqatlarini tutgan odamlar xususida bir qator ma’lumotlarni u kishiga uqtirgan bo‘ldim. Mas’ul xodim yurtimizdan o‘tgan allomalarga hurmati baland ekanini izhor qildi. Keyin bilsam, ular ana shunday so‘fi yurtdoshlarimizni uzun ko‘ylak kiygani, soqol qo‘ygani uchun qandaydir gumonlar bilan qo‘lga olib, so‘roqqa tutishgan ekan. Bexos xotirdan «Bir yoqda hazrat Naqshband rahmatullohi alayhning qabrlarini ziyoratgohga aylantirib, nazru niyoz qilsak-da, buyoqda u kishiga ixlos qo‘yib, yo‘llarini tutmoqchi bo‘lganlarni quvib solsak, bu qanaqasi bo‘ldi endi?» degan xayol o‘tdi. Qiziq-da, Falonchi bobomiz – faxrimiz deb, ko‘ksimizga mushtlab turib, uning yo‘lini istaganlarning boshiga musht tushirsak, tanimasak... Bu holatlarni isloh qilish lozim.

Har gal bir ulug‘ olim yoki qori vafot etsa, tobutini maydalagudek bo‘lib talashib ketamiz, dafn etishda jonbozlik ko‘rsatamiz. To‘g‘ri, Islomda vafot etgan mo‘minga hurmat ko‘rsatish, uning janoza va dafnida qatnashish buyurilgan, bu – ulug‘ savobli amal, musulmonlik haqqi. Bunga ham e’tibor berish kerak. Biroq biz faqatgina o‘lik ko‘mishni qoyillatib, tiriklarni tashlab qo‘yadigan odam bo‘lmasligimiz kerak. Zotan, tirik mo‘minning haqqi va hurmati vafot etgan kishinikidan kam emas.

To‘g‘ri-da, biz insonni ko‘proq tirikligida qadrlashimiz kerak emasmidi? Olimlarning tobutlarini ko‘tarishga oshiqishdan oldin ularni hayotlik chog‘larida e’zozlab, suhbatlaridan, ilmlaridan bahra olib, xizmatlarini qilishga intilishimiz kerak emasmi? Insof bilan o‘zimizga savol beraylik, o‘sha o‘tgan marhum olim yoki qorimizni tirikligida qanchalar e’zozlaganmiz, qachon holidan xabar olganmiz? Bugun jonsiz jasadini ko‘zlarga to‘tiyo qilmoqdamiz, ammo shu jasad ruhi bilan barkamol ekanida biz uni shunchalar hurmat qilganmidik, ehtiyotlaganmidik? Bugun ulug‘lardan ayrilganimizdan behad mahzun bo‘lib, dod solib yig‘lar ekanmiz, kecha ular tirikligida ular bilan qanchalar mamnun bo‘lgan edik yoki ularni qachon xursand qilgan edik, buni ham bir o‘ylab ko‘rish kerak. Kasal bo‘lganlarida hol so‘radikmi, qiynalganlarida imkon topib ko‘maklashdikmi? Olimning hurmati u qoldirgan ilmni qadrlash, o‘rganish bilan bo‘ladi. Bugun ularning tobutini talashayotganda kitoblariga qanchalar ishtiyoqmand ekanimizga ham nazar tashlab qo‘yaylik. Ular bilan hamsuhbat bo‘lganimizdan faxrlanib, maqtanib, o‘rni kelsa, ularni og‘iz to‘ldirib madh etmoqdamiz, biroq tirikliklarida ularga dushmanlik qilib, ularni yomonlab yurgan ham o‘zimiz emasmi?

Ochig‘ini aytganda, ko‘pincha yaqinlar, jigar-bag‘ir, do‘stu yor, hatto ota-onalarimizni ham vafot etganidan keyin qadrlashga tushamiz. Ayrimlar bor, ota-onasi tirikligida oldiga to‘rtta non ko‘tarib kelmagan, turli bahonalarni qilib, xizmatidan qochib yurgan, ammo ular o‘lishi bilan bel bog‘lab «vafodorlik» ko‘rsatadi, «Diydoriga to‘ymay qoldim» deb afg‘on qiladi, dod-voy solib yig‘lashni do‘ndiradi, ortidan elga osh berishni qoyillatadi... Ota-onalar hayotligida ikki og‘iz shirin so‘zingizga ham ko‘ngillari osmon qadar ko‘tarilib, cheksiz xursand bo‘lishar edi. Lekin tirikligida davolatishga ham pulni qizg‘anib, o‘tganlaridan keyin millionlarni sarflab ehson qilish nimasi?

