Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

DAHRIYLIK SARQITI

Ilgari imom-domlalar, ahli ilmlarni g‘iybat qiladiganlar, ularga birov bergan pulni muhokama qilib, ig‘vo qiladiganlar dahriylar bo‘lar edi. O‘sha paytda birorta ahli iymon, dinini hurmat qilgan birorta musulmon ularga qo‘shilmas edi, chunki iymonlari shuni taqozo etardi. Ammo bugun ichimizda ajib bir «taqvodorlar» paydo bo‘lganki, ular shunchalar ko‘p va faolki, endi dahriylarga ish yo‘q, ular bemalol dam olishsa ham bo‘laveradigan bo‘lib qoldi.


DAHRIYLIK SARQITI

Ilgari imom-domlalar, ahli ilmlarni g‘iybat qiladiganlar, ularga birov bergan pulni muhokama qilib, ig‘vo qiladiganlar dahriylar bo‘lar edi. O‘sha paytda birorta ahli iymon, dinini hurmat qilgan birorta musulmon ularga qo‘shilmas edi, chunki iymonlari shuni taqozo etardi. Ammo bugun ichimizda ajib bir «taqvodorlar» paydo bo‘lganki, ular shunchalar ko‘p va faolki, endi dahriylarga ish yo‘q, ular bemalol dam olishsa ham bo‘laveradigan bo‘lib qoldi. Chunki iymonu Islom da’vosidagi manavilarning ichida ilm ahliga, imom-domlalarga bo‘lgan nafrat va badgumonlik shunchalar behadki, ularning oldida dahriylar ham ip esha olmay qoldi.

Dahriylarning adovatini tushunsa bo‘ladi, ular o‘zi dinni yoqtirmas edi, shuning uchun tabiiyki, din targ‘ibotchilarini ham dushman tutishar edi. Ammo dinida fitnaga uchragan mana bu bechoralarni qanday tushunsa bo‘ladi, bilmadim. Bular nimalar deyayotganini, nimalar qilayotganini o‘zlari ham yaxshi bilishmaydi. Faqat ichidagi nafratini sochib olishsa bas. «Sen o‘zi kimga do‘stsan, mengami, ayiqqami?» deging keladi.

«Vaqf» muassasi aslida diniy sohani rivojlantirish, diniy soha vakillarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan edi. Biroq, shu paytgacha uch-to‘rtta talabaning shartnoma pulini hisobga olmasa, birorta ahli ilmni, birorta ilmiy loyihani quvvatlagani yo‘q, faqat nochorlarga, nogironlarga va shu kabi ijtimoiy ko‘mak tadbirlariga pul sarflab keldi. Bechora «Vaqf» umri binoga kelib, birinchi marta o‘z vazifasini bir qism bajardi: 5-6 oydan beri oylik olmayotgan masjid xodimlariga bir oylik maoshdan sal ko‘proq pul tarqatdi. Uni ham o‘zi qila olgani yo‘q, davlat byudjetidan kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan puldan bir qism olib, o‘shani tarqatdi. Bu xayriya juda ham zarur edi. Chunki odatda masjid xodimlari masjidga tushgan tushumdan oylik olar edi. Hozir esa masjidlar yopiq, hech qanday tushum yo‘q. Lekin qorovullar masjidlarga qarab turishibdi, imom noiblari yoki muazzinlar besh mahal azon aytishyapti, mutavallilar masjidning to‘lovlari va boshqa hujjat ishlarini bajarib yurishibdi. Ammo ularning barchasi oyliksiz ishlamoqda. Men o‘zim Ramazonda ayrim muxlis kishilardan iltimos qilib yurib, o‘ta qiynalib qolgan ba’zi masjid xodimlariga yordam qildik. Bunga o‘xshash holatlar juda ko‘p.

«Vaqf»ga masjidlar doim tushum kiritib kelgan va «Vaqf» bu pullarni asosan nochorlarga tarqatgan. Endi tushum to‘xtaganda «Vaqf» masjid xodimlariga besh oyda bir marta oylik bersa nima bo‘pti? Imomlar ham shu xalqning bir qismi emasmi? Ularning ichida ham nochorlari juda ko‘p. Imom-domlalar ham odam, ularning ham oilasi, bola-chaqasi bor. To‘g‘ri, qaysi birlaridadir qo‘shimcha daromad manbai bordir, ammo hammasida ham emas. Ular asosan ilm o‘qigan, lekin boshqa hunari yo‘q, ishxonalari yopiq. Xo‘sh, nochor oilalarga pul berayotgan hukumat masjid xodimlarini ham nazardan qochirmagan bo‘lsa, buning nimasi yomon? Nima, besh-olti oydan beri oylik olmayotgan qatlamning holidan xabar olish davlatning vazifasi emasmi? Bunga qanaqadir imomlarni sotib olish, mafkuraviy tayanch qilish deganga o‘xshagan xomxayollarning nima aloqasi bor? Bunchalar yosh bolacha fikrlamasanglar. Hozirda juda ko‘p ishxonalarda odamlar muntazam ishga bormasa ham, oyliklarini olmoqda. Ammo masjid xodimlariga ish ham, oylik ham yo‘q. Davlat mutasaddilari buni hisobga olgan bo‘lsa, buning nimasi ayb?

