Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALAR

Bugun Ashuro kuni. Ushbu kunda ahli‑ayolga ro‘zg‘orni qo‘ldan kelgancha mo‘l qilib berishning fazilati borasida rivoyat qilingan hadis ko‘pchiligimizga ma’lum. Ba’zi ulamolar bu hadisni o‘ta zaif degan bo‘lsa‑da, imom Ahmaddek katta muhaddislar uni inkor qilmaganlari e’tiborga molikdir.


ASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALAR

Bugun Ashuro kuni. Ushbu kunda ahli‑ayolga ro‘zg‘orni qo‘ldan kelgancha mo‘l qilib berishning fazilati borasida rivoyat qilingan hadis ko‘pchiligimizga ma’lum. Ba’zi ulamolar bu hadisni o‘ta zaif degan bo‘lsa‑da, imom Ahmaddek katta muhaddislar uni inkor qilmaganlari e’tiborga molikdir.

Hadisning matni quyidagicha:
Abu Sa’id Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli‑oilasiga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganida kengchilik ato etadi», dedilar».
Bu hadisni Ibn Abud Dunyo «Ahli‑ayolga nafaqa qilish» bobida, imom Tabaroniy «Mu’jam»da, imom Bayhaqiy «Sha’bul‑iymon»da rivoyat qilgan.

Hadisining darajasi haqida muhaddislarning so‘zlari turlicha bo‘lib, ko‘pchilik olimlar fazilatli amallarga oid bo‘lgani uchun, hadis amal qilishga yaroqli, degan xulosaga kelganlar. Hadisning sanadi va matni borasida tahlillar talaygina. Biroq, biz hozir bu haqda to‘xtalomqchi emasmiz. Balki fuqaholarning ushbu hadisi sharifga amal qilish borasida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirishni nazarda tutganmiz.

Hanafiylarning mutaaxir ulamolaridan Ibn Obidin rahmatullohi alayh «Raddul‑muxtor»da ushbu hadisni keltirib turib, shunday deydi: «Jobir aytadi: «Men buni qirq yil tajribamda sinadim, hecham bo‘lmay qolmadi».

Ushbu matndan muallif mazkur hadisga amal qilishni maqbul sanagani tushuniladi.

Alloma Hattob al‑Molikiy «Muxtasar‑Xalil» sharhi «Mavahibul‑Jalil»da aytadi:
«Mo‘min kishi Ashuroning kunida ham, tunida ham ahli‑oilasiga kengchilik qilishi kerak. Biroq, isrof qilmasin, o‘zini ko‘rsatish yoki kimo‘zarga bo‘lmasin».

Shayx Abdulhamid Sharvoniy ash‑Shofe’iy «Tuhfatul‑muhtoj»ga yozgan hoshiyasida shunday deydi:
«U muharram oyining o‘ninchi kuni bo‘lib, bu kunda ahli‑ayolga kengchilik qilish sunnatdir. Zotan, shunday qilinsa, hasan hadisda kelganidek, Alloh taolo unga butun yil davomida kengchilik ato etadi». Ushbu hadisni rivoyat qilgan bir nechta roviy buni tajribada tasdig‘ini topganini aytgan».

Alloma Munoviy «Sharhush‑shamoil»da hadisni keltirib turib, ortidan shunday deydi: «Bu hadisning rivoyat yo‘llarining barchasi zaif bo‘lsa‑da, ularni bir‑biriga qo‘shganda quvvatlanadi. Zayniddin Iroqiy esa Ibn Nosiridinga qo‘shilib, bu hadisning ayrim rivoyat yo‘llarini sahih degan. Ibn Javziyning bu hadisni qat’iyat bilan to‘qimaga chiqarishi xato bo‘lgan deyiladi».

Shayx Mansur Ujayliy al‑Azhariy ash‑Shofe’iy «Manhaj»ning sharhiga yozgan hoshiyasida aytadi: «Ashuro kuni o‘zni qiynamagan holda ahli‑oilaga, qarindoshlarga kengchilik qilish, faqir va miskinlarga sadaqa qilish mustahabdir. Agar xarj qilishga hech narsa topa olmasa, xulqini keng qilsin, zulm qilmasin».

Alloma Bahutiy al‑Hanbaliy «Kashshoful qanno’»da aytadi: «U kunda ahli‑ayolga kengchilik qilish kerak. Ibn Mansur imom Ahmaddan bu haqda so‘raganda, u kishi: «Ha, uni Sufyon ibn Uyayna Ja’fardan, u Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashirdan rivoyat qilgan. Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashir zamonasining eng afzal kishisi edi. Unga «Kim Ashuro kuni ahli‑oilasiga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganida kengchilik ato etadi» hadisi yetib kelgan ekan. Ibn Uyayna: «Biz buni ellik [yoki oltmish] yildan beri qilib kelamiz, faqat yaxshilik ko‘rdik», degan».

Xulosa qilib aytganda, mazkur hadisi sharifga amal qilishni to‘rt mo‘’tabar fiqhiy mazhabning ulamolari joiz va mustahab sanashgan ekan. Sahobalardan tortib, katta tobeiy olimlar va ulardan keyingi ulamolar bu amalni maqbul va tajribada foydasi ko‘rilgan ish deb aytishgan ekan. Ba’zi olimlar loaqal xulqu atvorda kenglik qilishni tavsiya bergan ekanlar.

Alloh taolo barchalarimizga keng va halol rizq bersin, ahli‑oilaga kenglik ortidan dunyou oxirat kengligiga musharraf bo‘lishimizni nasib etsin.