Do‘stlarimizni tirikligida izlamaymiz ham, izlab kelsa, qabul qilgimiz ham kelmaydi, hollaridan xabar olmaymiz, ammo vafotlarini eshitgan zahoti janozalarini o‘qib, dafn qilishga shoshamiz. Ha, biz odamni ko‘mishni qoyillatamiz, ammo uni asrashga kelganda chetga o‘tib olamiz.

Ko‘pdan beri olimlar, ulug‘ kishilarning janozalarida qatnashib kelaman. Yaqin yillarda juda ko‘p zubda insonlarimizdan ayrildik. Ustoz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari, shayx Alouddin Mansur janoblari, Xayrulloh domla, Muhammad Aliy domla, Olimxon to‘ram, Dovudxon to‘ram, Zayniddin qori aka va boshqa mo‘’tabar insonlarning janozalarida odamlarimizning vafot etgan kishilarga ehtirom va ixlosini ko‘rganda ulardagi bu ixlosdan bag‘oyat xursand bo‘lish barobarida dilimdan bir xayol o‘taverdi: qani endi shu shavqu zavq, shu ehtirom ular tirikligida ham bo‘lganida... Qani endi ularning tobutlariga o‘zimizni urganimizdek, tirikliklarida ularning ziyoratlariga ham oshiqsak... (Hayotda esa ko‘pincha aksini ko‘ramiz: tirik paytlarida vaqti kelsa, ko‘rib ko‘rmaganga, tanib tanimaganga olib yuramiz, vafot etishlari bilan esa jasadlari turgan tobutga qo‘l tekkizishni katta muvaffaqiyat deb bilib qolamiz.) Qani endi vafot topgan kishilarga bo‘layotgan ehtiromga o‘xshash munosabatni ularning izdoshlariga, hayotda qolgan olimu fozillarga ham qila olsak... O‘tganlar o‘tdi, ularni ortga qaytarib bo‘lmaydi, endi ularga qila olmagan qadru izzatni hayotda qolgan ahli fazl, ahli donishlar, ahli ilm, ahli Qur’onlarga ko‘rsatsak edi... Yoki bizning hurmatu ikromimizga sazovor bo‘lish uchun ular oldin o‘lishi kerakmi? Solihlarimiz vafotidan g‘am chekkandek, ularning norasida zurriyotlari uchun ham qayg‘urishimiz kerak emasmi? Yoki biz faqat o‘tganlarni hurmat qiladigan, tiriklarni esa xo‘rlaydigan, beparvo tashlab qo‘yadigan xalq bo‘lib qolganmizmi?

Qodiriyni tirikligida yaqinlariga ko‘shib otib, bugun ko‘tar-ko‘tar qilar ekanmiz, bugunning qodiriylariga qanday munosabatda bo‘lmoqdamiz, shunga ham bir qarab ko‘yishimiz kerak. Behbudiylarning nomini abadiylashtirish uchun qarorlar qabul qilar ekanmiz, bugunning behbudiylari uchun nima qilyapmiz, bir sarhisob qilib ko‘raylik. Buxoriylar, Termiziylarni ulug‘lab, ular haqida filmlar ishlab, binolar qurib, anjumanlar o‘tkazar ekanmiz, bugun Buxoriy va Termiziyning izdoshlari bo‘lib turgan ahli ilmlarga qanday muomalada bo‘lmoqdamiz, buni ham o‘ylab qo‘yish kerak. G‘ijduvoniylar, Naqshbandiylarning maqbaralariga millionlab sarflab, ziyoratlaridan fayz istar ekanmiz, ularning bugungi vorislarini qanchalar qadrlay olmoqdamiz, bu haqda ham mulohaza yuritishimiz darkor.

O‘lganlarini qahramon qilib, tiriklarini o‘ldirish o‘lik jamiyatlarga xos ish, tirik xalq bunday qilmaydi. Uyg‘oqlar avvalo uyg‘oqlarni qadrlaydi, uyqudagilar esa uyg‘oqlarni ko‘ra olmaydi.