Yaqinda Andijon viloyati hokimi viloyatdagi imomlarga bug‘doy tarqatdi. Bunga hech qanday mafkuraviy yoki siyosiy g‘araz sabab bo‘lgani yo‘q. Bir qori birodarimiz ahli ilmlarni qo‘llab turish kerakligini, ko‘p imomlarning moddiy holati qiyin ekanini aytgan ekan, hokim buni inobatga olib, moddiy ko‘mak ayni joyiga yo‘naltirilibdi. Buni hech bir ahli iymon yomon olmaydi. Bundan faqat qalbida kasali borlargina fitna qo‘zg‘ashi mumkin.

Qadimgi fiqhiy kitoblarda masjid xodimlarining maoshi masjid qavmining zimmasiga vojib, deyilgan. Imomlar boshqalar qatori qiynalmay oila tebratishi uchun xalq ularga yetarli ta’minotni qilishi lozim, deyilgan. Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa va imom edilar, davlatdan birinchi maosh olgan kishi bo‘ldilar. Umar roziyallohu anhu ham muallimlarga hamisha oylik ajratganlar, bu narsa ilmning rivoji uchun zarur deb aytganlar. Badr ahliga hamisha qo‘shimcha tortiq berib turilgan va buni birorta mo‘min yomon olmagan. Ayrim arab mamlakatlarida imom-xatiblarning oyligini davlat bersa, ayrimlarida Vaqf vazirligi beradi. O‘sha yurtlarda imomlar masjidlar yopiq bo‘lsa ham, davlatdan va Vaqf vazirligidan oylik maosh olishmoqda. Ammo bizda masjid xodimlarining maoshi masjidga bog‘liq bo‘lgani uchun necha oydirki, ularga maosh yo‘q. Ushbu vaziyatni anglagan mutasaddilar hayit bahonasida masjid xodimlariga taqriban bir oylik maosh miqdorida pul berishdi. Xo‘sh, buning nimasi sizga yoqmayapti, janob? Shundan ham fitna qo‘zg‘ash o‘ta ketgan pastkashlikdan boshqa narsa emas-ku!

Bitta aqlli o‘zicha savol tashlabdi: «Masjidlar ishlamayotgan bo‘lsa, nega masjid xodimlariga pul beriladi?» Ey kalla, aynan masjidlar ishlamayotgani uchun davlat pul beryapti, bo‘lmasa shu paytgacha biror marta masjid xodimiga davlat xazinasidan bir so‘m berilganini eshitganmisan?

Yana bitta o‘shanaqa «taqvodor» gap suribdi: «Masjidlar nodavlat tashkilot bo‘lsa, nega ularga davlat xazinasidan pul ajratiladi?» O‘sha nodavlat tashkilotlar nochor oilalarni ta’minlashda necha yillardan beri davlatga ko‘maklashib keladi. Nega ularning bu ko‘magini qo‘llab-quvvatlagansiz, o‘rinsiz deb bilmagansiz? Bugun endi o‘sha nodavlat tashkilotning kirimi yo‘q bo‘lgan paytda davlat unga yordam bersa, nima bo‘libdi? Qolaversa, masjidlar nodavlat tashkilot bo‘lsa ham, ularning xodimlari davlatning fuqarosi-ku, davlat o‘z fuqarolariga yordam berishi kerak emasmi? Davlat boshqa soha kishilariga hozir diniy soha kishilariga berganga nisbatan bir necha baravar ko‘mak beradi va beryapti ham. Sport va boshqa shu kabi gumanitar sohalarga milliardlab pul ajratiladi. Nega ularni gapirmaysiz? Nima, masjid xodimlari bu xalqning vakili emasmi?

Masjid xodimlari ham el qatori soliqlarni to‘lab, davlat xazinasiga hissa qo‘shib kelishadi. Bugungi vaziyatda ular maoshsiz qolganda davlat nega ularni qo‘llamasligi kerak ekan? Davlat kam ta’minlangan oilalarga pul ajratganda yarim yildan beri maosh olmayotgan qatlamni ham inobatga olsa, buning nimasi vahimali ish? Masjid xodimlarini nochor oilalarga qo‘shish shart emas, ular bir necha oydan beri maosh olishmayapti. Bularning hammasi aqlga ishora-ku! Shunda ham ot bilan tuya bo‘lgani yo‘q, yordam tariqasida ajratilgan umumiy (450 mlrd) summaning 3,3% foizi masjid xodimlariga yo‘naltirildi, qolgan 97% boshqa qatlamlarga berildi. Buning nimasiga bunchalar kuyinasizlar? Yana bular dindormish.

Eng qizig‘i, bugun masjid xodimlariga qarshi bu fitnani dahriylar, din dushmanlari emas, aksincha, o‘zicha din da’vosidagilar, o‘sha masjidlar ochiq turganda ulardagi xizmatidan foydalanib kelgan, o‘sha imomlarning ortida namoz o‘qib kelgan kimsalar, endi o‘zicha dinparvar, haqiqatparvar bo‘lib qolganlar qilmoqda. Ular dinni dav’o qilaturib, din ahliga shunday pastkashlarcha fitna qilishdan uyalishmaydi ham.

Nima emish, davlat mafkuraviy tayanch bo‘lsin uchun imomlarga pul beryapti emish. Bu gapni aytayotgan kimsa o‘zini juda aqlli siyosatdon deb o‘ylasa ham, aslida bu gap o‘ta ketgan kaltabinlik va qalbdagi kasallikdandir.

Birinchidan, davlat siyosatni yuritish uchun pul tarqatishga muhtoj emas, u istasa kuch bilan ham, boshqa ming xil yo‘l bilan ham siyosatini yuritaveradi. Ikkinchidan, xalqni yetaklashda sanoqli yetakchi imomlar kifoya, boshqalarga pul berib, og‘dirishga hojat yo‘q, ular baribir siz o‘ylagan ta’sir kuchiga ega emas. Uchinchidan, pul faqat imomlarga tarqatilgani yo‘q, noiblar va mutavallilarga ham berildi. Noib va mutavallilar imomlarga nisabatan ikki-uch baravar ko‘p, lekin ularning mafkuraviy faoliyatga umuman aloqasi yo‘q. Xo‘sh, ularga nega pul ajratildi unda? To‘rtinchidan, imomlarni sotib olaman degan odam ahmoq bo‘lib, bir oylik maosh pulini berib o‘tirmaydi, bersa, tuzukroq beradi. Beshinchidan, kimdir imomlarni sotib olmoqchi bo‘lsa, buni maxfiy qiladi. Buning ustiga, biror maqsad uchun barcha imomlarni «sotib olish» shart emas, yetakchilarni sotib olsa yetadi. Qolaversa, falon million so‘mlik mashina minib yurgan imomni 3 million so‘mga sotib olib bo‘lmasligini aqlsiz odam ham biladi. Sal kallani ishlatish kerak. Yana shu xom kalla bilan bularning odamlarga aql o‘rgatishi ortiqcha.

Mening bilishimcha, hukumat ichida ahli ilmlarni o‘ylaydigan, imomlarni hurmat qiladigan iymonli kishilar yetarli, ular ilm ahliga qilingan xizmat ilmga, dinga xizmat bo‘lishini juda yaxshi bilishadi. Har kim niyatiga va e’tiqodiga yarasha natija va savob olaveradi. Balki kimlardir ba’zi noxushliklarni ahli ilmlarga qilingan ayrim noto‘g‘ri tasarruflarning oqibati deb bilib, kamchilikni to‘g‘rilashni ko‘zda tutgandir. Buyog‘i Allohga ma’lum.

Aslida bugungi sharoitda o‘zini mo‘min deb bilgan, dinini hurmat qilgan har bir odam o‘z masjidining xodimlaridan, imomlarining, qorilarining holidan xabar olishi kerak. Zotan, iymonning taqozosi, ilmga bo‘lgan muhabbatning natijasi bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

Men xalqqa diniy soha vakillarichalik xolis, beminnat xizmat ko‘rsatadigan biror sohani bilmayman. Imom-domlalarimiz savollarimizga javob berishadi, dinimizni o‘rgatishadi, maslahat so‘rasak, xolis maslahat berishadi va boshqa xizmatlarni ham qilishadi. Lekin bu ishlarning birortasi uchun haq so‘ramaydi, umid ham qilmaydi. Ammo boshqa har qanday soha kishilariga qarang, bu kabi xizmatlar hammasi pullik va o‘ta cheklangan bo‘ladi.

O‘zi shunday bo‘lishi to‘g‘ri, din xodimlari imkon qadar xolis xizmat qilishlari ayni muddao. Ammo kimdir ko‘ngildan chiqarib ahli ilmlarga, imomlarga biror ko‘mak bersa, «Rahmonning oshini shayton qizg‘anibdi», deganlaridek, bundan fitna ko‘tarish o‘ta ketgan insofsizlikdir.

O‘zimizdan qiyos: odamlar shariatdan savol berganidan, dindan gapirilsa, quloq solganidan xursand bo‘lib, kerak bo‘lsa, shunga qornimiz to‘yib yashaymiz. Ilm ahllari aynan diniga xizmat qilish bilan o‘zlarini tirik deb his qiladilar, aksar holatda shuning uchun kurashib yashaydilar. Bir-ikkita istisno holatlar, shaxslar bo‘lishi mumkin, ammo bu umumiy holatga baho berishga yaramaydi.

Bundan yuz yilcha muqaddam dahriylar va ularga aldanganlar hamma mummolarga din olimlarini sabab qilib ko‘rsatib, ularni qatag‘on qilishgan edi. Ulamolar yo‘q qilindi, ammo muammolari hal bo‘lgani yo‘q, aksincha, xalq battar cho‘kdi, qul bo‘ldi-qoldi. Keyin yana ahli ilmlar xalqning kuniga yarab, odamlarimizga iymonu Islomni o‘rgatdilar, natijada xalqimiz o‘zligini tanidi. Bugun ham bir toifa odamlar borki, jamiyatdagi barcha muammolarga imomlarni sabab qilib ko‘rsataveradi. Ammo shu imomlar bo‘lmasa, nima ijobiy yoki salbiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin, o‘ylab ko‘rmaydi.

Masjid xodimlari va boshqa kam ta’minlangan oilalarga pul berilishi faqat ularga emas, hammamizga foyda ekanini unutmasligimiz kerak. Ularning qo‘liga pul tushishi jamiyatda pul aylanmasini yurgizadi, bu esa iqtisodni jonlantiradi. Afsuski, ayrim odamlarda kommunistik tuzumning sarqitlari hali ham saqlanib qolgan, birovning qo‘lidagi pulni hisoblab, ortiqcha bilib, g‘alamislik qilaveradi. Aslida o‘sha pul kimning qo‘lida bo‘lsa ham, hammamizning moddiy kirimimiz uchun foyda bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashagan bir yahudiy olimning bundan 30 yil muqaddam bir yaqinimizga aytgan gapi esimga tushadi. U bir qancha o‘gitlar ichida jumladan shunday degan ekan:

«Sizlar ichingizda birov boyisa, uni ko‘rolmay, yo‘qotish payiga tushasizlar. Biz yahudiylar esa boy ko‘paysa, xursand bo‘lamiz. Chunki bir odam boy bo‘lsa, uni o‘zimiz uchun daromad manbai deb bilamiz. Agar men duradgor bo‘lsam, men yasagan javonni sotib oladigan odam paydo bo‘ldi deb qarayman, ishlab chiqaruvchi bo‘lsam, mahsulotimni ishlatadigan odam paydo bo‘ldi deb qarayman va hokazo. Chunki odam boy bo‘lsa, o‘ziga uy soladi, yaxshi taomlanadi, yaxshi kiyinadi, yaxshi jihozlar sotib oladi. Ammo sizlar ichingizda bir boy paydo bo‘lsa, uni yo‘qotish payiga tushasizlar, uni ham, o‘zlaringni ham mahrum qilasizlar».

Xullas, azizlar, iymon ahli bo‘lsangiz, iymonlilar bilan birga bo‘ling, dahriylar safida bo‘lmang. Imom-domlalar ham bizning bir bo‘lagimiz, birimizning akamiz, birimizning tog‘amiz. Ularga berilgan ko‘makdan iymon ahli, ilm shaydolari xursand bo‘ladi, faqat qalbida kasali bor kimsalargina bundan fitna chiqaradi. Bunday fitnakashlik Islomdan emas, shariat emas, buni unutmang.

Ilm ahlini, imom-xatiblarni faqat dahriylar dushman tutadi, din dushmanlari yomon ko‘radi. Agar iymon ahli bo‘lsangiz, o‘shalarga ters yo‘lda bo‘ling, ilm ahlini, masjid ahlini sevuvchi bo‘ling, shunda iymoningizga, da’voyingizga yarasha ish qilgan bo‘lasiz! Unutmangki, ahli ilmlarga nafrat dahriylikning sarqiti va xususiyatidir, iymon ahli bundan hazir bo‘lishi lozim.

Alloh taolo barchalarimizni isloh aylab, haqda sobitqadam qilsin.